Xumdon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xumdongʻisht, sopol, koshin, chinni va boshqa buyumlar yuqori trada pishiriladigan qurilma yoki inshoot. Pishiriladigan mahsulot turiga qarab har xil kattakichiklikda yasaladi. Ichi dumaloq yoki toʻrtburchak shaklida boʻlib, loy, guvala, pishiq gʻishtdan quriladi. Kdsimgi X. 2 qism: pastki qism (oʻtxona yoki otashxona) va ustki (mahsulotlar joylanadigan) qismdan iborat. Ularning orasini gʻisht bilan urib, oʻrtasidan kichkina teshik qoldiriladi (urilgan qavat araq, uning teshigi araq ogʻzi deb yuritiladi). Araqning 4 burchagidan bittadan kichkina moʻri chiqariladi, 4 yoni va tepasi gʻisht yoki guvala bilan urilib, uycha (xumdon) yasaladi. X. tepasida "tana ogʻiz" deb ataladigan teshik qoʻyiladi. Teshik orqali xom mahsulotlar terib boʻlingach, X.ning ogʻzi berkitilib, oʻt (oʻtin yoki koʻmir, hozirgi paytda gaz) yoqiladi. Bu jarayon mahsulotning koʻpozligiga qarab, 6 soatdan 12 soatgacha davom etishi mumkin. Oʻtni oldin past yoqib, soʻngra astasekin balandlatiladi. Mahsulot pishgach, oʻtxonaning tepa ogʻzi berkitilib, havo kirib turishi uchun kichkina tuynuk qoldiriladi. Mahsulot X. ichida 1—2 kun saqlab sovitiladi, soʻngra olinadi. Gʻisht X.lari boshqa X.larga nisbatan kattaroq boʻladi. Hozir yangi texnika uskunalari bilan jihozlangan (gazlashtirilgan, elektrlashtirilgan) X.lardan foydalaniladi. Qishloq joylarda (qisman shaharlarda ham) oʻtin yoqib ishlatiladigan X.lar hozir ham bor.