Patriarxat
Patriarxat – ibtidoiy jamiyat davriga xos boʻlgan ijtimoiy munosabatlar shakli. Patriarxatda jamiyat, xoʻjalik, oilada erkak hukmron mavqega ega boʻlgan. Patriarxatning xoʻjalik faoliyati: omoch bilan yer haydash, chorvachilik, metallga ishlov berish. Bu davrda ibtidoiy jamiyat yemirilib, uning soʻnggi bosqichida mulkiy tabaqalanish va davlat yuzaga kelgan[1].
Patriarxat ijtimoiy tizim boʻlib, unda hokimiyat asosan erkaklar qoʻlida boʻladi. „Patriarxat“ atamasi antropologiyada ota yoki eng yoshi katta erkak yoki erkaklar guruhi boshqaradigan oila yoki qabilani tasvirlash uchun ishlatiladi. Feministik nazariyada esa bu atama jamiyatda erkaklar guruh sifatida ustunlik qiladigan kengroq ijtimoiy tuzilmani ifodalash uchun qoʻllanadi[2][3][4].
Sotsiobiologlar insonning jinsiy rollarini boshqa primatlardagi jinsiy xatti-harakatlar bilan solishtirib, gender tengsizligi erkak va ayol oʻrtasidagi genetik hamda reproduktiv farqlardan kelib chiqishini aniqlashgan. Patriarxal mafkura patriarxatni tushuntirib, gender tengsizligini erkak va ayollarning tabiiy biologik farqlari, ilohiy buyruqlar yoki boshqa oʻzgarmas tuzilmalar bilan asoslashga harakat qiladi[5].
Ijtimoiy konstruktivist sotsiologlar esa patriarxatning biologik tushuntirishlariga qoʻshilmay, gender rollarining shakllanishida asosan ijtimoiylashuv jarayonlari muhim rol oʻynaydi, deb hisoblaydilar. Ular gender rollari va gender tengsizliklari aslida hukmronlikning bir vositasi boʻlib[6], jamiyatda ayollar ustidan nazoratni saqlab qolish uchun ijtimoiy meʼyorga aylanganini taʼkidlaydilar.
Tarixan patriarxat turli madaniyatlarning ijtimoiy, huquqiy, siyosiy, diniy va iqtisodiy tuzilmalarida namoyon boʻlib kelgan[7]. Aksariyat zamonaviy jamiyatlar, agar ayollarni hokimiyatdan toʻliq chetlatish mezonlarini qoʻllamasa, amalda patriarxal hisoblanadi[8][9].
Terminologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Patriarxat“ soʻzi lugʻaviy maʼnosiga koʻra, „ota hukmronligi“ degan maʼnoni anglatadi[10][11] va yunoncha πατριάρχης (patriarkhēs) soʻzidan kelib chiqqan[12]. Bu soʻz πατριά (patria) – „nasl, kelib chiqish, oila, vatan“ (uning ildizi πατήρ (patēr) – „ota“) va ἀρχή (arkhē) – „hokimiyat, boshqaruv, hukmronlik“ soʻzlarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan.
Tarixan „patriarxat“ atamasi oilaning erkak boshligʻi tomonidan avtokratik boshqaruvni anglatgan. Biroq, 20-asrning oxirlaridan boshlab bu atama koʻproq hokimiyat boshqaruvi asosan balogʻatga yetgan erkaklar qoʻlida boʻlgan ijtimoiy tizimlarni tasvirlash uchun ishlatila boshlandi[13][14][15].
Bu termin ayniqsa ikkinchi toʻlqin feminizmi namoyandalari, jumladan, Kate Millett kabi yozuvchilar tomonidan keng qoʻllanilgan. Ular patriarxal ijtimoiy munosabatlarni tahlil qilish orqali ayollarni erkaklar hukmronligidan ozod qilishga intilganlar[16][17]. Ushbu patriarxat tushunchasi erkaklarning ustunligini biologik emas, balki ijtimoiy hodisa sifatida tushuntirish uchun ishlab chiqilgan[14].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Patriarxat – bu ijtimoiy tizim boʻlib, unda siyosiy yetakchilik, axloqiy hokimiyat va mulk ustidan nazorat kabi asosiy vakolatlar erkaklar qoʻlida boʻladi[18]. Sotsiolog Sylvia Walby patriarxatni „erkaklar ayollarni ustunlik bilan boshqaradigan, zulm va ekspluatatsiya qiladigan ijtimoiy tuzilmalar va amaliyotlar tizimi“ deb taʼriflaydi[19].
Jamiyatlarning aksariyatida jinsiy tabaqalanish kuzatilgan boʻlib, unda hokimiyat asosan erkaklar tomonidan egallangan[8][14][15]. Biroq, bu barcha jamiyatlarga xos hodisa emas. Patriarxat tushunchasi antropologik nuqtayi nazardan patrilineallik (naslning otadan oʻtishi) bilan bogʻliq boʻlsa-da, unga toʻliq tenglashtirilmaydi[20][21][22].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibtidoiy tuzum davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mehnatning jinsga koʻra taqsimlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Patriarxatning rivojlanishi uchun muhim shartlardan biri otalik (bolalarga otaning koʻproq sarmoya kiritishi) va mehnatning jinsga koʻra taqsimlanishining shakllanishi edi. Tadqiqotchilarning fikricha, mehnat taqsimotining ilk belgilari taxminan 2 million yil oldin, insoniyatning evolyutsion oʻtmishida paydo boʻlgan[23][24][25]. Bu jarayon Afrikada taxminan 2 million yil avval yuz bergan resurslar tanqisligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin[26][27].
Britaniyalik primatolog Richard Wrangham 2009-yilda yozgan Catching Fire: How Cooking Made Us Human (Olovni yoqish: Qanday qilib ovqat pishirish bizni inson qildi) kitobida[28] erkaklar va ayollar oʻrtasidagi mehnat taqsimoti taom tayyorlashning kashf etilishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligini ilgari suradi[29][30]. Olimlarning fikriga koʻra, bu jarayon insoniyatning olov ustidan nazorat oʻrnatishi bilan bir vaqtda, taxminan 1-2 million yil oldin sodir boʻlgan[31].
Bu gʻoya ilk bor Friedrich Engels tomonidan 1876-yilda yozilgan, ammo tugallanmagan maqolada ham ilgari surilgan.
Jinsiy iyerarxiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Antropologik, arxeologik va evolyutsion psixologik dalillarga koʻra, aksariyat ibtidoiy jamiyatlar nisbatan teng huquqli boʻlgan[8]. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, patriarxal ijtimoiy tuzilmalar Pleystotsen davri tugaganidan keyin, yaʼni qishloq xoʻjaligi va hayvonlarini qoʻlga oʻrgatish kabi ijtimoiy va texnologik taraqqiyotlar sodir boʻlgach, shakllangan[32][33][34].
Tarixchi Robert M. Strozier patriarxatning paydo boʻlishiga sabab boʻlgan aniq bir „boshlangʻich voqea“ hali topilmaganini taʼkidlaydi[35]. Gerda Lerner esa 1986-yilda yozgan The Creation of Patriarchy (Patriarxatning yaratilishi) kitobida patriarxat bitta muayyan hodisa natijasida emas, balki dunyoning turli hududlarida turli vaqtlarda shakllanganini yozadi[36].
Baʼzi olimlar patriarxatning rivojlanishini taxminan 6 ming yil avval (miloddan avvalgi 4000-yillar) sodir boʻlgan qishloq xoʻjaligining paydo boʻlishi bilan bogʻlashadi[37][38].
Marksistik nazariyaga koʻra, patriarxatning kelib chiqishi xususiy mulkning paydo boʻlishi bilan bogʻliq boʻlib, bu asosan Friedrich Engels tomonidan The Origin of the Family, Private Property and the State (Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi) (1884) asarida bayon qilingan. Ushbu qarashga koʻra, xususiy mulk anʼanaviy ravishda erkaklar tomonidan boshqarilgan. Shu sababli, erkaklar uy xoʻjaligida ishlab chiqarishini boshqarib, oilaviy mulkning oʻz erkak avlodlariga oʻtishini taʼminlash uchun ayollarni nazorat qilishga intilgan. Ayollar esa faqat uy mehnati va farzand tugʻish bilan cheklangan[13][16][39].
Gerda Lerner bu fikrga qarshi chiqib, patriarxat sinfiy jamiyat va xususiy mulk tushunchasi rivojlanishidan ancha avval shakllangan deb taʼkidlagan[40].
Erkaklarning ayollar ustidan hukmronligi miloddan avvalgi 3100-yillarda shakllangan Qadimgi Yaqin Sharq jamiyatlarida kuzatiladi. Shu davrdayoq ayollarning reproduktiv imkoniyatlariga cheklovlar qoʻyilgan va ular „tarixni ifodalash yoki qurish jarayonidan“ chetlashtirilgan[41].
Baʼzi tadqiqotchilarning fikriga koʻra, ibroniylar diniy anʼanalari shakllanishi bilan „ayollarning Xudo va insoniyat oʻrtasidagi ahddan chiqarib tashlanish“ holati yuz bergan[42][43].
Arxeolog Marija Gimbutasning taʼkidlashicha, Ukraina dashtlaridan kelgan va kurgan (tuproqdan yasalgan daxmalar) quruvchi bosqinchilar Egey, Bolqon va janubiy Italiyadagi qadimgi dehqonchilik madaniyatlariga bostirib kirib, erkaklar iyerarxiyasini oʻrnatgan[44]. Bu esa Gʻarb jamiyatida patriarxatning shakllanishiga turtki boʻlgan.
Steven Taylor esa patriarxal hukmronlikning kuchayishini ijtimoiy tabaqalanish, iyerarxik boshqaruv shakllari, institutsional zoʻravonlik va shaxsning ajralgan hamda individuallashtirilgan egosi bilan bogʻlaydi. Uning nazariyasiga koʻra, bu jarayon iqlim inqirozi davrida yuzaga kelgan[45].
Qadimgi Gʻarb tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mashhur yunon sarkardasi Meno, Platonning „Meno“ dialogida, Klassik Yunonistonda erkaklar va ayollar fazilatlari xususida hukmrongi qarashlarni umumlashtiradi. Bu qarashlar patriarxal jamiyatning asosiy tamoyillaridan biri boʻlib, erkaklar va ayollar oʻrtasidagi ijtimoiy rol va fazilatlarning keskin farqlanishiga asoslangan edi[46].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Lerner, Gerda. The Creation of Patriarchy, Women and History, Volume 1. New York: Oxford University Press, 1986 — 238–239-bet. ISBN 978-0-19-503996-2.
- ↑ Hunnicutt, Gwen (2009). "Varieties of Patriarchy and Violence Against Women: Resurrecting 'Patriarchy' as a Theoretical Tool". Violence Against Women 15 (5): 553–573. doi:10.1177/1077801208331246. ISSN 1077-8012. PMID 19182049. https://archive.org/details/sim_violence-against-women_2009-05_15_5/page/n46.
- ↑ Walby, Sylvia (1989). "Theorising Patriarchy". Sociology 23 (2): 213–234. doi:10.1177/0038038589023002004.
- ↑ Green, Fiona Joy „Patriarchal Ideology of Motherhood“, . Encyclopedia of Motherhood, Volume 3 O'Reilly, Andrea: . Thousand Oaks, Calif.: SAGE Publications, 2010 — 969–970-bet. ISBN 978-1-4129-6846-1.
- ↑ Henslin, James M.. Essentials of Sociology. Taylor & Francis, 2001 — 65–67, 240-bet. ISBN 978-0-536-94185-5.
- ↑ Malti-Douglas, Fedwa. Encyclopedia of Sex and Gender. Detroit: Macmillan, 2007. ISBN 978-0-02-865960-2.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 Lockard, Craig. Societies, Networks, and Transitions: A Global History, 3rd, Stamford, Conn.: Cengage Learning, 2015 — 88-bet. ISBN 978-1-285-78312-3. „Today, as in the past, men generally hold political, economic, and religious power in most societies thanks to patriarchy, a system whereby men largely control women and children, shape ideas about appropriate gender behavior, and generally dominate society.“
- ↑ Pateman, Carole (2016). Naples, Nancy A.. ed. The Wiley Blackwell Encyclopedia of Gender and Sexuality Studies, Volume 5. John Wiley & Sons, Ltd. 1–3 b. doi:10.1002/9781118663219.wbegss468. ISBN 978-1-4051-9694-9. https://onlinelibrary.wiley.com/doi/epdf/10.1002/9781118663219.wbegss468. "The heyday of the patriarchal structures analyzed in The Sexual Contract extended from the 1840s to the late 1970s [...] Nevertheless, men's government of women is one of the most deeply entrenched of all power structures"
- ↑ Ferguson, Kathy E. „Patriarchy“, . Women's Studies Encyclopedia, Volume 2, revised and expanded Tierney, Helen: , Greenwood Publishing, 1999 — 1048-bet. ISBN 978-0-313-31072-0.
- ↑ Green, Fiona Joy „Patriarchal Ideology of Motherhood“, . Encyclopedia of Motherhood, Volume 3 O'Reilly, Andrea: . Thousand Oaks, Calif.: SAGE Publications, 2010 — 969–970-bet. ISBN 978-1-4129-6846-1.
- ↑ „patriarchy“. Oxford Dictionaries. 2018-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-yanvar.
- ↑ 13,0 13,1 Cannell, Fenella; Green, Sarah „Patriarchy“, . The Social Science Encyclopedia, 2nd, Taylor & Francis, 1996 — 592–593-bet. ISBN 978-0-41-510829-4.
- ↑ 14,0 14,1 14,2 Meagher, Michelle „Patriarchy“, . The Concise Encyclopedia of Sociology. John Wiley & Sons, 2011 — 441–442-bet. ISBN 978-1-4051-8353-6.
- ↑ 15,0 15,1 Hennessy, Rosemary „Patriarchy“, . Encyclopedia of Social Theory. Routledge, 2012 — 420–422-bet. ISBN 978-1-13-678694-5.
- ↑ 16,0 16,1 Gardiner, Jean „Patriarchy“, . Encyclopedia of Political Economy, Volume 2: L–Z. Routledge, 1999 — 843–846-bet. ISBN 978-0-41-518718-3.
- ↑ „Patriarchy“, International Encyclopedia of Social Policy. Routledge, 2013 — 987 ff-bet. ISBN 978-1-13-661004-2.
- ↑ Catalano, D. Chase J. „Sexism, Heterosexism, and Trans* Oppression: An Integrated Perspective“, . Teaching for Diversity and Social Justice, 3rd Adams: , New York: Routledge, 2016 — 187-bet. DOI:10.4324/9781315775852-8. ISBN 978-1-317-68869-3.
- ↑ Walby, Sylvia (1989). "Theorising Patriarchy". Sociology 23 (2): 213–234. doi:10.1177/0038038589023002004. "I shall define patriarchy as a system of social structures, and practices in which men dominate, oppress and exploit women."
- ↑ „Can the patriarchy be matrilineal? An anthropologist calls for clarity | Santa Fe Institute“ (en). www.santafe.edu (2019-yil 26-avgust). Qaraldi: 2024-yil 4-iyun.
- ↑ Fortunato, Laura (2019-09-02). "Lineal kinship organization in cross-specific perspective" (en). Philosophical Transactions of the Royal Society B: Biological Sciences 374 (1780): 20190005. doi:10.1098/rstb.2019.0005. ISSN 0962-8436. PMID 31303167. PMC 6664128. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6664128.
- ↑ Lewis, Jone Johnson „Patrilineal vs. Matrilineal Succession: How Does Inheritance Work?“ (en). ThoughtCo. — „Sometimes, men in matrilineal societies were the ones who inherited, but they did so through their mother’s brothers, and passed their own inheritances along to their sisters’ children.“. Qaraldi: 2024-yil 4-iyun.
- ↑ Wrangham, Richard. Catching Fire: How Cooking Made Us Human. Basic Books, 2009. ISBN 978-0-465-01362-3.
- ↑ Betuel. „Why ancient men had to evolve from carousers to doting dads — or die“. Inverse (2020-yil 21-iyun). Qaraldi: 2023-yil 11-dekabr.
- ↑ Alger, Ingela; Hooper, Paul L.; Cox, Donald; Stieglitz, Jonathan; Kaplan, Hillard S. (2020-05-19). „Paternal provisioning results from ecological change“. Proceedings of the National Academy of Sciences (inglizcha). 117-jild, № 20. 10746–10754-bet. doi:10.1073/pnas.1917166117. ISSN 0027-8424. PMC 7245097. PMID 32358187.
- ↑ Betuel. „Why ancient men had to evolve from carousers to doting dads — or die“. Inverse (2020-yil 21-iyun). Qaraldi: 2023-yil 11-dekabr.
- ↑ Alger, Ingela; Hooper, Paul L.; Cox, Donald; Stieglitz, Jonathan; Kaplan, Hillard S. (2020-05-19). „Paternal provisioning results from ecological change“. Proceedings of the National Academy of Sciences (inglizcha). 117-jild, № 20. 10746–10754-bet. doi:10.1073/pnas.1917166117. ISSN 0027-8424. PMC 7245097. PMID 32358187.
- ↑ Wrangham, Richard. Catching Fire: How Cooking Made Us Human. Basic Books, 2009. ISBN 978-0-465-01362-3.
- ↑ Bradt. „Invention of cooking drove evolution of the human species, new book argues“. The Harvard Gazette (2009-yil 1-iyun). Qaraldi: 2023-yil 11-dekabr.
- ↑ Rehg, Jennifer (2010). "Review of 'Catching Fire: How Cooking Made Us Human'". The Councilor: A Journal of the Social Studies 71 (1): Article 1. https://thekeep.eiu.edu/the_councilor/vol71/iss1/1.
- ↑ Herculano-Houzel, Suzana. The Human Advantage: A New Understanding of How Our Brain Became Remarkable. The MIT Press, 2016. DOI:10.7551/mitpress/9780262034258.001.0001. ISBN 978-0-262-03425-8. Andoza:Page needed
- ↑ Hughes, Sarah Shaver „Women in Ancient Civilizations“, . Agricultural and pastoral societies in ancient and classical history Adas, Michael: . Temple University Press, 2001 — 118–119-bet. ISBN 978-1-56639-832-9.
- ↑ Eagly, Alice H.; Wood, Wendy (July 1999). "The Origins of Sex Differences in Human Behavior: Evolved Dispositions Versus Social Roles". American Psychologist 54 (6): 408–423. doi:10.1037/0003-066x.54.6.408. Archived from the original on 27 May 2012. https://archive.today/20120527003250/http://www.sscnet.ucla.edu/anthro/faculty/fiske/facets/eagly&wood.htm.
- ↑ Erdal, David „Egalitarianism and Machiavellian intelligence in human evolution“, . Modelling the early human mind, Cambridge McDonald Monograph Series Mellars: . Cambridge Oakville, Connecticut: McDonald Institute for Archaeological Research, University of Cambridge, 1996. ISBN 978-0-9519420-1-7.
- ↑ Strozier, Robert M. (2002) Foucault, Subjectivity, and Identity: Historical Constructions of Subject and Self p. 46
- ↑ Lerner, Gerda. The Creation of Patriarchy, Women and History, Volume 1. New York: Oxford University Press, 1986 — 8–11-bet. ISBN 978-0-19-503996-2.
- ↑ Kraemer, Sebastian (1991). "The Origins of Fatherhood: An Ancient Family Process". Family Process 30 (4): 377–392. doi:10.1111/j.1545-5300.1991.00377.x. PMID 1790784. https://archive.org/details/sim_family-process_1991-12_30_4/page/n10.
- ↑ Ehrenberg, 1989; Harris, M. (1993) The Evolution of Human Gender Hierarchies; Leibowitz, 1983; Lerner, 1986; Sanday, 1981
- ↑ Bryson, Valerie „Feminism: Marxist“, . Routledge International Encyclopedia of Women: Global Women's Issues and Knowledge, Volume 2 Kramarae, Cheris: , New York, 2000 — 791-bet. ISBN 978-0-415-92088-9.
- ↑ Lerner, Gerda. The Creation of Patriarchy, Women and History, Volume 1. New York: Oxford University Press, 1986 — 50–53-bet. ISBN 978-0-19-503996-2. „But in a situation in which ecological conditions and irregularities in biological reproduction threatened the survival of the group, people would search for more reproducers — that is, women. Thus, the first appropriation of private property consists of the appropriation of the labor of women as reproducers. Aaby concludes: 'The connection between the reification of women on the one hand and the state and private property on the other is exactly the opposite of that posed by Engels and his followers. Without the reification of women as a historically given socio-structural feature, the origin of private property and the state will remain inexplicable.' If we follow Aaby’s argument, which I find persuasive, we must conclude that in the course of the agricultural revolution the exploitation of human labor and the sexual exploitation of women become inextricably linked.“
- ↑ Strozier, Robert M. (2002) Foucault, Subjectivity, and Identity: Historical Constructions of Subject and Self p. 46
- ↑ Strozier, Robert M. (2002) Foucault, Subjectivity, and Identity: Historical Constructions of Subject and Self p. 46
- ↑ Lerner, Gerda. The Creation of Patriarchy, Women and History, Volume 1. New York: Oxford University Press, 1986 — 8–11-bet. ISBN 978-0-19-503996-2.
- ↑ Gimbutas, Marija „The end of Old Europe: the intrusion of Steppe Pastoralists from South Russia and the transformation of Europe“, . The Civilization of the Goddess: The World of Old Europe. San Francisco, California: Harper Collins, 1992 — 351–510-bet. ISBN 978-0-06-250337-4.
- ↑ Taylor, Steven „What's wrong with human beings?“, . The Fall: The Insanity of the Ego in Human History. Winchester: O Books, 2005 — 17–19-bet. ISBN 978-1-905047-20-8.
- ↑ W.R.M. Lamb „71E: Meno“, . Plato in Twelve Volumes. Cambridge, Massachusetts: Harvard University Press, 1967.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |