Sangin havo hujumi (2017)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sangin havo hujumi (2017)
Ushbu operatsiya Afgʻoniston urushining bir qismi
Turi Havo hujumi
Joylashuvi
32°04′24″N 64°50′16″E / 32.07333°N 64.83778°E / 32.07333; 64.83778 G O
Nishon Tolibon (AQSh da’vosi)
Sana 10-fevral, 2017-yil(2017-02-10)
Amalga oshirgan:   Qoʻshma Shtatlar Amerika Qoʻshma Shtatlari havo kuchlari
Qurbonlar Qurbonlar: 18-22+ tinch aholi
Yaralanganlar: Noma’lum
Sangin is located in Afghanistan
Sangin
Sangin
Afgʻoniston xaritasida Sangin koʻrsatilgan

2017-yilgi Sangin havo hujumi Afgʻonistonning Hilmand viloyatidagi Sangin tumanining AQSh tomonidan bombardimon qilinishi edi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afgʻonistondagi missiyasi ma’lumotlariga koʻra, dastlabki surishtiruvlar havo hujumlari natijasida kamida 18 nafar tinch aholi vakillari halok boʻlib, ularning deyarli barchasi ayollar va bolalar ekanligini koʻrsatgan. Afgʻoniston Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Davlat Vaziriy tinch aholi qurbonlari haqidagi barcha xabarlarni rad etdi. Hujum hududidagi aholi esa BMTning hududda Tolibon a’zolari yoʻqligi haqidagi hisoboti va hujumdan bir necha kun oldin AQSh qoʻshinlari hududga tashrif buyurganligi haqidagi xabarlarni tasdiqladi[1]. Hilmand viloyati gubernatori ham provinsiyadagi mustaqil tahlillar natijasida tinch aholi halok boʻlgani tasdiqlanganini ma’lum qildi[2]. Sanginlik oqsoqollar ham tinch aholi qurbonlari soni 22 kishini tashkil etishini aytishdi[3]. Xalqaro koalitsiya matbuot kotibi, brigade generali Charlz Klivlend AQSh Sanginga 30 ga yaqin havo hujumi uyushtirganini tasdiqladi[4]. Mazkur havo hujumi ikkinchi Sangin havo hujumi deb ataldi. Chunki, AQSh 2010-yil iyul oyida ham Sanginda koʻplab qurbonlarga sabab boʻlgan havo hujumi uyushtirgan edi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Faizy, Sultan; Bengali, Shashank. „A U.S. airstrike may have killed 18 civilians, 'nearly all women and children,' UN report says“. Los Angeles Times (13-fevral 2017-yil). Qaraldi: 21-aprel 2017-yil.
  2. Walter Wellman, Phillip. „UN: US Airstrikes in Afghanistan Kill 18 Civilians“. Military.com (13-fevral 2017-yil). Qaraldi: 21-aprel 2017-yil.
  3. Mashal, Mujib; Shah, Taimoor. „NATO Checking Claim that U.S. Airstrikes Killed 22 Afghan Civilians“. The New York Times (11-fevral 2017-yil). Qaraldi: 21-aprel 2017-yil.
  4. Rasmussen, Sune Engel. „Afghanistan civilian deaths may have been caused by US airstrike“. The Guardian (12-fevral 2017-yil). Qaraldi: 21-aprel 2017-yil.
  5. Loyn, David. „NATO probes reports raid killed 45 Afghan civilians“. BBC News (25-iyul 2010-yil). Qaraldi: 13-avgust 2010-yil.