Muhr (bosma shakl)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muhr — yuridik yoki jismoniy shaxsning nomi toʻliq yozilgan matnning (matn va rasmning) qabariq yoki botiq tasviri boʻlgan bosma shakl (asbob). Krgʻoz, surgʻuch, mum va boshqa materiallarga nusxa tushirishga xizmat qiladi. M. nusxasiga shtamp nusxasidan farqli oʻlaroq tuzatishlar va qoʻshimchalar qilish mumkin emas. Ayrim xillari gerb muhri deb atalgan koʻrinish hosil qilib, davlat gerbi tasviri boʻlgan yumaloq shaklda boʻladi. Oʻtmishda M.ning sopol, mis, poʻlat, bronza, kumush, oltindan qilingan xillari ham boʻlgan. Shakli toʻrtburchak, doyra, ellipssimon va h.k. Qadimda Oʻrta Osiyodagi har bir eʼtiborli odam, eshon, muftiy, qozi, amir, xonlarning oʻz M.i boʻlgan. M. yuzasiga egasining nomi, mansabi va yasalgan yili qayd etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil