Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saud

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ibn Saud
Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saud
Tavallud sanasi: 24-oktabr, 1880-yil(1880-10-24)
Vafot sanasi: 9-oktabr, 1953-yil(1953-10-09)
(72 yoshda)

Abdulaziz ibn Abdurrahmon Al Faysal as-Saud (1880.24.10, ar-Riyoz - 1953.9.10, at-Toif) — Saudiya Arabistoni qiroli (1932—53). Saudiylar sulolasidan. Markazlashgan mustabid davlat tuzishga intilgan. 1902—27 yillarda Najd amiri. Arabiston ya. o. dagi Shammar amirligi, Hijoz qirolligi, shuningdek, Turkiya bilan urushlar olib borgan. I. S. ning Hijoz bilan olib borgan urushi (1924—25) uning gʻalabasi bilan tugagan. Hijoz, Najd va birlashgan viloyatlar davlati qiroli (1927—32). Arabiston ya. o. da I. S. tuzgan markazlashgan davlat 1932-yildan Saudiya Arabistoni deb atala boshladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil