Said Sholikorboy majmuasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Said sholikorboy majmuasiXivadagi meʼmoriy yodgorlik. Savdogar Said Sholikorboy qurdirgan (1842). Majmua (33,0x32,0 m) 2 hovli, masjid, Madrasa, ayvon va minoradan iborat. Masjid toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (24,4x21,2 m), bal. 12 m., 9 gumbazli, 4 ustunli markaziy gumbazi ravoqsimon bagallarga tayangan, diametri (4,8 m)ning kengligi bilan ajralib turadi. Masjidga ayvon orqali 3 boʻlmali 3 eshikdan kiriladi. Ayvondagi ustunlarda mahalliy yogʻoch uymakorligining eng yaxshi anʼanalari aks ettirilgan. Ustunlardan birida 1797 y. sanasi saqlangan. Ayvon devorlariga ganchdan oʻymakori usulda namoyenlar ishlangan. Masjidga shim.dan hovli tutash boʻlib, hovlining yarmisini ayvon egallagan. Madrasa (14,6x4,2 m) masjid sharqidagi kichik hovli atrofidagi tartibsiz joylashgan bir necha xonadan iborat. Sharqiy va shim. tomonidagi hujralar 2 qavatli. 1-qavati tokchali, 2-qavati derazali. Madrasa va masjidga kiraverish oraligʻida minora (diametri — 4,5 m) qad koʻtargan. Tanasi bezaklarga boy. Tepasidagi sharafasining ostiga ravoqsimon mezana ishlangan. Bosh tarzidagi peshtoq bezagida "bantak" uslubi qoʻllanilgan. 1983-yilda qayta taʼmirlangan. Hozirgi kunda majmuada Xiva jome masjidi joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil