Kontent qismiga oʻtish

Pech (qurilma)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Pech, (rus), pechka — xonalarni isitish yoki materiallar (buyumlar)ga issikdik ishlovi berish uchun moʻljallangan qurilma. Qoʻllanish sohasiga koʻra, sanoat va uy-roʻzgʻor P.lariga, vazifasiga koʻra, eritish, qizdirish, kuydirish, quritish, isitish, qandolat-pazlik, nonvoychilik va boshqa xillarga boʻlinadi. P.larni qizdirish usuli ham turlicha: alangali (metodik, ikki van-nali va boshqalar), elektr (yoyli, induksion va boshqalar), plazmali, elektron-nurli va optik P.lar bor. Asosiy qismlari: issiklik generatori (issiklik ajratib beradi), ish boʻlmasi (material yoki buyum tura-di), issiklik olgich (material yoki bu-yumni sovitadi), yonilgʻi yoki elektr energiyasi keltiradigan qurilma, moʻrkon, P. ishini avtomatik boshqarish tizimi (sanoat P.larida), poydevor, devor va P.ga xizmat koʻrsatish maydoncha-si. P. maxsus olovbardosh pishiq gʻisht va metalddan quriladi. P. sanoatning koʻp tarmoqdarida, uyroʻzgʻorda, jamoat binolarida qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil