Musa Qala jangi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Musa qala jangi
Afgʻonistondagi urush (2001–2021)ning bir qismi
Musa Qala jangi is located in Afghanistan
Musa Qala jangi

Sanalar 2007-yil 7—12-dekabr
Urush yeri Musa Qala, Helmand viloyati, Afgʻoniston
Natija Koalitsiya gʻalabasi
Tolibon chekinishi
Raqiblar
Xalqaro yordamchi xavfsizlik kuchlari:

Afgʻoniston Afgʻoniston Islom Respublikasi

Afgʻoniston Tolibon
Qoʻmondonlar
Birlashgan Qirollik Andrew Mackay
Afgʻoniston Mahayadin Ghori
Tolibon tomonidan tayinlangan gubernator Abdul-Mannan Abdul-Rahim
Tolibon tomonidan tayinlangan tuman gubernatori Abdul-Matin Oxund
Dala komandiri Abdul-Bari Oxund
Kuchlar
4,500 nafar ISAF va afgʻon milliy armiyasi kuchlari[1] 2,000 nafar isyonchilar (Tolibon maʼlumoti)[1]
300 nafar isyonchilar (ISAF maʼlumoti)[2]
Yoʻqotishlar
Qoʻshma Shtatlar 1 qurbon[3], 7 yarador[4]
Birlashgan Qirollik 1 qurbon, 2 yarador[5]
Noaniq:
Jami 100 nafardan kam (ISAF bayonoti)[6]
Yuzlab oʻldirilgan, yaralangan va hibsga olinganlar (Afgʻoniston Mudofaa vazirligi bayonoti)
2—40 nafargacha tinch aholi qurbonlari[7]

Musa Qala jangi (shuningdek, Qaleh yoki Qal’eh)[8] Britaniya boshchiligida Afgʻoniston janubidagi Hilmand viloyatida Afgʻoniston milliy armiyasi va Xalqaro xavfsizlik kuchlari (ISAF) tomonidan 2007-yil 7-dekabrda Tolibonga qarshi boshlangan harbiy amaliyotdir[1]. Uch kun davom etgan shiddatli janglardan soʻng Tolibon 10-dekabr kuni togʻga chekindi[9]. Musa Qala 12-dekabr kuni qoʻlga olingani, afgʻon armiyasi qoʻshinlari shahar markaziga kirib kelgani haqida rasman xabar berilgan[10].

Operatsiya snakepit (pushtucha: Mar Kardad) kod nomini oldi[1]. ISAFning yuqori martabali zobitlari, jumladan AQSH generali Den K. MakNil, ISAFning umumiy qoʻmondoni, 2007-yil 17-noyabrda hujumga rozi boʻldi[11]. Bu Tolibonning soʻnggi toʻqqiz oydan koʻproq vaqt davomidagi jang paytida isyonchilar nazoratida boʻlgan eng yirik shahar edi. ISAF kuchlari 2006-yil oxiriga qadar muzokaralar natijasida olib chiqilgunga qadar shaharchani nazoratda ushlab turgan edi.

Bu Afgʻonistondagi urushda afgʻon armiyasi boʻlinmalari asosiy jangovar kuch boʻlgan birinchi jang edi. Britaniya Mudofaa vazirligi (MOD) bayonotlarida operatsiya afgʻonlar tomonidan oʻtkazilgani taʼkidlangan[12]. Biroq, jang paytida afgʻon boʻlinmalarining NATO nazoratisiz ishlay olishi soʻroq ostida qolgan edi[5]. Musa Qala atrofidagi harbiy harakatlar koalitsiya kuchlari va Hilmanddagi Tolibon guruhlari oʻrtasidagi keng koʻlamli mojaroning bir qismi edi. Jangdan oldin ham, keyin ham kattaroq hududda, xususan, Musa Qalaning janubidagi Sangin tumanida kichik janglar haqida xabar berilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musa Qala — 15 000 dan 20 000 gacha aholi istiqomat qiladigan shahar[13][14]. Shahar atrofida yana 25 000 kishi yashaydi[14]. ISAF kuchlari birinchi marta 2006-yil iyun oʻrtalarida „vzvod uyi“ strategiyasining bir qismi sifatida shaharchaga joylashtirildi. Bunda viloyat gubernatori Muhammad Dovudning iltimosiga binoan Shimoliy Hilmand tuman markazlarini Britaniya ISAF qoʻshinlarining kichik boʻlinmalari bilan himoya qilish nazarda tutilgan edi. Bu harakat Tolibon va mahalliy qabila vakillari tomonidan kutilmaganda qattiq qarshilikka uchradi. Ular koalitsiyani oʻz pozitsiyalaridan siqib chiqarish uchun assimetrik emas, balki anʼanaviy usullardan foydalanganlar[15]. Izolyatsiya qilingan Britaniya garnizoni uzoq vaqt davomida qamal va doimiy hujum ostida qoldi. Ularni almashtirish faqat avgust oyining boshida Tolibon saflarini yorib oʻtgan Snakit kod nomidagi toʻliq jangovar guruh operatsiyasidan soʻng mumkin boʻldi[16].

Janglar 2006-yil oktabr oyida tugadi. Oʻshandagi munozalar natijasida umumiy nazorat mahalliy qabila oqsoqollariga topshirilgan[17]. Kelishuv mojaro va tinch aholi orasidagi qurbonlarni kamaytirish maqsadida Britaniya va Tolibon kuchlarini shaharda qoldirmaslikka qaratilgan edi. Oʻshanda britaniyalik zobit: „Tolibon kelishuvga erishib, keyin undan voz kechishi mumkinligi aniq xavf tugʻdiradi“, deb izoh bergan edi[18]. Tolibon kelishuvdan voz kechdi va 2007-yilning fevralida 200-300 askar bilan shaharni tezda egallab oldi. Tolibonning bosib olishi voqeasi jangarilarni gʻazablantirgan AQSh havo hujumi ortidan sodir boʻldi. Hujumda Tolibon qoʻmondonining ukasi va 20 nafar izdoshi halok boʻlgan. Qabila siyosati, din va afyun savdosidan tushgan pullarning aralashib ketishi sulhning oʻzgarmasligini taʼminlashga yordam berdi[19]. Oʻshanda hukumat shaharni 24 soat ichida qaytarib olishlari mumkinligini daʼvo qilgan edi. Ammo bu reja tinch aholi qurbonlariga sabab boʻlmaslik uchun amalga oshirilmadi[20].

Musa Qala hujum paytida Tolibon qoʻlida boʻlgan yagona muhim shahar boʻlib, toliblar aholiga nisbatan qattiq tartib oʻrnatgan edi. Dushman deb hisoblangan yoki shariat talablariga zid harakat qilganlarga qarshi toshboʻron qilish, kesish yoki osish orqali oʻlim jazolarini belgilaydigan maxsus tribunallar tuzildi. Bu davrda toʻrt kishi aygʻoqchi sifatida osib oʻldirilgani maʼlum. Tolibon ogʻir soliqlar undirib, maktablarni yopgan va mahalliy erkaklarni kuch bilan oʻz saflariga jalb qilgan[20]. Quyidagi tartiblar Tolibonning avvalgi hukmronligini eslatdi: erkaklar soqol qoʻymagani uchun jazolandi; musiqa taqiqlangan va yozuvlar sindirilgan; burqa kiymagani uchun ayollar jazolangan[21]. Shahar yirik koʻknori yetishtiriladigan hududda joylashgan va BBC muxbirining xabar berishicha, u Afgʻonistondagi geroin savdosi markazi hamdir[22][23].

Jang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musa Qala, Hilmand viloyati, shuningdek, atrofdagi viloyatlar va ayrim shaharlar.

Tezkor harakatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musa Qalaga hujum qilishdan oldin Brigada razvedka kuchlari (4/73 (Maxsus OP) batareyasi) boʻlajak operatsiya uchun zaruriy maʼlumotlarni taqdim etdi. Koalitsiya harbiy manevrlari qoʻshinlar va materiallarni toʻplash uchun hujumdan bir necha hafta oldin boshlandi[24]. 1-noyabr kuni Britaniya kuchlari hujumga tayyorgarlik koʻrish uchun razvedka patrullarini boshladi[25]. Oʻsha oyning oʻrtalarida MOD xabar berishicha, Brigada razvedka kuchlari (BRF), 40 qirollik dengiz piyodalari qoʻmondonligi va Shotlandiya gvardiyasining oʻng qanot korpusi qoʻshinlari Tolibon isyonchilarini sarosimaga solish va ularning taʼminot yoʻllarini uzib qoʻyish uchun shahar tashqarisida patrullik qilgan[26].

Hujumdan bir necha kun oldin razvedka patrullari Musa Qala shahar markazigacha 2.4 km atrofda patrullik olib borishdi. Koalitsiya ogohlantiruvchi varaqalarni tarqatganidan soʻng yuzlab oilalar kutilayotgan hujumdan qochgani xabar qilingan[25]. Bundan tashqari, koalitsiya Tolibon hukmronligi ostidagi Uruzgon viloyati gubernatori boʻlgan qabila rahbari Mulla Abdul Salom shaharni tark etishini taʼminlagan[5]. Alizai qabilasining yetakchisi Salaam 2007-yilning oktabr oyidayoq koalitsiya bilan muzokara olib borayotgani toliblar ichida kelishmovchilikni keltirib chiqargani xabar qilingandi[27]. Uning qochib ketishini Afgʻoniston prezidenti Hamid Karzay shaxsan istagan va u Musa Qalani himoya qilayotgan Tolibon kuchlarining uchdan bir qismini koalitsiya tomoniga olib oʻtgan. Biroq, ular ISAF tomonida jang qilganmi yoki shunchaki jangdan chetda qolganmi, bunisi nomaʼlum[5].

Jangdan oldin shaharchani ikki ming jangari mudofaa qilayotgani xabar qilingan[1]. 2050 nafar „toʻliq qurollangan jangchilar“ haqidagi shunga oʻxshash daʼvoni noyabr oyi oxirida Tolibon qoʻmondoni Enqiadiy ham aytgan edi. Oʻshanda Enqiadiy 2007/08-yil qishida butun Hilmand viloyati Tolibon qoʻliga oʻtishiga ishonchi komil edi[28]. Keyingi hisob-kitoblarga koʻra, Tolibon jangarilari sonini kamaytirdi. ISAF ofitseri ularning kuchlari maksimal kuch ikki-uch yuzga yaqin ekanini taʼkidlagan[6].

Asosiy hujum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qandahor aerodromi, Afgʻoniston. 508-parashyutchilar polkining aʼzolari Musa Qalaga havo hujumiga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Musa Qalaga asosiy hujum 7-dekabr kuni kechki soat 4da boshlandi[13]. Hujum boshlanganda AQSh havo hujumlari natijasida bir necha toliblar oʻldirilgani xabar qilingan[29]. Oʻsha kuni kechqurun 82-havo-desant diviziyasining 600 ga yaqin amerikalik askari[11] 19 vertolyotda shahar shimoliga olib ketildi[1]. Hujumga Apache hujum vertolyotlari hamrohligidagi Chinook va Blackhawk harbiy tashuvchilari jalb qilingan[11]. Kechasi parashyutchilar Tolibon qismlarini yorib oʻtib, kelayotgan quruqlikdagi qoʻshinlar uchun yoʻlni boʻshatishdi va mudofaa pozitsiyalarini qazishdi[1][30]. Hujum paytida Apache yerdan oʻqqa tutildi va bitta dvigatel ishdan chiqdi. Ammo CW2 uchuvchisi Tomas O. Malone jarohat olganiga qaramay, xavfsiz qoʻnishga muvaffaq boʻldi[4]. Hilmand ishchi guruhining 2000 dan ortiq Britaniya kuchlari (oʻsha paytda 52-piyoda brigadasi rahbarligida), shu jumladan Shotlandiya gvardiyasi, 4/73 maxsus OP Bty & 2 YORKS tomonidan tuzilgan brigada razvedka kuchlari, otliq otryadlar va 40 dan ortiq Qirollik dengiz piyodalari operatsiyaga jalb qilindi. Britaniya qoʻshinlari AQSh hujumiga yordam berish uchun shahar atrofini oʻrab oldi. Shuningdek, janubiy, gʻarbiy va sharqiy tomonlardagi afgʻon qoʻshinlari Tolibon bilan oʻq otishmani boshladi[22]. BRF AQSh parashyutchilarini gʻarbdan hujum qilish orqali qoʻllab-quvvatladi. Jangning birinchi kunidagi bu muvaffaqiyatlar AQShning asosiy havo hujumidan eʼtiborni chalgʻitish uchun hiyla boʻlgan boʻlishi mumkin[11][13]. Dastlabki hujumda Daniya va Estoniya qoʻshinlari ham qatnashgan[31].

Serjant Li Jonson

Janglar 8-dekabr kuni ham davom etdi. Britaniya va afgʻon askarlari quruqlikdagi yurishlarini davom ettirar ekan, AQSh havo kuchlari Tolibonga, jumladan, shahar atrofidagi koʻplab zenit pozitsiyalariga bir necha bor hujum qildi[1]. Tolibon minalangan maydonlar bilan oʻralgan pozitsiyalarni himoya qildi. Bunday hududlar koalitsiya kuchlari uchun jiddiy xavf hisoblanardi[32]. Afgʻoniston Mudofaa vazirligi oʻsha kuni „Bu amaliyotda hozirgacha 12 nafar terrorchi yoʻq qilindi, bir nafari qoʻlga olindi, bir qancha qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar qoʻlga olindi“ deb xabar bergan boʻlsa-da, hujum muvaffaqiyatga erisha olmagan[24]. Britaniya askari, Yorkshire polkining 2-batalyonining serjanti Li Jonson (Grin Xovardlar) oʻz mashinasida mina ustidan oʻtib ketishi natijasida 8-dekabr kuni tonggi 10da halok boʻldi. Uning yonidagi bir askar ogʻir yaralangan[33].

Tolibon kuchlari 9-dekabr kuni shaharni himoya qilish uchun yangi pozitsiyalarni egalladi. Tolibon manbalari oʻshanda yaqin atrofdagi jangarilar shahar mudofaasini kuchaytirish uchun yetib kelganini maʼlum qilgan edi[34]. Kun davomida janglar davom etdi va isyonchilar tomonidan oʻrnatilgan bombalar ISAF kuchlariga zarba berishda davom etdi. Amerikalik askar, 508-parashyut piyoda polkining kapral Tanner J OʻLiri qoʻlbola portlovchi qurilmaning portlashi natijasida halok boʻldi[3].

Tolibonning chekinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

10-dekabrga kelib, axborot agentliklari Tolibon isyonchilari hududdan shimolga chiqib ketgani, afgʻon armiyasi va ISAF kuchlari shaharni nazorat ostiga olgani haqida xabar tarqatdi[9]. Oʻshanda Britaniya harbiy boshqarmasi ehtiyotkorroq boʻlib, „doimiy ustunlik“ga erishilganini, biroq koalitsiya kuchlari Musa Qala chekkasida qolayotganini maʼlum qilgan edi. Shunga qaramay, afgʻon hukumati koalitsiya shaharni „toʻliq qoʻlga kiritdi“[35] deya taxmin qildi. NATO 11-dekabr kuni shaharning qoʻlga olinganini eʼlon qildi[35], biroq oʻsha paytda MOD taklif qilgan kuchlar hali ham ehtiyotkorlik bilan Musa Qalaning qoʻlga olingani haqidagi „qoʻshma“[36] bayonotni ertasi kuni rasman tasdiqladi. Afgʻon qoʻshinlari soʻnggi zarba uchun oldinga chiqarildi va oʻn ikkinchi kuni tushga qadar shahar markazida boʻlgani maʼlum qilindi. Ushbu ishoralar ularning Tolibon bilan mustaqil kurashish va ularni magʻlub etish qobiliyatini anglatardi[11]. Podpolkovnik Richard Eaton, Helmand ishchi guruhi matbuot kotibi, shaharning qaytarib olinishini quyidagicha tasvirlab bergan[10]:

Muso Qaladagi hozirgi vaziyat shuki, u Afgʻoniston hukumati nazorati ostida ... Bugun tongda [2007-yil 12-dekabr] Muso Qalani ozod qilish va qoʻlga olish boʻyicha operatsiyalarimiz yakuniy bosqich afgʻon armiyasining Muso Qalaga hujumi bilan yakunlandi..... Afg'on qo'shinlari bilan hamkorlik juda yaxshi bo'ldi. General Muhayadan rejalashtirishda hal qiluvchi rol o'ynadi. U rejalashtirish guruhini Lashkargohdagi 52-brigada shtab-kvartirasiga ko'chirdi.

Helmand ishchi guruhi qoʻmondoni brigadir Endryu Makkayning taʼkidlashicha, koalitsiya rejasi oʻta sadoqatli boʻlmagan mahalliy jangchilarni — „ikkinchi darajali“ Tolibonning mafkuraviy boshqariladigan jangarilardan ajralib chiqishga undagan[11]. Bu strategiya muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin edi. Afgʻoniston prezidenti Hamid Karzayning maʼlum qilishicha, isyonchilar tinch aholiga qarshi toʻqnashuvlardan soʻng Tolibon aʼzolari tomonlarni almashish istagida boʻlishgan[30]. Afgʻoniston Mudofaa vazirligi yuzlab odamlarning oʻldirilgani, hibsga olingani yoki asirga olingani haqida xabar bergan boʻlsa-da, Tolibonning aniq qurbonlari haqida xabar berilmagan[37]. Isyonchilar 17 afgʻon askari va 1 nafar ISAF askari halok boʻlganini daʼvo qildi va kamida 40 nafar tinch aholining oʻlimida inglizlarni aybladi. Ammo ularning daʼvolari ishonchli boʻlmasligi mumkin[38].

Birinchi kunlarda shiddatli janglar boʻlgan boʻlsa-da, ular koʻcha janglariga sabab boʻlmadi. Tolibon uzoq vaqt qarshilik koʻrsatmasdan, deyarli doimo orqaga chekindi[11][23]. Noqulay ob-havo sharoiti, shu jumladan tuman, ularga osonroq chekinishga imkon bergan boʻlishi mumkin[38]. Tolibon soʻzlariga koʻra, chekinish shahar ichidagi havo hujumlari va tinch aholi qurbonlarining oldini olish uchun moʻljallangan edi[35]. Janglar shahar markaziga yetib borganida, janglar „eʼtiborga loyiq emas“ boʻlib chiqdi va AQShning yuqori martabali zobitlaridan birining soʻzlariga koʻra: „Musa Qalaning shahar markazida jiddiy qarshilik koʻrsatilmagan, u sezilarli darajada toʻsiq emas edi“[39]. Afgʻon armiyasining asosiy shahar bozoriga soʻnggi yurishini Britaniya armiyasi qirollik muhandislarining ilgʻor qidiruv guruhi, undan keyin EOD va jahon matbuoti uchun oʻz bayrogʻini koʻtargan asosiy afgʻon kuchlari boshqargan.

Yirikroq kampaniyaga aloqadorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kajaki toʻgʻoni, Helmand daryosi

Musa Qala — Hilmand viloyatidagi keng koʻlamli kampaniyaning atigi bir nuqtasi edi. Asosiy maqsad Britaniya kuchlari boshchiligida Tolibonni notinch viloyatdan siqib chiqarishga qaratilgan koalitsiya harakatlari hisoblanardi. Shaharni qaytarib olish uchun olib borilgan jang qoʻshni hududlarda ham mojaroga sabab boʻldi. 2007-yil noyabr oyida razvedka patrullari boshlanganda janubdagi Hilmand viloyatining Sangin vodiysida Tolibonning „shafqatsiz“ hujumlari boshlandi. Jumladan qirollik dengiz qoʻmondonligi ikki kun davomida raketa va minomyotlardan oʻqqa tutilgan[11]. Asosiy hujumdan atigi uch kun oldin, 4-dekabr kuni Britaniya askari Jek Sadler Sangin qishlogʻining shimolida yoʻl chetiga oʻrnatilgan bombadan halok boʻldi[40]. Hujumdan bir hafta oldin Hilmandda boshqa kichik janglar ham kuzatildi: inglizlar Sangin shimoli-sharqidagi Kajaki toʻgʻoni yaqinida davomli hujumga duch keldi; Gʻarbda estoniya, ingliz va amerikalik qoʻshinlar Navzod tumani markazidagi Navzod shahri yaqinida hujumga uchrashgan. Britaniya qoʻmondonligi ostidagi Daniya kuchlari Gereshk shahrida hujumga uchradi[5].

Asosiy jang boshlanganidan bir necha kun oʻtgach, podpolkovnik Eaton Tolibon boshqa hududlarda bosim oʻtkazishga urinayotganini, ammo Britaniya bazalariga qilingan hujumlar qaytarilganini tasdiqladi. Tolibon qoʻmondonlaridan biri taʼkidladiki, „Biz Sangin va Sarvan Kalada (Sarevan Kaleh) hujumlarni boshladik… Bizda hamma joyda inglizlarga hujum qilish buyrugʻi bor.“[13] Tolibonning Musa Qaladan asosiy chekinishi sodir boʻlganda, janglar boshqa joylarda davom etdi. Oʻn birinchi va oʻn ikkinchi kunlari chekinayotgan Tolibon jangarilari Sangindagi hukumat markaziga hujum qilishdi. Afgʻoniston Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, hujum qaytarilgan va natijada 50 kishi halok boʻlgan[41]. Amerika, Britaniya va NATOning maxsus kuchlari Tolibonning shimoldan Bagʻron tumaniga, sharqda esa oʻzlarining anʼanaviy boshpanasi boʻlgan Oʻruzgʻon viloyatiga chekinishining oldini olish uchun maxsus joylashtirildi[38].

Oqibat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musa Qala qaytarib olinganidan keyin Afgʻoniston bayrogʻi koʻtarildi.

Britaniya zobitlari Musa Qala shaharning oʻziga hech qanday artilleriya oʻqlari yoki bombalar tushmasdan qaytarib olinganidan mamnunligini bildirdi. Biroq ular Tolibonning aniq magʻlubiyatga uchramagani va ehtimol bu hududga „yana qaytishi“ mumkinligini tan oldi[23]. Tolibon jangarilari magʻlubiyatdan soʻng mahalliy qishloq aholisiga aralashib ketishgan, ularning anʼanaviy liboslari niqoblanishni taʼminlagan. Jangdan keyingi kunlarda shaharga qarshi hujumlar ehtimoli bor deb hisoblangan va koalitsiya rasmiylari barqaror mudofaa zarurligini taxmin qilishgan[9][35]. Britaniya kuchlari Musa Qalani kuchaytirishni rejalashtirgan, ammo kelajakda qishloq mudofaasi asosan afgʻonlar nazorati ostida boʻlishi taʼkidlandi. ISAF qoʻmondonligi tomonidan taqdim etilgan Afgʻoniston armiyasi qobiliyatining optimistik manzarasi shubha ostiga olindi. The Times gazetasiga yozgan muxbirning taʼkidlashicha, afgʻon qoʻshinlari „NATO himoyasisiz ishlay olmagan va NATO ularni oldinga siljishiga yordam bergan“[5].

Britaniya Bosh vaziri Gordon Braun hujum paytida Hilmandda boʻlib, Kamp Bastiondagi qoʻshinlar bilan uchrashgan. U Musa Qaladagi muvaffaqiyat afgʻon tinchligi sari qadam boʻlishini taʼkidladi va qayta qurishga yordam berish davom etishiga vaʼda berdi[9]. Koalitsiya va Afgʻoniston hukumati rejalariga mahalliy masjid qurish, tuman markazini qayta qurish, politsiya binolari, maktablar va elektr infratuzilmasini taʼmirlash kabilar kiradi[39]. Hilmand gubernatori Assadulla Vafoning aytishicha, delegatsiya jangdan soʻng qaytgan tinch aholiga 5000 tonna yordam tarqatish uchun Musa Qalaga tashrif buyuradi[41]. 26-dekabrda 69-Gurxa dala otryadi, 36-muhandis polki muhandislari Musa Qalaga koʻchib oʻtdilar va tuman markazini qayta qurishga kirishdilar. Ularning vazifasi Hesco qoʻrgʻonidagi kabi mudofaa inshootlari va qum qoplaridan sangarlar (qoʻriqchi minoralar) qurishni oʻz ichiga olgan[42].

Jangdan keyin koalitsiya kuchlari tomonidan Tolibonning turli taʼminot karvonlari qoʻlga olindi. 13-dekabr kuni Britaniya va Afgʻoniston armiyasi boʻlinmalari Musa Qala chegarasidagi Tolibon pozitsiyalarini tintuv qilish chogʻida bomba zavodlari va qurol-yarogʻ omborlarini aniqladi. Shu bilan birga, birinchi tinch aholi hududga qaytishni boshladi. Ularning baʼzilari Tolibon jazolangani va Pokiston va Arab jihodchilarining daʼvolari haqida xabardor edilar[21]. Britaniyaning Hilmanddagi strategiyasining yangi yoʻnalishi — savdosi isyonchilarni qoʻllab-quvvatlaydigan mahalliy narkobaronlarning taʼsirini jilovlash uchun harbiy kuch ishlatish edi[43]. 16-dekabr kuni Britaniya qoʻshinlari Musa Qaladagi narkotika zavodi va boshqa binolardan topilgan taxminan 150-200 million funt sterlinglik geroinni yoqib yuborishdi[23][44].

Musa Qalani nazorat qilishning strategik maqsadi Afgʻonistonning janubi-gʻarbiy qismidagi Tolibon harakatlarini cxheklash hamda Afgʻoniston milliy armiyasi va ISAF kuchlarining ramzi sifatida xizmat qilish edi. Britaniya rasmiylariga koʻra, shahar ramziy ahamiyatga ega boʻlgan. Biroq, Tolibon oʻz vahshiyliklariga qaramay, muhim fuqarolik taʼminotiga ega boʻlishda davom etmoqda va mintaqa ustidan gʻalaba qozonish uchun keng koʻlamli kampaniya uyushtirish hali ham qiyin edi[43]. Qoʻshinlar yetishmovchiligi NATOning Afgʻoniston janubida Tolibondan tortib olingan hududlarni ushlab turishini qiyinlashtirdi[39].

Fuqarolarning shaharga qaytishi sekin kechdi. Doʻkonlar 16-dekabrda ham yopiq edi. Tinch aholi qurbonlari haqidagi maʼlumotlar noaniq edi. Aholi vakillaridan biri 15 jasad bir koʻchada yotganini, boshqasi esa uning oilasi vayronalar ostida halok boʻlganini aytdi. Koalitsiya bunday daʼvolarni rad etib, faqat ikki bola jarohatlanganini va ehtimol halok boʻlganini tan oldi. Jang paytida ISAF qoʻshinlari tomon katta tezlikda ketayotgan mashina haydovchi otib oʻldirilgani sababli agʻdarilib ketgan edi[45][46].

Koalitsiya va afgʻon hukumati Tolibon tarafdorlarini oʻz tarafiga ogʻdirish uchun saʼy-harakatlarini davom ettirdi. Biroq, „hokimiyat bilan notoʻgʻri aloqa“[47] biroz keskinlikni keltirib chiqardi. Dekabr oyi oxirida ikki nafar gʻarb diplomati Afgʻonistondan chiqarib yuborilgan edi. Gubernator Assadulla Vafo ularni Tolibon bilan yashirin muzokaralar olib borishda va ularga pora taklif qilishda aybladi. Maxfiy muzokaralar BMT matbuot kotibi tomonidan tushunmovchilik sifatida rad etildi[47]. 2008-yilning yanvarida Mulla Abdul Salom Afgʻoniston hukumati tomonidan Musa Qala tumaniga gubernator etib tayinlangan edi. Bu boshqa Tolibon qoʻmondonlarini tomonlarni oʻzgartirishga undash maqsadida qilingan ishora edi[48].

Tolibon qoʻmondonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangilik xabarlarida koʻplab Tolibon qoʻmondonlari Musa Qala jangida qatnashgan, koʻplari oʻldirilgan yoki asirga olingani haqida xabar berilgan. Jumladan quyidagilar haqida ham maʼlumotlar berilgan:

  • Enqiadi, jangdan oldin Tolibon qoʻmondoni boʻlgan[28].
  • Mulla Ahmadulloh, jang paytida Associated Press bilan muloqot qilgan Tolibon qoʻmondoni[32].
  • Mulla Abdul Salom, koalitsiya tomoniga oʻtgan Alizayning asosiy qabila rahbari.
  • Tolibonning Hilmand viloyati gubernatori oʻrinbosari Mulla Fayzulla havo hujumida halok boʻlgan[14].
  • Mulla Tor Jan, Musa Qala hududi qoʻmondoni, havo hujumida halok boʻlganligi taxmin qilingan[14]. Uning qayerda ekanligi nomaʼlumligicha qolmoqda, chunki u 2008-yilning 13-martida Afgʻoniston va koalitsiya kuchlari bilan boʻlgan jangda oʻldirilgani qayta xabar berilgan[49].
  • Tolibonning Musa Qala tumani boshligʻi mulla Matin Oxund (Abdul Matin[50] nomi bilan ham tanilgan)[51] xatolik tufayli qoʻlga olingani haqida xabar berilgan[52].
  • Tolibonning Hilmand viloyati gubernatori mulla Rahim Oxund[51] asirga olingani haqida xato xabar berilgan[52].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Townsend, Mark. „Fierce battle rages for Taliban stronghold“. The Guardian (2007-yil 9-dekabr). 2007-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 9-dekabr.
  2. Rayment, Sean; Coghlan, Tom. „A deadly Afghan battle like none other“. London: The Daily Telegraph (2007-yil 12-dekabr). 2007-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 8-yanvar.
  3. 4,0 4,1 Neuhaus. „U.S. troops recuperating from battle for Musa Qala“. Stars and Stripes (2007-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2007-yil 26-dekabr.
  4. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 Grey, Stephen. „Terror on road to Taliban stronghold“. The Times (2007-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2007-yil 28-dekabr.
  5. 6,0 6,1 „Video Tele Conference: Major General Champoux, Deputy Commander Security, ISAF“. International Security Assistance Force. NATO (2007-yil 13-dekabr). 2008-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 29-dekabr.
  6. Burke J., Norton-Taylor R.. „Allies move into town held by Taliban“. The Guardian (2007-yil 11-dekabr). 2008-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 29-dekabr.
  7. „Musa Qal'eh, Afghanistan Page“. Falling Rain Genomics (2007-yil sentyabr). Qaraldi: 2007-yil 27-dekabr.
  8. 9,0 9,1 9,2 9,3 „Afghan troops take Taleban town“. BBC (2007-yil 10-dekabr). 2007-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 18-dekabr.
  9. 10,0 10,1 „Afghan flag flies over Musa Qaleh once again“. Defence News. British Ministry of Defence (2007-yil 12-dekabr). 2007-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 9-dekabr.
  10. 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 11,5 11,6 11,7 Hurst. „The taking of Musa Qala“. The Scotsman (2007-yil 17-dekabr). 2011-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 18-dekabr.
  11. „"Time is now right" for retaking Musa Qaleh - Browne“. Defence News. British Ministry of Defence (2007-yil 7-dekabr). 2007-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 9-dekabr.
  12. 13,0 13,1 13,2 13,3 Coghlan, Tom; Burleigh, James. „Battle for Taliban stronghold intensifies“. London: The Telegraph (2007-yil 12-dekabr). 2007-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 18-dekabr.
  13. 14,0 14,1 14,2 14,3 Abrashi, Fisnik. „Troops Patrol Former Taliban Town“. Fox News (2007-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 19-fevral.
  14. Select Committee on Defense. „UK operations in southern Afghanistan“. Thirteenth Report. United Kingdom Parliament (2007-yil 18-iyul). Qaraldi: 2008-yil 9-yanvar.
  15. Albone, Tim. „Pathfinders on a four-day mission fight off eight-week Taleban siege“. The Times (2006-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2008-yil 9-yanvar.
  16. Roggio. „The Battle for Musa Qala Has Begun“. Weekly Standard (2007-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2007-yil 9-dekabr.
  17. Smith. „Message to the Politicians: Let the Soldiers Get on with their Job!“. The Times (2006-yil 1-oktyabr). 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 9-dekabr.
  18. Burke, Jason. „Taliban town seizure throws Afghan policy into disarray“. London: The Observer (2007-yil 4-fevral). Qaraldi: 2007-yil 23-noyabr.
  19. 20,0 20,1 „Taliban impose rule, hefty taxes in Musa Qala District“. IRIN (2007-yil 28-iyun). 2008-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 27-dekabr.
  20. 21,0 21,1 Nick, Meo. „Fearful farmers return to Musa Qala as British search homes“. The Times (2007-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2007-yil 18-dekabr.
  21. 22,0 22,1 „Soldiers 'seize Taleban leaders'“. BBC News (2007-yil 9-dekabr). 2007-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 9-dekabr.
  22. 23,0 23,1 23,2 23,3 Meo, Nick. „A pornographic deck of cards and £150m surprise for town's liberators“. The Times (2007-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2007-yil 22-dekabr.
  23. 24,0 24,1 „NATO soldier killed in Musa Qala operation: Afghanistan“. Khaleej Times (2007-yil 8-dekabr). 2007-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 9-dekabr.
  24. 25,0 25,1 Starkey. „Exodus as British set to attack Taleban“. The Scotsman (2007-yil 6-dekabr). 2007-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 10-dekabr.
  25. „British troops push north into Musa Qaleh“. Defence News. British Ministry of Defence (2007-yil 14-noyabr). 2007-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 9-dekabr. The „Right Flank“ is the name for the senior company in the Scots Guards.
  26. Coghlan, Tom. „Key tribal leader on verge of deserting Taliban“. London: The Telegraph (2007-yil 31-oktyabr). 2007-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 23-dekabr.
  27. 28,0 28,1 Tassal. „Musa Qala: The shape of things to come“. International Relations and Security Network (2007-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2007-yil 9-dekabr.
  28. „Afghan and NATO Forces Surround Taliban-Held Town; 15 Die in Fighting“. Voice of America (2007-yil 7-dekabr). 2007-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 9-dekabr.
  29. 30,0 30,1 Starkey. „NATO retakes Taleban town after militants change sides“. The Scotsman (2007-yil 11-dekabr). 2007-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 18-dekabr.
  30. Lampert. „Afghan and NATO troops storm Taliban stronghold“. Global National. 2012-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 23-dekabr.
  31. 32,0 32,1 „Toll rises in Taleban town battle“. BBC (2007-yil 8-dekabr). 2007-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 23-dekabr.
  32. „Sergeant Lee Johnson of 2nd Battalion The Yorkshire Regiment killed in Afghanistan“. Defence News. British Ministry of Defence (2007-yil 9-dekabr). 2007-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 18-dekabr.
  33. „Coalition troops advance on Taliban-held town“. CTV (2007-yil 9-dekabr). 2009-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 9-dekabr.
  34. 35,0 35,1 35,2 35,3 Attewill, Fred; agencies. „Musa Qala battle won, says Nato“. The Guardian (2007-yil 11-dekabr). 2007-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 20-dekabr.
  35. „Afghan troops called forward to complete Musa Qaleh clearance“. Defence News. British Ministry of Defence (2007-yil 11-dekabr). 2007-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 18-dekabr.
  36. Shalizi, Hamid. „Afghans say hundreds of Taliban killed in Musa Qala“. Reuters (2007-yil 13-dekabr). 2007-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 18-dekabr.
  37. 38,0 38,1 38,2 Coghlan, Tom. „Taliban flee as troops retake Musa Qala“. London: The Telegraph (2007-yil 10-dekabr). 2007-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 22-dekabr.
  38. 39,0 39,1 39,2 „NATO says Musa Qala battle shows significant progress by Afghan army“. International Herald Tribune (2007-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2007-yil 22-dekabr.
  39. „Trooper Jack Sadler killed in Afghanistan“. Defence News. British Ministry of Defence (2007-yil 5-dekabr). 2007-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 18-dekabr.
  40. 41,0 41,1 „Official: Taliban flee, 50 killed“. CNN (2007-yil 12-dekabr). 2007-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 12-dekabr.
  41. „Ghurka engineers begin Musa Qaleh rebuilding process“. Defence News. British Ministry of Defence (2007-yil 27-dekabr). 2008-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 30-dekabr.
  42. 43,0 43,1 Loyn, David. „Why the battle for Musa Qala matters“. BBC (2007-yil 10-dekabr). 2007-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 22-dekabr.
  43. „Up in flames ... troops destroy £200m haul of warlords' heroin“. The Sunday Mirror (2007-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2007-yil 18-dekabr.
  44. Grey, Stephen. „Filming troops in Afghanistan“. BBC News (2007-yil 21-dekabr). 2007-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 28-dekabr.
  45. „Calm after fight for Afghan town“. BBC (2007-yil 16-dekabr). 2007-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 23-dekabr.
  46. 47,0 47,1 Siddique, Haroon. „Expelled diplomats leave Afghanistan“. The Guardian (2007-yil 27-dekabr). 2008-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 30-yanvar.
  47. Leithead. „Ex-Taleban chief named governor“. BBC News (2008-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.
  48. „41 Taliban killed in south Afghanistan“. AP (2008-yil 13-mart). Qaraldi: 2008-yil 16-mart.
  49. „Operation Snake Pit pounds Taliban stronghold“. Afgha.com (2007-yil 9-dekabr). 2007-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 16-noyabr. Alt URL
  50. 51,0 51,1 „Rebel commanders seized in Taliban-controlled town“. Pajwhok Afghan News (2007-yil 9-dekabr). 2011-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-fevral.
  51. 52,0 52,1 „Mistake over 'captured Taleban'“. BBC (2007-yil 11-dekabr). 2007-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 24-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]