Mozor-i-Sharifning qulashi
Mozor-i-Sharifning qulashi | |||||
---|---|---|---|---|---|
Afg'oniston urushining bir qismi 2001-2021-yillar | |||||
AQSh armiyasi maxsus kuchlari askarlari Shimoliy alyans jangchilari bilan Mozori Sharifda 2001-yil 10-noyabr | |||||
| |||||
Raqiblar | |||||
Shimoliy Alyans AQSH |
Afgʻoniston islom amirligi (1996-2001) Tolibon Al Qoida Oʻzbekiston islomiy harakati Tehrik-e-Nafaz-e-Shariyat-e-Muhammadi [1] | ||||
Qoʻmondonlar | |||||
Abdul Rashid Doʻstum Atta Muhammad Nur Mohammad Mohaqiq Tommy Franks |
Juma Namangoniy (oʻlgan) Fazil Mazloom (asir olingan) Nurullah Nuri (asir olingan) Abdul-Razzaq Nafiz (yaralangan) Abdul-Qahir Usmani (yaralangan, asir olingan) Sufi Muhammad | ||||
Yoʻqotishlar | |||||
8 ta Junbish-i-Milli Islomiy va 30 ta Jamiyat-i Islomiy jangshilari halok bo‘ldi. | 500+ kishi oʻlgan 500 ga yaqin kishi asirga tushgan 1000 ga yaqin kishi qochib ketgan |
2001-yil noyabr oyida Mozori Sharifning qulashi Amerika yordami bilan Afgʻoniston davlatining birinchi yirik hujumi natijasida sodir boʻldi. Afgʻonistonni qutqarish uchun birlashgan islom fronti (Shimoliy alyans)ning Balx viloyatidagi Mozori Sharif shahriga bostirib kirishi va AQSh armiyasi maxsus kuchlarining havodan bombardimon qilishlari natijasida 1998-yildan beri shaharni ushlab turgan Tolibon kuchlari olib chiqib ketdi. Bombardimondan so‘ng chekka qishloqlar vayron bo‘ldi. Jangdan so‘ng Tolibon va Al-Qoida kuchlari shahardan chiqib ketishdi. Tolibon tarafdorlari bo‘lgan bir necha yuz jangari o‘ldirilgan. Taxminan 500 kishi qoʻlga olindi va 1000 ga yaqini qochib ketgan. Mozori Sharifning qo‘lga olinishi Tolibon uchun birinchi yirik mag‘lubiyat bo‘ldi.
Tayyorgarlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tolibon 1998-yil 8-avgustda Mozori Sharifni egallab olgan va shundan keyin shahar nazorati ularning qo‘l ostiga o‘tadi[2]. Tolibon jangarilari shaharni egallab, shia aholisiga qarshi qatliom uyushtirdilar. Bu xalqaro miqyosda keng qamrovli jinoyat va Tolibon rejimining yanada yakkalanishiga olib keldi[3].
Mozori Sharifni qo‘lga olish harbiy operatsiyasi 2001-yil 17-oktabrda Markaziy razvedka boshqarmasining sakkiz kishidan iborat „Alfa“ guruhi general Abdul Rashid Do‘stum bilan bog‘lanish uchun shahardan 80 mil janubda joylashgan Dari-a-Suf vodiysiga kelib o‘rnashgandan so‘ng boshlangan[4]. Ularga uch kundan keyin ODA 595 qoʻshildi. Markaziy razvedka boshqarmasi xodimlaridan Jonni Maykl Spann harbiy operatsiyaga boshchilik qilgan.
Jangga bir necha kun qolganda Shimoliy ittifoq qoʻshinlari Mozori Sharifdan 25 kilometr uzoqlikdagi joylashgan aholi punktlari tomon yurdi. Shaharga kiruvchi telefon liniyalari uzildi va Amerika rasmiylari rasmiy Afgʻonistonga Tolibon urushga tayyorlanayotgani, afgʻon tanklarini to‘playotgani haqida xabar bera boshladi. 2001-yil 2-noyabrda ODA (Alpha operativ otryadi) va Markaziy razvedka boshqarmasi jamoasining[5] aʼzolari bir necha kechaga ob-havo sharoiti taʼsiridan keyin Dari-a-Balx vodiysiga kiritildi. Ularning vazifasi general Muhammad Atta Nur va uning askarlarini qoʻllab-quvvatlash edi. Ular birgalikda Dari-e-Suf vodiysi boʻylab jang qilishdi va keyinchalik yetib kelgan Doʻstum va uning kuchlari, ODA 595 va Markaziy razvedka boshqarmasi Alpha guruhi bilan bogʻlanib, vodiy boʻylab jangga kirishdi[6].
Do‘stum Shimoliy Alyansning etnik o‘zbeklar ko‘p bo‘lgan „Junbish-i-Milli Islomi Afg‘oniston“ guruhi bilan birgalikda 4-noyabr kuni shahar janubi-g‘arbidagi Keshendeh qishlog‘iga hujum qildi. Uning otliq qo‘shinlari qishloqni egallab oldi[7]. General Nur esa etnik tojiklar koʻp boʻlgan „Jamiat-i Islomiy“ kuchlarining 2000 askarini shaharning toʻgʻridan-toʻgʻri janubidagi Ag-Kupruk qishlogʻiga yubordi. Uning o‘zi esa yana oltita maxsus askari va yana yetti nafar oddiy askarni boshlab kelmoqda edi. Shahar shimolidagi Tolibon chegara hududida bombardimonlar yuz berdi[7]. Hujumda Muhammad Mohaqiqning „Hizbe Vahdat“ guruhi a‘zolari etnik kelib chiqishiga koʻra hazoralardan edi[8].
O‘sha kuni Amerika samolyotlardan shaharga tashviqot varaqalari tashlangan, ularda ayollarning ekaklar tomonidan kaltaklanishi, qonunsizlik va oxirida afgʻonlardan shunday yashashni xohlashlari haqida soʻralgan. Ayni paytda, AQSh maxsus kuchlari shahar atrofidagi nishonlarni aniqlab, boshqariladigan oʻq-dorilarga mayoq sifatida xizmat qilishi uchun lazer belgilarini oʻrnatdilar[7].
7-noyabr kuni Nyu-York universitetining xalqaro hamkorlik boʻyicha tadqiqotlari direktori Barnett Rubin Amerika xalqaro aloqalar qoʻmitasining „Afgʻoniston kelajagi“ mavzusidagi maʼruza qildi. Uning taʼkidlashicha, Mozori Sharifga yaqinda bosqin uyushtirilar hamda Shimoliy Alyans tomonidan Tolibon aʼzolarining qatagʻon qilinib oʻldirilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun AQSh mas’uldir. U shuningdek, ma‘ruzasida taʼkidlashicha, shahar bosib olinganda (1997 va 1998-yillarda) har ikki tomondan minglab odamlar oʻldirilgan ekan.
Bomba hujumi
[tahrir | manbasini tahrirlash]7 va 8-noyabr kunlari Tolibon jangga tayyorgarlik koʻrish maqsadida qishloq boʻylab 4000 nafar jangchini Mozori Sharif tomon olib ketayotganda, Amerika[9] B-52 bombardimonchilari Cheshmeh-ye Shafa darasida toʻplangan Tolibon himoyachilarini nishonga olib bombardimon qildi. Shuningdek, nishon sifatida amerikaliklar tomonidan shaharning janubiy kirish eshigi[10], shuningdek, shaharga Tolibon nazoratidagi yagona kirish joyi bo‘lgan Hoji Gak dovoni belgilangan. Bu oʻsha paytgacha boʻlgan eng ogʻir operatsiyalardan biri edi. Shunga qaramay, Tolibon bo‘lajak jangga tayyorgarlik ko‘rish uchun shaharga 500 jangchi kiritganini taʼkidlab kelgan.
Jang
[tahrir | manbasini tahrirlash]2001-yil 9-noyabrda ikki ODA va Markaziy razvedka boshqarmasi aʼzolari togʻ yonbagʻirlarida kelib yashirindilar. Balx vodiysiga AQSh va Shimoliy alyans hujum qilishga kelishib oldilar. Birgalikda ular shaharga ochiladigan Tangi dovonida Tolibonga qarshi havo hujumlarini boshladilar. Tolibon BM-21 Grad raketalaridan bilvosita oʻq otish bilan javob qaytardi, ammo ularning hujumlari havo kuchlari yordami bilan tezda bostirildi. Havo hujumlari Tolibonga oʻz taʼsirini oʻtkazdi. Shuningdek, unga qarshi Atta va Doʻstum boshchiligida Shimoliy ittifoq kuchlari signali bilan piyoda, otda, pikap mashinalari va qoʻlga olingan BMP zirhli transportyorlari bilan hujum boshladi[12].
Kunduzi soat 14:00 da Doʻstum va Ustod Atta Muhammad Nur qoʻmondonligi ostidagi Shimoliy ittifoq kuchlari Pul-i-Imom Buxri koʻprigidan oʻtib, shaharning asosiy harbiy bazasi va Mozori Sharif xalqaro aeroportini egallab oldi[10]. Shimoliy ittifoqning „ragtag“ formasiz qoʻshinlari shaharga Balx vodiysidan kirib keldi va faqat yengil qarshilikka duch keldi[13][14].
Chekka qishloqlar asosiy qoʻmondonlik va boshqaruv markazlariga aniq havo zarbalari berilgandan soʻng, taxminan 5000-12000 Tolibon jangarilari, shuningdek, Al-Qoida[15] aʼzolari va boshqa chet ellik jangchilar pikap va yoʻltanlamas mashinalarda qayta toʻplanish uchun Qunduz tomon chekinishni boshladilar[16][17][18]. Quyosh botishi bilan Tolibon kuchlari shimol va sharqqa chekinishdi[10]. Baʼzilar ular qarshi hujumga o‘tishi mumkinligidan xavotirda edi. Keyinchalik jangda 400-600 kishi halok boʻlgan, ammo tinch aholi va tolibon jangarilarining jangovar oʻlimlarni ajratish ancha qiyin kechdi. Taxminan 1500 nafar Tolibon asirga olingan yoki qochib ketgan[16][7].
Pokistonlik koʻngillilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Keyingi kunlarda toliblarning aksariyati qochib ketayotgan paytda ularga yordam uchun 900 ga yaqin pokistonlik ko‘ngillilar Mozori Sharifga yetib borgan. Bu jangchilarning koʻpchiligini pokistonlik mulla Soʻfi Muhammad yollagan boʻlib, u yuk mashinasiga oʻrnatilgan karnaydan foydalanib: „Xudo uchun kurashib oʻlganlar oʻlmaydi! Jihodga chiqqanlar jannatda abadiy yashaydilar!“[8][19] deb ittifoqqa qarshi birgalashib jangga da‘vat qilgan.
Tolibon yashirinib, qochib ketayotgan kunlarda bu ko‘ngillilar shaharga yetib keldi, ularning ko‘pchiligi hali juda yosh edi. Asosan oʻsmir oʻgʻil bolalardan tashkil topgan guruh Sulton Roziya qizlar maktabida toʻplanib, u yerda muzokaralar olib borgan, biroq ularning yuzlablari oxir-oqibat oʻldirilgan[8][19]. Guruh qariyb ikki kun davomida tashlab ketilgan Sulton Roziya qizlar maktabida to‘planib, o‘z jangovar pozitsiyalarini tiklagach, shahar amaldorlari va Shimoliy alyans taslim bo‘lish bo‘yicha muzokaralar olib borishga harakat qilishdi, ammo jangchilar qatʼiyan rad etishdi, natijada ikki tinchlik elchisi, bir shahar mullasi o‘ldirildi. Shu bilan birga, ular bino yaqinida harakatlanayotgan har bir kishiga, shu jumladan tinch aholiga qarata oʻq uzdilar.
Elchilarning oʻldirilishidan soʻng, Shimoliy ittifoq maktabni pulemyotlardan oʻqqa tuta boshladi. Bu qurolli jang soatlab davom etdi. Nishonga olingan maktab ichida kimdir boshlig‘ining „Pokiston uchun oʻling“, „Hech qachon taslim boʻlmang“ va „Bizning shiorimiz taslim boʻl yoki oʻl“ degan soʻzlarini devorga yozib qoʻydi[20][14][21][22].
Tushning yarmida amerikalik harbiy maslahatchilar binoni bombardimon qilishga ruxsat berishdi. AQSh Markaziy qoʻmondonligidan Rik Tomasning aytishicha, ular qizlar maktabini portlatishni maqsadga muvofiq deb belgilaganlar.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa tashkilotlar rasmiylarining taʼkidlashicha, Shimoliy Ittifoq qoʻshinlari tomonidan qirgʻin Amerika harbiy samolyoti ikki yoki toʻrtta 1000 funtlik bomba tashlaganidan bir necha daqiqa oldin maktabda himoyachilar taslim boʻlganidan keyin sodir boʻlgan. Jangchilar qochish uchun tezda tarqalib ketishdi va Shimoliy Alyans qochib ketayotganda ularga oʻq uzdi, natijada 800 kishi halok boʻldi. Keyinchalik maʼlumotlarga koʻra, Shimoliy Alyans maktabni bomba tashlagan Amerika samolyoti oʻrniga oʻqqa tutgan[20][14][21][22], ammo jangdan soʻng Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy-havo kuchlari serjanti Stiven E. Tomat oltita avtomashina yordamida va maktabga havo hujumi uyushtirgani uchun Kumush yulduz bilan taqdirlandi[23][24][25][26][27].
Oqibat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharning qulashi „katta zarba“[23] boʻldi, chunki Amerika Qoʻshma Shtatlari Markaziy qoʻmondonligi dastlab shahar keyingi yil Tolibon qo‘liga o‘tib ketishiga [28] va har qanday jang „katta zarba“ bilan tugashiga ishongan edi. Mozori Sharif strategik ahamiyatga ega edi. Uning qoʻlga olinishi taʼminot yoʻllarini ochdi va Amerika samolyotlari uchun mamlakat ichida havo yoʻlagini taqdim etdi. Jang Tolibonning birinchi yirik magʻlubiyati boʻldi va Afgʻoniston shimolidagi hududlarning tezda ittifoqchilar qo‘l ostiga oʻtishiga turtki boʻldi[29][30]. Mulla Dadulloh shaharni 8000 ga yaqin Tolibon jangarilari bilan qaytarib olish uchun ketayotgani haqidagi mish-mishlardan soʻng, AQSh armiyasining ming nafar reynjerlari havo orqali shaharga olib kelingan va bu Kobul va Qandahorga borish mumkin boʻlgan barcha yo‘llarni nazorat ostiga olgan[9][31].
AQSh armiyasining 96- batalyonining fuqarolik ishlari boʻyicha guruhlari va 4-psixologik operatsiyalar guruhining Yashil beretlar va ishchi guruhlar yordam berish uchun darhol Mozori-Sharifga joylashtirildi[32].
Shaharning qulashi mahalliy aholi orasida har xil mish-mishlarni tarqatdi[33], shundan soʻng Shimoliy Alyans tomonidan qatl qilish va tinch aholini oʻgʻirlash haqidagi xabarlar paydo boʻldi[34]. Maktabdan qochib qoʻlga olingan pokistonlik mahbuslar „qul“ sifatida ushlab turilgan va koʻpincha Shimoliy Alyansning askarlari tomonidan jinsiy zoʻravonlikka duchor boʻlgan va ular qaytib ularni qaytarib yuborish uchun oilalaridan toʻlov talab qilishgan. Shundan so‘ng sobiq prezident Burhoniddin Rabboniyning murojaat bilan chiqdi. Xorijiy ommaviy axborot vositalariga bu vaqtda Amerika qoʻshinlari joylashgan hududlar va joylarga kirish taqiqlangan[35].
Amerikaliklar uchun shaharning bosh markazi boʻlgan aerodrom ularning bombardimonidan jiddiy zarar koʻrgan[13]. Bu Buyuk Britaniya va Qoʻshma Shtatlar oʻrtasida kelishmovchilikni keltirib chiqardi. Birinchisi, havodan bombardimon qilish notoʻgʻri qilingan, Qoʻshma Shtatlar gumanitar muammolarga yetarlicha eʼtibor bermagan va ittifoqchilar bilan maslahatlashishdan bosh tortgan deb aybladi[36]. Vayron qilingan uchish-qo‘nish yo‘laklari afg‘onlar tomonidan ta‘mirlab, yamab chiqildi. Birinchi yuk samolyoti jangdan oʻn kun oʻtgach qoʻndi[13]. Aviabaza 11-dekabrgacha ishlay boshladi.Avvalroq harbiy parvozlar O‘zbekiston yoki Arab dengizidagi aviatashuvchilardan amalga oshirilishi kerak bo‘lgan bo‘lsa, endi amerikaliklar uzoqroq parvozlar uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i o‘rnini bosadigan og‘irroq yuklarni olib, Tolibon frontiga qarshi tez-tez uchishlarni amalga oshirishi mumkin edi[18].
Turkiston islom partiyasining „Islom Turkistoni“ jurnali oʻzining 4-sonida hijriy 1422-yilda Afgʻonistonda Tolibon Islom amirligi qulashi chogʻida Mozori Sharifning Ganja qalʼasida oʻldirilgan turkistonlik Bilolning oxirgi gaplarini eʼlon qildi[37].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Pakistan's militant Islamic groups“. BBC (2002-yil 13-yanvar). 2017-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-may.
- ↑ „Opposition troops closing in on Mazari Sharif“. 2020-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-yanvar.
- ↑ Encarta Encyclopaedia Winkler Prins (1993-2002) s.v.
- ↑ Harnden, Toby, "First Casualty: The Untold Story of the CIA Mission to Avenge 9/11.
- ↑ Harnden, "First Casualty, " p. 116
- ↑ Neville, Leigh, Special Forces in the War on Terror (General Military), Osprey Publishing, 2015 ISBN 978-1472807908, p.38,p.41
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 Chipman, Don.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 Gall, Carlotta The New York Times, A deadly siege at last lost Archived 2020-05-11 at the Wayback Machine, November 19, 2001
- ↑ 9,0 9,1 Khan, M. Ismail.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 Rebels: Mazari Sharif is Ours — TIME
- ↑ Rumsfeld, Donald.
- ↑ Neville, Leigh, Special Forces in the War on Terror (General Military), Osprey Publishing, 2015 ISBN 978-1472807908, p.41
- ↑ 13,0 13,1 13,2 Cahlink, George.
- ↑ 14,0 14,1 14,2 "Special Warfare journal", „The Liberation of Mazar e Sharif: 5th SF group conducts UW in Afghanistan“, June 1, 2002
- ↑ „Chronology | Campaign Against Terror | FRONTLINE | PBS“. 2018-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-avgust.
- ↑ 16,0 16,1 Topeka Capital Journal, Taliban: Key city has fallen Archived 2011-08-05 at the Wayback Machine, November 10, 2001
- ↑ Harding, Luke.
- ↑ 18,0 18,1 Dolan, Chris J. „In War We Trust“, 2005. p. 150
- ↑ 19,0 19,1 The Washington Post, „Talibanʼs Allies Lost in Strange City“, November 11, 2001
- ↑ 20,0 20,1 Gall, Carlotta.
- ↑ 21,0 21,1 The Telegraph, 600 bodies found in Mazar-e-Sharif, November 22, 2001
- ↑ 22,0 22,1 Stern, Marcus.
- ↑ 23,0 23,1 Call, Steve.
- ↑ „Silver Star Citation: Tomat, Stephen E.“. 2018-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 8-yanvar.
- ↑ Struck, Doug.
- ↑ Neal, A1C Jason A. 43rd Airlift Wing Public Affairs, „Silver cross awarded to three airmen“, 2002
- ↑ Call, Steve.
- ↑ Maloney, Sean M. Afghanistan: From here to eternity? (Wayback Machine saytida 2009-01-15 sanasida arxivlangan)
- ↑ Scott Peterson. A view from behind the lines in the US air war: Special operatives are key to the success of American airstrikes in Afghanistan. Christian Science Monitor (2001-yil 4-dekabr).
- ↑ Feinberg, Cara.
- ↑ Crane, Conrad.
- ↑ Neville, Leigh, Special Forces in the War on Terror (General Military), Osprey Publishing, 2015 ISBN 978-1472807908, p.42
- ↑ Karon, Tony.
- ↑ Zia, Amir.
- ↑ Rich, Frank.
- ↑ Kellner, Douglas.
- ↑ „الشهيد الشيخ بلال التركستاني - (كما نحسبه)“ (PDF). 2018-09-23da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 2022-07-22.
{{cite magazine}}
: Cite magazine requires|magazine=
(yordam)