Nangarhor havo hujumi (2017)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nangarhor havo hujumi (2017)
Ushbu operatsiya Afgʻonistondagi urush tarixi (2001—2021)ning bir qismi
Turi Havo hujumi, MOAB hujumi
Joylashuvi
34°04′24.01″N 70°37′52.37″E / 34.0733361°N 70.6312139°E / 34.0733361; 70.6312139 G OKoordinatalari: 34°04′24.01″N 70°37′52.37″E / 34.0733361°N 70.6312139°E / 34.0733361; 70.6312139 G O
Rahbar  John Nicholson
Nishon Iroq va Shom Islom davlati - Xuroson viloyati foydalanayotgan tunellar
Sana 13-aprel, 2017-yil(2017-04-13)
Kechki 7:32 (UTC+04:30)
Amalga oshirgan:   Qoʻshma Shtatlar AQSh harbiy havo kuchlari
Qurbonlar 96 IShID-X hujumchilari[1][2] va 3 nafar tinch aholi
Achin tumani is located in Afghanistan
Achin tumani
Achin tumani
Afgʻoniston xaritasida Achin tumanining joylashuvi

2017-yilgi Nangarhor havo hujumi Afg‘oniston sharqidagi Nangarhor viloyatida, Pokiston bilan chegara yaqinida joylashgan Achin tumanining[3] AQSh tomonidan bombardimon qilinishi[4]. 2017-yil 13-aprelda Qoʻshma Shtatlar havo hujumi uyushtirdi va „Islomiy Davlat“ tomonidan foydalanilgan tunnel komplekslarini yoʻq qilish maqsadida oʻz arsenalidagi eng yirik yadroviy boʻlmagan bomba — GBU-43/B Massive Ordnance Air Blast (MOAB)dan foydalandi. Iroq va Shom Islomiy davlati-Xuroson viloyati (ISHID-XV yoki ISHID-X) — Iroq va Shom Islom Davlatining boʻlimi[5][6][7].

Bomba Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy-havo kuchlariga tegishli Lockheed MC-130 samolyoti yordamida tashlangan. 2017-yilning 15-aprelida Afg‘oniston rasmiylari zarba natijasida IShID-XVning 96 nafar jangarisi, jumladan, to‘rt qo‘mondon o‘ldirilgani haqida xabar bergan[8].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iroq va Shom Islom Davlati 2015-yil yanvar oyida oʻzining Xuroson boʻlimi tashkil etilganini eʼlon qildi[9]. Bu voqea guruh arab dunyosidan tashqarida rasman birinchi faoliyat boshlaganligini anglatar edi. Havo hujumidan bir necha kun oldin AQSh armiyasi maxsus kuchlari shtabi serjanti Mark R. De Alenkar Nangarhorda kichik otishma natijasida yengil jarohat oldi[10].

Pentagon matbuot kotibining maʼlum qilishicha, MOAB Afgʻonistonga „bir muddat oldin“ Afgʻoniston-Pokiston chegarasi yaqinida joylashgan Nangarhordagi „Islomiy davlat“ qarorgohiga zarba berish uchun olib kelingan[5]. „Islomiy davlat“ Afgʻonistonda ham rivojlana boshlagani sababli AQSh harbiylari uchun chegara hududlarini nazorat qilish qiyinlasha boshladi[11]. CBS Newsning milliy xavfsizlik boʻyicha muxbiri Devid Martinning aytishicha, hujumni rejalashtirish Obama maʼmuriyati davrida boshlangan. MOABdan foydalanish uchun AQShning Afgʻonistondagi kuchlari qoʻmondoni general John Nicholson ruxsat olgan, ammo uning soʻrovi qoʻmondonlik zanjirida qanchalik uzoq masofani bosib oʻtgani nomaʼlum[5].

Army Times gazetasining xabar berishicha, havo hujumi AQSh va Afg‘oniston hukumati qo‘shma operatsiyasi bo‘lib, „Islomiy davlat“ni Afg‘oniston sharqidagi tayanchidan „mahrum qilish“ maqsad qilingan[12]. "Stars and Stripes" gazetasining xabar berishicha, Mudofaa vazirligi matbuot kotibi general Davlat Vaziriy bombalashdan oldin toʻrt hafta davomida Afgʻoniston milliy armiyasi qoʻmondonlik korpusi „Islomiy davlat“ jangarilari tomonidan koʻmilgan murakkab yer va qoʻlbola portlovchi qurilmalar (IED) tufayli hududga kirishga urinib, muvaffaqiyatga erisha olmaganini maʼlum qildi[8].

Zarbadan 1980-yillarda Markaziy razvedka boshqarmasi Afgʻoniston Islom birligi mujohid jangchilari uchun qurgan[13][14] va Nangarhor viloyatidagi „Islomiy davlat“ tomonidan foydalanilayotgan tunnellarni yoʻq qilish maqsad qilingan[5].

Qurol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eglin havo kuchlarining qurollanish markazida sinovga tayyorlanayotgan MOAB qurolining fotosurati.

GBU-43/B MOAB 9,800 kg (21,600 funt) ogʻirlikdagi GPS boshqaruvli bomba boʻlib, AQSh armiyasi arsenalidagi eng kuchli anʼanaviy bomba hisoblanadi. Bomba birinchi marta 2003-yil mart oyida, Iroq urushi boshlanishidan bir necha kun oldin sinovdan oʻtkazildi[15]. Ushbu bomba 6800 kgli BLU-82 „Daisy Cutters“ning evolyutsion avlodi hisoblanadi.

MOAB penetratsion qurol emas va birinchi navbatda chuqur kanyon yoki gʻor tizimidagi keng maydonlarni qamrab oladigan oʻrta sirt nishonlar uchun moʻljallangan[16]. Amerika harbiylari xuddi shunday komplekslarni nishonga olib, Afg‘onistonda o‘n minglab bombalarni qoʻllagan. Barbara Starrning soʻzlariga koʻra, bu „yerdagi katta nishonga qarshi ishlatiladigan qurol“[11].

Havo hujumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

MOABning Achin tumaniga zarbasi. Afgʻonistonning havodan olingan tasviri.

Portlash mahalliy vaqt bilan 19:32 da sharqiy Nangarhor viloyatining Achin tumanida sodir bo‘lgan, deya xabar berdi AQSh harbiylari[17]. The Guardian nashri xabariga ko‘ra, „mahalliy xavfsizlik xodimi qiruvchi samolyotlar va dronlar tunnel majmuasini yo‘q qila olmagani uchun katta zarba berishni so‘raganini“ aytdi. Achin tumani rahbari Ismoil Shinvariyning so‘zlariga ko‘ra, "zarba afg‘on askarlari va maxsus kuchlari bilan muvofiqlashtirilgan va qabila oqsoqollari tinch aholini evakuatsiya qilish haqida xabardor qilingan[3].

Natija[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guardian gazetasining xabar berishicha, zarbadan so‘ng AQSh va Afg‘oniston kuchlari hududda tozalash operatsiyalari va havo hujumlari o‘tkazgan hamda yetkazilgan zararni baholagan[18].

Jabrlanganlar soni dastlab 36 nafar deb xabar qilingandi[17]. Keyingi kunlarda razvedka bo‘linmalari hududni o‘rganishi natijasida son ortib bordi. 14-aprel kuni mahalliy hukumat soʻzlovchisi va politsiya qoʻmondoni afgʻon matbuotiga 82 nafar jangari yoʻq qilinganini aytdi[19]. Achin tumani gubernatori Ismoil Shinvariyning AFPga aytishicha, portlashlarda kamida 92 IShID jangarisi halok bo‘lgan[20]. Stars and Stripes nashrining 2017-yil 15-aprelda xabar berishicha, zarbada 94 nafar IShID-X jangarisi, jumladan, 4 nafar qo‘mondon halok bo‘lgan[8]. Afg‘oniston armiyasi matbuot kotibi zarbadan so‘ng tinch aholi orasida qurbonlar yo‘qligini aytgan[8]. Biroq Nangarhor viloyatilik afg‘on parlamentariysi Ismatulloh Shinvariyning maʼlum qilishicha, mahalliy aholi unga portlashda o‘qituvchi va uning kichik o‘g‘li halok bo‘lganini aytishgan[21][22].

2017-yil 18-aprel kuni Afg‘oniston xavfsizlik xizmatining yuqori martabali amaldorlaridan biri bomba portlashi oqibatida „Islomiy davlat“ning 96 nafar jangarisi, jumladan, 13 nafar yirik qo‘mondoni halok bo‘lganini aytdi[2].

Afg‘oniston mudofaa vazirligiga ko‘ra[15], hujumda halok bo‘lganlar orasida „IShID Xuroson viloyati“ga sodiq bo‘lgan jangchilar ham bor. Prezident matbuot kotibi Shoh Husayn Murtazaviyning OAVga aytishicha, halok bo‘lganlar orasida IShID qo‘mondoni Siddiq Yor ham bor. Murtazaviyning soʻzlariga koʻra, tunnellarda joylashib olgan jangarilar chegara hududlarida faol boʻlgan va mahalliy aholini taʼqib qilgan[23]. Afg‘on rasmiylari portlashda xorijlik jangarilar, jumladan, 13 nafar hindistonlik ham halok bo‘lganini tasdiqladi[24][25]. Vazirlik vakili, shuningdek, tinch aholi vakillari halok bo‘lmaganini taʼkidladi[26]. IShIDni qo‘llab-quvvatlovchi Amaq axborot agentligi havo hujumi natijasida IShID tomonida qurbonlar borligini inkor etadigan bayonot berdi[27].

Tinch aholi qurbonlari haqida hech qanday maʼlumot yoʻq. 14-aprel holatiga koʻra, mahalliy hukumat janglar natijasida Pokiston chegarasi yaqinidagi Shodal qishlogʻi yaqinidagi bomba oʻrnatilgan joyga borishni toʻsib qoʻygan[28][29][26]. Mahalliy parlament aʼzosi Esmatulloh Shinvariyning aytishicha, mahalliy aholi unga bir oʻqituvchi va uning kichik oʻgʻli oʻldirilganini aytishgan[17][3]. Portlash joyidan 2,4 km uzoqlikda joylashgan Shaddle Bazar aholi punktidagi binolar zarar koʻrgan[17].

"Stars and Stripes" gazetasining xabar berishicha, Afgʻoniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi general Davlat Vaziriy zarba berilganidan soʻng hududda hujum operatsiyasi qayta boshlanganini aytgan[8]. BBC muxbiri bu xabarni 2017-yilning 27-aprelida tasdiqladi va afg‘on zobiti hududda xuddi shunday yuzlab g‘orlar borligini aytganini xabar qildi. Afg‘on zobiti, shuningdek, zarba nuqtasidan 100 metr uzoqlikda daraxtzorlar borligini ham aytdi[30].

Oqibat[tahrir | manbasini tahrirlash]

AQSh Mudofaa vazirligining Nangarhor provinsiyasidagi MOAB hujumi oqibatlari.

27-aprel kuni Nangarhor viloyatida MOAB tashlangan joy yaqinida „Islomiy davlat“ga qarshi kurashda AQSh maxsus operatsiyalar kuchlarining[31] ikki xodimi halok boʻldi[32][33]. Jangda bir nafar amerikalik harbiy yaralangan.

Reaksiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afgʻoniston[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani zarba „Afg‘oniston Milliy Xavfsizlik Kuchlari (ANSF) saʼy-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan“ va „tinch aholi qurbon bo‘lmasligi uchun ehtiyot choralari ko‘rilganini“ aytdi[34]. Afg‘oniston bosh vaziri doktor Abdulla operatsiya afgʻon kuchlari bilan kelishilgan holda oʻtkazilgan va afgʻon hukumati „fuqarolarga zarar yetkazmaslik uchun katta gʻamxoʻrlik qilgan“ligini aytdi[28].

Biroq Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay bir qator tvitlarida hujumlarni qoraladi: „Bu terrorga qarshi urush emas, balki mamlakatimizdan yangi va xavfli qurollar uchun sinov maydoni sifatida foydalanish, ishonchimizni g‘ayriinsoniy va eng shafqatsiz usullarda suiisteʼmol qilishdir“[5].

Afgʻonistonning Pokistondagi elchisi Umar Zaxilval ham bu fikrni qoʻllab-quvvatlab, havo hujumi „dahshatli va samarasiz“ ekanini taʼkidladi[3]. Achin shahar hokimi Navid Shinvari: „IShIDning shafqatsizligi va xalqimizga qarshi vahshiylik qilganiga shubha yoʻq. Lekin bomba nima uchun tashlanganini tushunmayapman.“[3].

Qoʻshma Shtatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp MOABdan foydalanishga maxsus ruxsat berganmi yoki yoʻqligini aytmadi. Shunchaki u harbiylarga „toʻliq ruxsat“[35] berganini taʼkidladi va AQSh armiyasini dunyodagi eng buyuk deb maqtadi: „Biz toʻliq ruxsat berdik va ular shunday qilyaptilar. Ochigʻini aytganda, shuning uchun soʻnggi paytlarda juda muvaffaqiyatli boʻlishdi.“[36]. Niyatdan qatʼi nazar, MOABdan foydalanilishi urush tashviqotining bir shakli sifatida keng talqin qilindi[37]. Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti yordamchisi oʻrinbosari Sebastian Gorka intervyuda Achin tumanidagi operatsiyalarni nazorat qiluvchi mahalliy qoʻmondon oʻz vakolatiga koʻra MOABdan foydalanish boʻyicha qaror qabul qilishi mumkinligini aytdi[38]. AQShning Afg‘onistondagi kuchlari (USFOR-A) va “Qatʼiy qoʻllab-quvvatlash missiyasi” qo‘mondoni kichik John W. NiCholson o‘z bayonotida „IShID-Xning yo‘qotishlari ortgan sari ular o‘z mudofaasini mustahkamlash uchun qoʻlbola portlovchi qurilmalar, bunkerlar va tunnellardan foydalanayotganligini maʼlum qildi. Bu to'siqlarni kamaytirish va ISHID-Xga qarshi hujumimiz tezligini saqlab qolish uchun to'g'ri qarordir.“[17]. Lindsey Graham, Jim Inhofe va Pat Buchanan kabi konservativ siyosatchilar Trumpning MOABdan foydalanishini qo'llab-quvvatladilar.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Afghan official: 36 ISIS fighters killed by ‘MOAB’
  2. 2,0 2,1 Mashal, Mujib. „U.S. Isn't Saying How Much Damage 'Mother of All Bombs' Did in Afghanistan“. The New York Times (2017-yil 18-aprel).
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Rasmussen, Sune Engel. „'It felt like the heavens were falling': Afghans reel from MOAB impact“. The Guardian (2017-yil 14-aprel). Qaraldi: 2017-yil 14-aprel.
  4. „Drone footage shows MOAB drop in Afghanistan“. USA Today (2017-yil 14-aprel).
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 „U.S. drops 'mother of all bombs' in Afghanistan, marking weapon's first use“. CBS News (2017-yil 13-aprel). Qaraldi: 2017-yil 13-aprel.
  6. Tomlinson, Lucas „US drops largest non-nuclear bomb in Afghanistan after Green Beret killed“. Fox News (2017-yil 13-aprel). Qaraldi: 2017-yil 13-aprel.
  7. Starr, Barbara; Browne, Ryan „US drops largest non-nuclear bomb in Afghanistan“. CNN. Qaraldi: 2017-yil 13-aprel.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 „Afghan official: Death toll from massive US bomb rises to 94, including 4 ISIS commanders“. Stars and Stripes. 15 April 2017. 16 April 2017da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15 April 2017.
  9. „MOAB strike: US military defends use of massive bomb in Afghanistan“. BBC (2017-yil 14-aprel).
  10. Gibbons-Neff, Thomas. „Pentagon identifies U.S. Special Forces soldier killed fighting the Islamic State in Afghanistan“ (2017-yil 10-aprel).
  11. 11,0 11,1 Woody, Christopher. „The US just dropped the 'mother of all bombs' on an ISIS target in Afghanistan“. Business Insider (2017-yil 14-aprel). 2017-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-aprel.
  12. „Army Rangers killed in Afghanistan were possible victims of friendly fire“. Army Times (2017-yil 28-aprel).
  13. Weaver, Mary Anne. „Lost at Tora Bora“. The New York Times (2005-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 20-aprel.
  14. Robertson, Nic „MOAB hit caves used by ISIS, drug smugglers and Osama bin Laden“. CNN (2017-yil 14-aprel). Qaraldi: 2017-yil 20-aprel.
  15. 15,0 15,1 US drops 'mother of all bombs' on ISIL in Afghanistan, Al Jazeera, 13 April 2017
  16. Insinna, Valerie „What you need to know about the 'Mother of All Bombs'“. Defense News (2017). Qaraldi: 2017-yil 14-aprel.
  17. 17,0 17,1 17,2 17,3 17,4 Ackerman, Spencer; Rasmussen, Sune Engel. „36 Isis militants killed in US 'mother of all bombs' attack, Afghan ministry says“. The Guardian (2017-yil 14-aprel). Qaraldi: 2017-yil 14-aprel.
  18. „US 'mother of all bombs' killed 92 Isis militants, say Afghan officials“ (2017-yil 15-aprel).
  19. Mashal, Mujib „'Mother of All Bombs' Killed Dozens of Militants, Afghan Officials Say“. The New York Times (2017-yil 14-aprel). Qaraldi: 2017-yil 14-aprel.
  20. „IS death toll hits 90 from huge US bomb in Afghanistan“. Times Live (2017-yil 15-aprel).
  21. „U.S. Drops Its Biggest Non-Nuclear Bomb on Afghans, Already Traumatized by Decades of War“. Democracy Now (2017-yil 14-aprel). 2017-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-aprel.
  22. Ackerman, Spencer; Rasmussen, Sune Engel. „36 Isis militants killed in US 'mother of all bombs' attack, Afghan ministry says“ (2017-yil 14-aprel). 2017-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-aprel.
  23. Allen, Nick; Horton, Helena. „Caught on video, the moment the US drops 'mother of all bombs' on 36 Isil militants“. Telegraph (2017-yil 14-aprel). Qaraldi: 2017-yil 25-aprel.
  24. Saifullah, Masood. „How active are Indian jihadists in Afghanistan?“. Deutsche Welle (2017-yil 19-aprel). Qaraldi: 2017-yil 25-aprel.
  25. „13 suspected Indian IS fighters killed as MOAB hit Afghanistan: Reports“. Hindustan Times (2017-yil 18-aprel). Qaraldi: 2017-yil 25-aprel.
  26. 26,0 26,1 Griffiths, James; Starr, Barbara; Dewan, Angela „US defends dropping 'mother of all bombs'“. CNN (2017-yil 14-aprel). Qaraldi: 2017-yil 14-aprel.
  27. „MOAB strike: US bombing of IS in Afghanistan 'killed dozens'“. BBC (2017-yil 14-aprel). Qaraldi: 2017-yil 14-aprel.
  28. 28,0 28,1 Faizy, Sultan; Bengali, Shashank. „Afghanistan says 36 militants killed after U.S. drops 'mother of all bombs' against Islamic State“. Los Angeles Times (2017-yil 14-aprel).
  29. „MOAB strike: US bombing of IS in Afghanistan 'killed dozens'“. BBC (2017-yil 14-aprel).
  30. Atrafi, Auliya. „The Mother of All Bombs: How badly did it hurt IS in Afghanistan?“. BBC News (2017-yil 27-aprel). Qaraldi: 2017-yil 27-aprel.
  31. 2 U. S. Special Operations Forces Soldiers Killed Fighting Isis in Afghanistan
  32. 2 US soldiers killed in Afghanistan near where 'mother of all bombs' used
  33. Two US troops were killed and one was wounded while fighting the militant Islamic State group in Afghanistan, the US military said Thursday, near where Washington this month dropped the „Mother of All Bombs“. US Forces-Afghanistan said the troops „came under attack during a raid against insurgents in Nangarhar Province“ late Wednesday.
  34. D'Angelo, Bob „Afghan official: 36 ISIS fighters killed by 'MOAB'“. ajc.com (2017-yil 14-aprel). Qaraldi: 2017-yil 14-aprel.
  35. Watson, Kathryn „Trump, Spicer won't say if president specifically authorized "mother of all bombs"“. CBS News (2017-yil 13-aprel).
  36. Leo Shane III. „Trump: I'm giving the military "total authorization"“. Military Times (2017-yil 13-aprel).
  37. Ohl, Jessy (2019). "The 'mother of all bombs' and the forceful force of the greater weapon". Argumentation and Advocacy 55 (4): 322–338. doi:10.1080/10511431.2019.1672029. 
  38. Sebastian Gorka On Donald Trump Jr. Controversy: 'Massive Nothing Burger' | MSNBC, 2017-07-11, qaraldi: 2017-07-21