Jidda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Jidda
shahar
Skyline of Jidda
21°32′34″N 39°10′22″E / 21.54278°N 39.17278°E / 21.54278; 39.17278 G OKoordinatalari: 21°32′34″N 39°10′22″E / 21.54278°N 39.17278°E / 21.54278; 39.17278 G O
Mamlakat Saudiya Arabistoni
Maʼmuriy okrug Makka
Hukumat
 • Mer Solih al-Turkiy
Asos solingan VI asrda
Maydon 1,686 km2 (651 mi²)
Dengiz sathidan 12 m
Iqlim turi Jazirama choʻl
Rasmiy til(lar)i arab tili
Konfessiyaviy tarkib 90% musulmonlar (sunniylar)
Etnoxoronim jiddalik
Vaqt mintaqasi UTC+3
Telefon kodi 12
Pochta indeks(lar)i 21000
Jidda xaritada
Jidda
Jidda

JiddaSaudiya Arabistonidagi shahar. Aholisi 1,2 mln.dan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Qizil dengiz boʻyidagi port. Xalqaro aeroport bor. Hijoz viloyatining yirik savdo va sanoat markazi. Marmarga ishlov beriladi. Neftni qayta ishlash, neftkimyo, sement, mebel, koʻn poyabzal, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari; poʻlat quyish, ehtiyot qismlardan avtomobil yigʻish va kema remonti, qogʻoz, yogʻ-moy zavodlari bor. Har xil diniy marosim buyumlari tayyorlab sotiladi. Jidda Makka va Madinaga ziyoratga boruvchilar yoʻlidagi tranzit punkt. Universitet (1967) bor. Jidda 1946-yilgacha kichik savdo shahri boʻlgan. Jidda tashqaridan keltiriladigan ichimlik suvi bilan taʼminlangan. Yangi zamonaviy turar joylar, keng koʻchalar, bogʻlar, sanoat inshootlari barpo etilgan. Hoz. vaqtda Jidda mamlakatning diplomatiya ishlari va elchixonalar joylashgan markazi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil