Mezana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mezana (arab.) — minoraning yuqori qismi, Muazzin azon aytadigan joy. Biror bino (peshtoq, darvozaxona) ustiga qurilishi mumkin. M. aylana shaklida va koʻp qirrali boʻladi. Koʻpincha, ravoqsimon darchalar qatoridan iborat. Ichki devorlari ganch bilan naqshlanadi, tashqarisi minoraning umumiy bezagiga mos holda sirkor parchinlar bilan bezatiladi. M.ning tepasi gumbazcha (qubba) bilan yopiladi, baʼzan ochiq boʻlishi ham mumkin. Ayrim hollarda guldasta yoki burjlshz ham M. vazifasini oʻtagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil