Army Times
Army Times | |
---|---|
2017-yil 10-prel sanasida chop etilgan gazeta muqovasi | |
Turi | Gazeta |
Formati | Tabloid |
Kimga tegishli | Sightline Media Group |
Asos solingan | 1940 |
Bosh muharrir | Michael Reinstein |
Bosh ofisi | 6883 Commercial Drive, Springfield, Virginia, 22159, AQSh |
Adadi | 92,801 (2013-yil iyun)[1] |
Vebsayt | www.ArmyTimes.com |
Army Times (ISSN 0004—2595) yiliga 26 marta nashr etiladigan gazeta boʻlib, Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasining faol, zaxiradagi, milliy gvardiya va nafaqadagi xodimlari, ularning oila aʼzolariga yangiliklar, maʼlumotlar va tahlillar, shuningdek, jamiyat va turmush tarzi xususiyatlari, taʼlim qoʻshimchalari va resurs qoʻllanmalari boʻyicha xizmat koʻrsatadi.
Army Times Sightline Media Group tomonidan nashr etiladi. Gazeta dastlab Gannett Hukumat Media Korporatsiyasi deb nomlangan Gannett Company (NYSE: GCI) va TEGNA tarkibiga kirgan. Dastlabki vaqtlarda Army Times Publishing Company nomi bilan tanilgan Gannett Hukumat Media Korporatsiyasini 1997-yilda Gannett Times Journal kompaniyasidan sotib olgan[2]. Tegna oʻz biznesini 2016-yil mart oyida Los-Anjelesdagi Regent moliyaviy kompaniyasiga sotdi[3][4].
Military Times gazetalari Armiya va havo kuchlari almashinuv xizmati (AAFES) doʻkonlari va mudofaa komissariatlarida eng koʻp sotib olinadigan nashrlar boʻlib, People va Time kabi milliy bestsellerlardan ustun turadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Army Times asoschisi Mel Rayder oʻzining gazetachilik faoliyatini Stars and Stripes gazetasida Birinchi jahon urushi paytida frontdagi qoʻshinlarga nashrlarni yetkazib berish va sotish bilan boshlagan. 1921-yilda Willard Kiplinger bilan hamkorlikda Kiplinger Agency axborot byulletenini tashkil qildi. U 1933-yilda agentlikdagi ulushini sotdi va tabiatni muhofaza qilish fuqaroviy korpusi aʼzolari uchun Happy days gazetasini nashr eta boshladi. Uning birinchi buyurtmasi 400 nusxada boʻlib, birinchi reklama beruvchi GEICO edi. Keyinchalik, Rayder Army Timesni nashr eta boshladi. Gazetaning birinchi soni 1940-yilda nashr etilgan. Kompaniya ham oʻsha yili roʻyxatga olingan[5].
2006-yilda nashr Donald Ramsfeldni isteʼfoga chiqarishga chaqiruvchi tahririyat maqolasini chop etdi[6].
Xodimlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mike Gruss, ijrochi muharrir
- Kent Miller, bosh muharrir; Air Force Times va Navy Times muharriri
- Kyle Rempfer, Army Times muharriri
- Andrea Scott, Marine Corps Times muharriri
- Leo Shane III, Capitol Hill byurosi boshligʻi
- Meghann Myers, Pentagon byurosi boshligʻi
- Davis Winkie, muxbir
- Sarah Sicard, muharrir
- Todd South, muharrir
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Alliance for Audited Media Snapshot Report - 6/30/2013“. Alliance for Audited Media (2013-yil 30-iyun). 2017-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-avgust.
- ↑ „GANNETT CO INC, Form 10-K, Annual Report, REPORT OF INDEPENDENT ACCOUNTANTS, Filing Date Mar 22, 2002“. secdatabase.com. Qaraldi: 2020-yil 21-avgust.
- ↑ „Here's how much Tegna's CEO earned in 2015“. www.bizjournals.com (2016-yil 22-mart). Qaraldi: 2020-yil 21-avgust.
- ↑ Hardy, Michael „Elaine Howard returns to Sightline Media“. Federal Times (2017-yil 22-iyul). Qaraldi: 2020-yil 21-avgust.
- ↑ „Army Times turns 75, still serving those in uniform“ (2015-yil 15-avgust). Qaraldi: 2020-yil 21-avgust.
- ↑ „Archive copy of Editorial: Time for Rumsfeld to go“ (2006-yil 4-noyabr). 2012-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-avgust.