Abdulloh Abdulloh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Doktor Abdulloh Abdulloh
pushtucha: داکتر عبدالله
Abdullah Abdullah December 2014.jpg
Afgʻoniston Bosh vaziri
Mansab davri
29-sentyabr 2014-yil — 
Prezident Ashraf Gʻani
Oʻtmishdoshi Abdulrahim Gʻofurzay
Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri
Mansab davri
22-dekabr 2001-yil — 20-aprel 2005-yilgacha
Prezident Hamid Karzay
Oʻtmishdoshi Abdulrahim Gʻofurzay
Vorisi Rangin Dadfar Spanta
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-sentyabr 1960-yil (1960-09-05) (62 yosh)
Kobul
Siyosiy partiyasi Afgʻoniston milliy koalitsiyasi lideri
Dini Islom

Abdulloh Abdulloh (عبدالله عبدالله, 5-sentyabr 1960) — Afgʻoniston hukumati rahbari – Vitse-prezidenti[1][2] 2001—2005-yillarda Tashqi ishlar vaziri[3].

Abdulla Abdulla - taniqli afgʻon siyosatchisi. 1960-yilning 5-sentyabrida Kobulda pushtun-tojik oilasida tugʻilgan. Onasi Panjshir vodiysidan, otasi Qandahordan boʻlib, Muhammad Zohirshoh davrida yuqori davlat lavozimlarida faoliyat yuritgan, xususan, Meshrano jirgʻa aʼzosi boʻlgan. Abdulla 1983-yilda Kobul universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan. Shu bois u “doktor” taxallusini olgan. Maʼlum muddat Peshovar (Pokiston)da afgʻon qochoqlariga xizmat koʻrsatuvchi kasalxonada ishlagan va afgʻon mujohidlariga qoʻshilgan. Mujohidlarning mashhur dala qoʻmondoni Ahmadshoh Masʼudning maslahatchisi va yaqin yordamchisi boʻlgan. “Afgʻoniston islom jamiyati” nazoratidagi mamlakatning shimoli-sharqiy hududlarida sogʻliqni saqlash ishlariga rahbarlik qilgan. 1992—2001-yillarda Burxoniddin Rabboniy hukumatida Mudofaa vazirligining rasmiy vakili, Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari va vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2001—2005-yillarda Karzay maʼmuriyatida Tashqi ishlar vaziri boʻlgan. 2006—2009-yillarda Ahmadshoh Masʼud nomidagi xayriya jamgʻarmasiga rahbarlik qilgan. 2014—2020-yillarda “Milliy birlik hukumati”da ijro etuvchi hokimiyatning boshligʻi boʻlgan. U deyarli barcha prezidentlik saylovlarida (2009, 2014 va 2019) oʻz nomzodini qoʻygan. Uning tarafdorlari 2019-yildagi saylov natijalarini tan olmadi va Abdulla Abdullani gʻolib deb eʼlon qildi. Natijada 2020-yil 9-mart kuni Kobulda ham Abdulla Abdulla, ham Ashraf Gʻanining inauguratsiyasi, yaʼni prezidentlik lavozimiga oʻtirish marosimi boʻlib oʻtdi. Uzoq tortishuvlar, afgʻon va xalqaro vositachilarning aralashuvi bilan ikki tomon “Oʻzaro hamkorlik va hokimiyat vakolatlarini taqsimlash boʻyicha kelishuv”ga erishdi. Abdulla Abdulla “Tolibon” harakati bilan muzokaralarni olib borishga masʼul hisoblangan “Milliy yarashuv oliy kengashi” raisi etib tayinlandi. Dariy, pashtu, arab, ingliz va fransuz tillarida soʻzlashadi. Oilali, toʻrt farzandi bor. Sheʼriyat ixlosmandi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „CEO renews electoral reform vow“. Pajhwok Afghan News (27-oktyabr 2014). — „Chief Executive Officer (CEO) Dr. Abdullah Abdullah on Monday said the national unity government remained committed to reforming the electoral bodies.“. 21-sentyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-oktabr 2014.
  2. Craig, Tim. „Ghani named winner of Afghan election, will share power with rival in new government“. Washington Post (21-sentyabr 2014). Qaraldi: 23-sentyabr 2014.
  3. Cross, Tony. „Abdullah Abdullah“. Radio France Internationale (12-avgust 2009). Qaraldi: 23-oktabr 2013-yil.
  4. И. И. Бобокулов.. Афғонистон луғат-маълумотнома. Toshkent: «COMPLEX PRINT» нашриёти, 2021.