Arab davlatlari uyushmasi
Arab davlatlari uyushmasi — 1945-yilda arab davlatlari siyosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtirish, ular mustaqilligi va suverenitetini himoya qilish, iqtisodiy, ijtimoiy hamda ma-daniy aloqa sohalarida hamkorligini rivojlantirish maqsadida tuzilgan mintaqaviy tashkilot. Arab davlatlari uyushmasi u.ga Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikaning mustaqil arab mamlakatlari uyushgan. Arab davlatlari uyushmasi u. tashki-lotchilari — Misr, Suriya, Iroq, Iorda-niya, Livan, Saudiya Arabistoni va Yaman Respublikasidir. Keyinroq Arab davlatlari uyushmasiga Jazoir, Bahrayn, Jibuti, Quvayt, Liviya, Mavritaniya, Marokash, Qatar, Somali, Sudan, Tunis, Birlashgan Arab Amirli-klari, Yaman Xalq Demokratik Respubli-kasi, shuningdek Falastin Ozodlik Tash-kiloti aʼzo boʻldi. Arab davlatlari uyushmasi u.ning rahbar organi — Kengash (Majlis) hisoblanadi, uning tarkibiga har aʼzo mamlakatdan bitta vakil kiri-tiladi. Kengash oʻz majlislarini bir yilda ikki marta oʻtkazadi. Hamma aʼzolar uchun majburiy qarorlar faqat yakdil ovoz bilan qabul qilinadi. Koʻpchilik ovoz bilan qabul qilingan qarorlar bularni qoʻllab-quvvatlab ovoz bergan mamla-katlar uchungina majburiydir. Kengash huzurida bir necha doimiy ishchi qoʻmita va qator ixtisoslashgan tashkilotlar tuzilgan, ular iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik masalalari bilan shugʻullanadi, umumiy loyiha va dasturlar ustida ish-laydi. Arab davlatlari uyushmasi u. Kotibiyatini Bosh kotib boshqaradi. Arab davlatlari uyushmasi u- boshqaruv idorasi Qohira (Misr)da joylashgan. Arab davlatlari uyushmasi u. BMT huzuridagi kuzatuvchi tashkilot mavqeiga ega. 1960-70 yillarda Arab davlatlari uyushmasi u. aʼzolarining soni koʻpaydi, ular iqtisodiy qudrati mustahkamlanib, umumiqtisodiy va siyosiy manfaatlari kuchaydi. Shu tu-fayli Arab davlatlari uyushmasi u. doirasida arab davlatlari hamkorligi kengaydi. Uyushmaning umu-marab bozori, Arab Taraqqiyot banki, arablararo oʻquv yurtlari, Narkotiklarga qarshi kurash olib boruvchi arab byurosi va „Arab press“ axborot byurosini tu-zish boʻyicha dasturlar ishlab chiqildi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |