Mohmand vodiysi reydi
Mohmand vodiysi reydi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Afgʻonistondagi urush tarixi (2001—2021)ning bir qismi | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
AQSh Afgʻoniston Islom Respublikasi |
IShID-Xuroson | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Nomaʼlum | Abdul Haseeb Logari † | ||||||
Harbiy birliklar | |||||||
Qoʻshma Shtatlar Qurolli kuchlari
|
ISHID harbiy kuchlari
| ||||||
Kuchlar | |||||||
50 Rangerlar armiyasi AC-130 qurollari F-16 qiruvchi samolyotlar AH-64 Apache hujumchi vertolyotlari Dronlar 40 nafar qoʻmondonlar |
Nomaʼlum | ||||||
Yoʻqotishlar | |||||||
2 qurbon (tasodifan otilgan)[8] 1 qurbon |
36+ qurbon (ularning orasida bir nechta rahbarlar ham bor)(per U.S.)[9][10] |
2017-yil 26-aprel kuni kechki payt AQSh va Afg‘oniston maxsus operatsiyalar kuchlari Afg‘onistonning Nangarhor viloyati Achin tumanidagi „Iroq va Shom islomiy davlati – Xuroson viloyati“ (IShID-KP) qarorgohiga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazdi. Operatsiya 27-aprel kuni erta tongga qadar davom etdi. Operatsiya davomida 3-batalyon, 75-Reynjer polkining C va D guruhlaridan ikki AQSh armiyasi reynjyeri va IShID-KP rahbari Abdul Hasib Logari halok boʻldi. Pentagon maʼlumotlariga koʻra, bir nechta yetakchilar va 35 tagacha jangarilar oʻldirilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil 11-yanvarda „Tehrik-i-Tolibon“ va Afg‘oniston Tolibonining sobiq aʼzosi bo‘lgan Hofiz Said Xon boshqa sobiq Tolibon yetakchilari qatorida Abu Bakr al-Bagʻdodiyga bay‘at berib, Iroq va Shom – Xuroson viloyati Islomiy davlatini tuzib, oʻzini guruh amiri deb eʼlon qildi. Oradan yetti oy oʻtib Oʻzbekiston islomiy harakati IShIDga bayʼat berdi va „Xuroson“ guruhiga aʼzoligini daʼvo qildi. Guruh tuzilganidan soʻng darhol AQSh va Afgʻoniston kuchlarining havo hujumlari va reydlari nishoniga aylandi. Guruh Tolibonga qarshi kurashda ham katta muvaffaqiyatsizliklarga uchradi.
2016-yil iyulida Hofiz AQShning uchuvchisiz samolyoti hujumida halok bo‘ldi. Taxminan sakkiz oy o‘tgach, 2017-yilning mart oyida Afg‘oniston va AQSh harbiylari Nangarhor va Kunar viloyatlaridagi jangari guruhga qarshi „Hamza“ operatsiyasini boshladilar[11][12].
2017-yil 8-mart kuni bir guruh qurolli shaxslar Kobuldagi Sardor Dovud Xon harbiy gospitaliga hujum qilib, 100 dan ortiq odamni o‘ldirgan. Hujum uchun mas’uliyatni IShID-Xuroson oʻz zimmasiga oldi. Afgʻoniston hukumati hujumda Haqqoniy tarmogʻini gumon qilgan edi[13].
2017-yil 13-apreldagi reyddan ikki hafta oldin va reyd o‘tkazilgan joydan bir mil uzoqlikda AQSh harbiylari eng katta yadroviy bo‘lmagan bomba — GBU-43/B MOABni IShID-Xuroson tuneliga tashladi. Ushbu tunellar 80-yillarda Sovet-Afg‘on urushi paytida mujohidlar va 2001-yilda Afg‘onistonga bostirib kirish paytida Usoma bin Lodin tomonidan foydalanilgan tarmoq edi. Afg‘oniston rasmiysiga ko‘ra, zarba natijasida 96 jangari yo‘q qilingan[14].
AQSh rasmiylariga koʻra, reyd natijasida guruh aʼzolari 3000 jangchidan 700 nafargacha kamaygan[15].
Nishon
[tahrir | manbasini tahrirlash]Operatsiya nishoni AQSh MOAB bombasini tashlagan joydan bir mil uzoqlikda joylashgan Mohmand vodiysidagi majmua edi. Bu yerda IShID-Xuroson yetakchisi Abdul Hasib Logari joylashgani taxmin qilingan. Qoʻmondonlar havo hujumi emas, quruqlik orqali operatsiya oʻtkazishga qaror qilishdi. Chunki qarorgohda ayollar va bolalar boʻlgani taxmin qilingan[16][17].
Xasib 2017-yil iyulidan beri IShID-Xuroson yetakchisi bo‘lib kelgan. Bosqin paytida yoshi o‘ttizlarda bo‘lganligi taxmin qilinadi.
Reyd
[tahrir | manbasini tahrirlash]26 aprelga o‘tar kechasi soat 10:30lar atrofida AQSh armiyasining 3-bataloni, 75-ranger polkining 50 nafar askarlari va afgʻon maxsus xavfsizlik kuchlarining (Kteh Xas) 40 nafar askari vertolyotda hujum obyekti yaqiniga tushirildi[18]. Askarlar oʻz pozitsiyalarini egallashayotgan jarayonda bir necha yoʻnalishdan dushman pozitsiyalaridan kuchli oʻqqa tutildi. Otishma „360 darajaga yaqin“ deb taʼriflandi. Amerika/Afgʻon qoʻshma kuchlari otishma hududlaridan oʻtib olish uchun AC-130 harbiy samolyotlari, F-16 qiruvchi samolyotlari, AH-64 Apache hujum vertolyotlari va dronlarni yordamga chaqirishgan.
Reyd dvomidagi sharoitlar tufayli ikkinchi hujum kuchlari zaxira qoʻnish zonasiga yoʻnaltirildi. Qoʻnish zonasida Rangerlar oʻz vertolyotidan otishmalar ostida arqon yordamida tez chiqib ketishdi. Askarlardan biri yerga yiqilib tushdi. Reyd boʻyicha tergov natijalari shuni koʻrsatdiki, ikkinchi darajali qoʻnish pozitsiyasiga yoʻnaltirish qarori ikkinchi hujum kuchlarini „Janubiy jang pozitsiyasi“da jangda qatnashayotgan IShID-Xuroson jangchilariga yaqin joylashtirdi. Bu ularning tasodifiy otishmalarga duchor boʻlishiga olib keldi. Birinhi guruh kuchlari shimolga oʻz maqsadlari sari harakat qilishdi[19].
Birlamchi hujum kuchlarining Rangers jamoasi dushman majmuasi eshigini buzib kirishga tayyorlanayotgan edi. Oʻt ochish uchun tayyorgalik koʻrayotgan ranger tomdan tushib ketdi. Askarga xizmatdoshlari yordam berishga harakat qilishayotganda, xudkush-terrorchi binoning narigi tomonidagi hovlida oʻzini portlatib yubordi.
Portlashdan soʻng Rangers jamoasi majmua ichida otishma boshladi.
Ranger jamoasi rahbari serjant Joshua Rodjers oyogʻidan yaralansa-da, otishma davomida halok boʻlishiga qadar otishmani davom ettirdi. Alohida holatlarda serjant Kemeron Tomas va boshqa bir qoʻriqchi dushman bilan yuzma-yuz toʻqnashdi. Otishmalar natijasida ular 10 fut balandlikdan pastroqdagi terassaga tushishga majbur boʻlishdi. Yiqilganidan keyin serjant Tomas jamoadoshiga jarohat olgani va nafas olishda qiynalayotgani haqida xabar bergan. Otishma ostida jamoadoshi jihozlarini yechib, birinchi yordam koʻrsatgan[19].
Oʻz otryadlarining ichki ratsiyasidan qurbonlar haqida eshitgan jamoadoshlari oʻz pozitsiyalarini tark etishdi va serjant Rodjersni kanalda hushsiz holda koʻrishdi. Uning quroli va yordamchi paketlarini yechib olgach, suvdan olib chiqishdi.
Otishma uzoq vaqt davom etgan sharoitda Ranger shifokori Tomasni tungi koʻrish moslamasi yordamida davolashga majbur boʻldi. Uning yaralarini tekshirar ekan, shifokor Tomas shoshilinch jarrohlik muolajasiga muhtojligini va oʻlim ehtimoli borligini aniqlab, tibbiy evakuatsiyani chaqirdi. Holat boʻyicha tergov oʻtkazilganda ranger shifokori „alohida tibbiy yordami“ va Tomasga 15 daqiqa davomida yurak massajini oʻtkazish jarayonida „yuqori jismoniy kuch“ koʻrsatgani uchun eʼtirof etildi.
Qoʻshma terminal hujum nazoratchisi (JTAC) va ikkita kuzatuvchi medevac vertolyoti qoʻnishni boshlagach havo hujumlari yordamga chaqirildi. Qoʻngandan soʻng vertolyot shifokori va medevac jarrohlik guruhi aʼzosi qurbonlarni yerda saqlashga yordam berish maqsadida vertolyotdan tushishdi. Jang boʻyicha tergov xulosasida „Atrof-muhit shunchalik kinetik boʻlib qoldiki, uchish uchun parvoz rejasini belgilanganidan soʻng [uchuvchi] oynasini pastga tushirib, M4 qurollari bilan yaqinlashib kelayotgan dushman qiruvchilarini chalgʻitishga majbur boʻldi“[19]. Vodiydan uchib chiqqan Medevac vertolyoti ikki nafar Reynjer jasadlari bilan Jalolobod aerodromiga yoʻl oldi. Tergovchilar halokatli yoʻqotishlar AQSh kuchlarining oʻz guruhlarini oʻqqa tutishi natijasida sodir boʻlganini aniqladilar. Ballistik dalillar va sud-tibbiy ekspertizasi dalillari NATO oʻq-dorilari bilan mos kelishini taʼkidladilar[20].
Boshqa bir Reynjer oʻqdan qochib qutuldi, lekin oʻz xohishi bilan jangni tark etdi[21].
Reyd harakatlari uch soatdan koʻproq, tonggi soat 3:30largacha davom etdi. Uning natijasida moʻljallangan nishon halok boʻldi. Pentagon buni dushman guruhining jang qilish qobiliyatini pasaytirishdagi muvaffaqiyat deb atadi[22][23][24][25][26][27][28][29][30].
Qurbonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Halok boʻlganlar orasida ikki nafar armiya reynjerlari Illinoys shtati Bloomington shahridan 22 yoshli serjant Joshua Rodjers va Ogayo shtati Kettering shahridan 23 yoshli serjant Kameron Tomas Ketteringlar bor. Ularning ikkalasi ham oʻrta maktabni tugatib armiya safiga kirishgan va bu ularning uchinchi safari edi. Ular halok boʻlganlaridan keyin bir qator unvon va mukofotlar bilan taqdirlanishdi. Jumladan, Armiyaning yaxshi xulq-atvori medali, Armiya muvafaqqiyati medali, Armiya xizmati lentasi, Terrorizmga qarshi global urush medali, Afgʻonistondagi harbiy kampaniya yulduzi va NATO medali kabilar[31][32][33][34].
Amerika Qoʻshma Shtatlari Mudofaa vaziri Jim Mattis Rojers va Tomasni sharaflab, "Serjant Joshua „Josh“ Rodjers va serjant Kameron Tomasning oilalari va hamkasblarini hurmat qilaman va ularga hamdardman. Askarlarning afgʻon hamkorlari Josh va Kemeron bilan birga jang qilishgan. Xavfga tik borishga va yoʻlidagi dushmanlarga shafqatsiz boʻlishga tayyorligini isbotlab, millatimiz va erkinliklarimizni himoya qilish yoʻlida fidoyilik koʻrsatish yoʻlida Afgʻonistonda [Iroq va Suriya-Xuroson islomiy davlati]ga qarshi harbiy operatsiyani amalga oshirishdi"[35].
AQSh harbiylariga koʻra, reydda Abdul Hasib va IShID-KPning bir qancha yetakchilari hamda 35 ga yaqin jangari yoʻq qilingan[15].
Oqibat
[tahrir | manbasini tahrirlash]28-aprel kuni afg‘on qo‘shinlari Mohmand vodiysida operatsiya o‘tkazgan va Afg‘oniston MV maʼlumotlariga ko‘ra, IShID-KPning 20 nafar jangarisini yo‘q qilgan[36]. 7-may kungi matbuot bayonotida AQSh harbiylari Hasibning oʻlimini tasdiqladi[37].
Abdul Hasib oʻrniga pokistonlik jangari Abu Said tayinlanadi. Yangi yoʻlboshchi 11-iyul kuni Kunar viloyatida AQSh dron hujumida oʻldirilgan. Abu Said 2016-yil iyulidan beri oʻldirilgan uchinchi IShID-KP amiri edi[38].
Medal va unvonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Armiya qoʻriqchisi, shtab-serjanti Maykl Yang, C kompaniyasining 3-Reynjer batalyonida otryad boshligʻi reyd davomida 22 Reynjerning hayotini saqlab qolgani va dushmanning bir nechta pozitsiyalarini yoʻq qilgani uchun taqdirlangan. U 2018-yil aprel oyida qilgan harakatlari uchun Kumush yulduz bilan taqdirlangan[39][40][41].
Halok boʻlgan Reynjerslar F-16 uchuvchilari 79-qiruvchi otryaddan kapitan Jon J. Nygard va kapitan Salvador A. Kruzning oila aʼzolari ishtirok etgan marosimda, 2018-yil iyun oyida, reyd davomida qilgan harakatlari uchun „Hurmatli uchuvchi xochi“ ordeni bilan taqdirlandilar. Uchuvchilar dushman pozitsiyalariga aniq havo hujumlarini amalga oshirgan va qurbonlarni evakuatsiya qilishda havo xavfsizligini taʼminlagan edilar. Har ikki shaxs reyd vaqtida 88 nafar askar hayotini saqlab qolgan[42][43][6].
2018-yil dekabr oyida Amerika Qoʻshma Shtatlari Senati kongressmen Darin LaHood taqdim etgan qonun loyihasini maʼqullab, Illinoys shtati Normal shahridagi 200 West North Street manzilida joylashgan AQSh pochta bo‘limini serjant Joshua Rodgers nomi bilan qayta nomlash to‘g‘risida qonun qabul qildi[44]. Qonun loyihasini prezident Donald Trump 21-dekabr kuni imzolagan. 2019-yil boshida serjantning oila aʼzolari ishtirok etgan marosimda pochta boʻlimi nomi oʻzgartirildi[45].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Barbara Starr and Ralph Ellis. „ISIS leader in Afghanistan was killed in raid, US confirms“. CNN (2017-yil 7-may).
- ↑ Reuters Staff. „Head of Islamic State in Afghanistan confirmed killed“ (2017-yil 8-may).
- ↑ „ISIS Afghanistan head Abdul Hasib killed: US, Afghan officials“ (2017-yil 8-may).
- ↑ „Leader of ISIS in Afghanistan killed in April raid, Pentagon says“. ABC News.
- ↑ „A top ISIS commander in Afghanistan was killed in raid that left two Army Rangers dead“. NBC News.
- ↑ 6,0 6,1 „The Painful Story of the Mahmand Valley Ranger Raid: How Two Rangers Died, and Two F-16 Pilots Saved the Rest.“ (2020-yil 25-may).
- ↑ Trevithick, Joseph „This Shadowy Afghan Unit Fights Alongside America's Most Elite Forces“. The Drive.
- ↑ Sisk, Richard „Two Army Rangers Possibly Killed by Friendly Fire in Afghanistan“. Military.com. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
- ↑ Munoz, Carlo „Pentagon confirms Abdul Hasib, head of ISIS in Afghanistan, killed by U.S., Afghan special forces“. The Washington Times (2017-yil 8-may).
- ↑ „Isis commander in Afghanistan killed by special forces, US and Afghan officials say“. The Independent (2017-yil 7-may).
- ↑ „The Battle for Mamand: ISKP under strain, but not yet defeated“. Afghanistan Analysts Network - English (2017-yil 23-may).
- ↑ „Islamic State in Afghanistan: Is US assault working?“. The Bureau of Investigative Journalism.
- ↑ Mashal, Mujib; Abed, Fahim „After Deadly Attack on Kabul Hospital, ‘Everywhere Was Full of Blood’“ (2017-yil 8-mart).
- ↑ Woody, Christopher „The 'Mother of All Bombs' blast site is still off-limits, but here's who it may have killed“. Business Insider. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
- ↑ 15,0 15,1 Phippen, J. Weston „U.S. Confirms the Death of ISIS Leader in Afghanistan“. The Atlantic (2017-yil 8-may).
- ↑ Mashal, Mujib „Leader of Afghanistan Branch of ISIS Killed in Special Forces Raid“ (2017-yil 7-may).
- ↑ Bucher, Chris „Sheikh Abdul Hasib Dead: 5 Fast Facts You Need to Know“ (2017-yil 8-may).
- ↑ Trevithick, Joseph „This Shadowy Afghan Unit Fights Alongside America's Most Elite Forces“. The Drive. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
- ↑ 19,0 19,1 19,2 Rempfer, Kyle „Inside a fatal Ranger raid that killed an ISIS-K emir in Afghanistan“. Army Times (2020-yil 15-sentyabr).
- ↑ „Mattis honors Army Rangers killed in Afghanistan“. Army.mil. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
- ↑ „Two U.S. Army Rangers killed in anti-ISIS raid in Afghanistan“. NBC News.
- ↑ „The Pentagon Investigates Possible Friendly Fire Deaths In Afghanistan“. NPR.org. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
- ↑ „2 Army Rangers killed in Afghanistan“. Chicago Tribune. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
- ↑ Hennigan, W. J. „Pentagon says two Army Rangers may have been killed by friendly fire in Afghanistan“. Los Angeles Times. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
- ↑ deGrandpre, Meghann Myers, Andrew „Army Rangers killed in Afghanistan were possible victims of friendly fire“. Army Times (2017-yil 7-avgust). Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Friendly fire may have killed 2 Army Rangers in Afghanistan“. PBS NewsHour (2017-yil 28-aprel). Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
- ↑ „Friendly fire may have killed Army Rangers during ISIS raid in Afghanistan“. CBS News. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
- ↑ „Pentagon says friendly fire may have killed two US soldiers in Afghanistan, not Isis“ (2017-yil 28-aprel). Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
- ↑ „Two U.S. Army Rangers killed in anti-ISIS raid in Afghanistan“. NBC News. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
- ↑ Cooper, Helene „2 U.S. Service Members Killed in Afghanistan, Pentagon Says“. New York Times (2017-yil 27-aprel). Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
- ↑ Barrie Barber. „For Kettering Army Ranger, service was 'all he lived and breathed'“. Dayton Daily News. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
- ↑ „Sgt. Cameron H. Thomas| Military Times“. thefallen.militarytimes.com.
- ↑ LENORE SOBOTA. „Bloomington soldier killed in Afghanistan praised“. Pantagraph.com. Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
- ↑ Nordland, Rod „All 6 U.S. Combat Deaths in Afghanistan in 2017 Were in Fight Against ISIS“. New York Times (2017-yil 11-iyun). Qaraldi: 2019-yil 11-yanvar.
- ↑ „Mattis Honors Army Rangers Killed in Afghanistan“. U.S. Central Command.
- ↑ „20 Daesh Militants Killed In Nangarhar“. TOLOnews.
- ↑ „Afghanistan IS head killed in raid - US and Afghan officials“ (2017-yil 8-may).
- ↑ Reuters Staff. „Head of Islamic State in Afghanistan killed: Pentagon“ (2017-yil 14-iyul).
- ↑ „Michael Young - Recipient -“. valor.militarytimes.com.
- ↑ South, Todd „Ranger’s heroic actions saved dozens, led to Silver Star medal“. Army Times (2018-yil 13-aprel).
- ↑ „Army Ranger awarded Silver Star for actions in deadly, 'terrifyingly chaotic' fight in Afghanistan“. Stars and Stripes.
- ↑ „Two Shaw Airmen earn DFC saving 88 lives“. Shaw Air Force Base.
- ↑ Scarlett, Emily „'It’s what we’ve trained for:' 2 Shaw AFB pilots awarded the Distinguished Flying Cross for saving 88 lives overseas“. wistv.com (2018-yil 11-iyul).
- ↑ „Legislation to Honor Fallen Army Ranger Joshua Rodgers Passes U.S. Senate“. Representative Darin LaHood (2018-yil 13-dekabr).
- ↑ Cullen, Mary „Fallen Ranger Remembered And Honored With Post Office Naming“. www.wglt.org.