Diametr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Diametr — (lot. diametros — koʻndalang) aylana markazidan oʻtuvchi vatar. Shu vatar uzunligi (ikki radiusga teng).


Diametr (yun. diametros — koʻndalang oʻlcham) — aylana va doiraning markazdan oʻtuvchi (yaʼni eng katta) vatari. Radiusning ikkilanganiga teng boʻlgan bu vatar uzunligi ham D. deyiladi. D. tushunchasi boshqa figuralar uchun umumlashtiriladi. Mac, r radiusli aylana yoki shar diametri 2g ga, ellips va ellipsoid diametri ularning katta oʻqiga, kvadrat va kubniki dia-gonaliga teng boʻladi. Analitik geometriyasa konus kesimi (ikkinchi tartibli chiziq)ning diametri biror yoʻnalishga parallel vatarlar oʻrtasidan oʻtuvchi toʻgʻri chiziq boʻladi. Ellips va giperbolaning D.i ularning markazidan oʻtuvchi, parabolaning D.i esa uning oʻqi va oʻqiga parallel boruvchi toʻgʻri chiziqdan iborat.[1]


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil