Najd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

NajdSaudiya Arabistonidagi viloyat. 5—6-asr oʻrtalarida arablarning kinda qabilasi qoʻl ostida boʻlgan. 7— 9-asrlarda Arab xalifaligi, keyinchalik Arabiston yarim orolda mavjud boʻlgan davlatlar tarkibida. 18-asrda vahhobiylar harakati markazi boʻlgan. Ular bu yerda Najd amirligini tuzganlar (18-asr oxiri —20-asr boshi, tanaffuslar bilan). Birinchi jahon urushidan soʻng Najd amirligi Shimoliy va Markaziy Arabistonni birlashtirish kurashiga raxnamolik qilgan, natijada Hijoz, Najd va birlashgan viloyatlar davlati (1932-yildan Saudiya Arabistoni) paydo boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil