Kontent qismiga oʻtish

Eneolit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eneolit (lotincha — mis, misli va yun, — tosh), mis davri, mistosh davri — neolityaan jez asriga oʻtish davri (miloddan avvalgi 4—3 ming yilliklar). E. davrida insoniyat misdan ilk bor foydalana boshlagan. Ammo mis yumshoq va moʻrt edi, bu esa uni ishlatishni qiyinlashtirardi. Shuning uchun mis 100 ming yillab ishlatilib kelingan tosh qurollarni isteʼmoldan siqib chiqara olmadi. Shunga koʻra, bu davr mistosh davri ham deyiladi. E. davri arxeologik yodgorliklari Zarafshon quyi oqimida Kaptarning qumi, Katta Tuzkon makonlari, Sarazm, Namozgohtepa, Qoradepe (Turkmaniston) kabilarda qazib oʻrganilgan. Bu davrda odamlar dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanganlar. Mehnat qurollari toshdan, suyakdan tayyorlangan. Kulolchilik ancha ravnaq topgan: idishlarga geometrik naqshlar solingan, odam va hayvon tasvirini solish ham odat boʻlgan. E. davri yodgorliklaridan qazish paytida pishirilgan loydan yasalgan koʻplab ayol haykalchalari (maʼbudalar) topilgan. Eneolit davri hususiyatlaridan biri shuki, bu davrda patriarxat davriga o'tish boshlandi, Metallurgiya, Ibodatxonalar, ketmon, Suniy Sug'orma dehqonchilik, chorvachilik, tikuvchilik kabi ixtirolar qilindi(arxeologiyadan hususiyat aytish kerak bo'lsa bundan foydalaning)

Ad.:Gulyamov Ya.G., Islamov U.I., Askarov A.A., Pervobntnaya kultura v nizovyax Zarafshana. T., 1966; Masson V.M., Altshdepe, M., 1981.