Yashma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yashma (arab.) — kremniyli choʻkindi togʻ jinsi. Asosan, xalsedon hamda tarkibida kaltsiy karbonatlari va giltuproq aralashmasi boʻlgan kvarsning mikroskopik donalaridan tashkil topgan. Ya.ning kelib chiqishi metasomatizm jarayoni va kremniyli choʻkindilarning metamorfik oʻzgarish jarayoni bilan bogʻliq. Tarkibiga koʻra: kvarsli asl Ya.; kvarsli, kvarsxalsedonli yashmoidlar; kvarsdala shpatli Ya. koʻrinishl i jinslarga boʻlinadi. Rangi sariq, qizil, yashil, kulrang . Koʻpincha toʻlqinli, dogʻ va yoʻlyoʻl koʻrinishdagi turfa rangda uchraydi. Qattiqligi 5,5—7; yaxshi silliqlanish xususiyatiga ega. Shaffof emas. Teksturasi boʻyicha yaxlit, yoʻlyoʻl, sferoid shakllilarga ajratiladi. Ayniqsa, turli rangli tasvir (peyzaj) koʻrinishidagi turlari qimmatli hisoblanadi. Ya. qatlam va linza koʻrinishida boʻlib, qavatlarning qalinligi oʻnlab va yuzlab metr boʻladi. Ya. Oʻzbekiston, Rossiya (Ural, Oltoy), Ukraina va boshqalar joylarda uchraydi. Ya.ning yaxshi silliqlanadigan turlari qadimiydan bezak toshi sifatida ishlatilgan. Hoz. vaqtda bezak toshi, qoplama sifatida hamda zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda va texnik maqsadlarda ishlatiladi.