Muhammad Ali (Misr)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad Ali Poshsho
arabcha: محمد علي باشا
usm. محمد علی پاشا

Muhammad Ali Poshsho 1840-yilda
 Misr voliysi (poshshosi)
 
Mansab davri
17-may 1805 – 2-mart 1848
Oʻtmishdoshi Xurshid Ahmad poshsho
Vorisi Ibrohim poshsho
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 4-mart 1769-yil
Kavala, Makedoniya, Usmonlilar imperiyasi
Vafoti 2-avgust 1849-yil(1849-08-02)
(80 yoshda)
Ras al-Tin qasri, Iskandariya, Misr
Turmush oʻrtogʻi

Amina Xonim
Mahduran Xonim
Ayn al-Hayat Xotin
Mumtoz Xotin
Mahvish Xotin
Namshaz Xotin
Zayba Hadicha Xotin
Shams Safa Xotin
Shami Nur Xotin
Ummu Numan Naila Xotin

Gulfidan Xotin
Qamar Xotin
Bolalari 19 oʻgʻil va 13 qiz
Onasi Zaynab xonim
Otasi Ibrohim ogʻa
Kasbi Siyosatchi va harbiy
Dini Islom (sunniy)
Mukofotlari Faxriy legion ordeni
Dafn etilgan joyi Muhammad Ali masjidi

Muhammad Ali (4-mart 1769-yil, Kavala shahri, Makedoniya — 2-avgust 1849-yil, Iskandariya) — Misr hukmdori (podshosi) (1805—49). 1952-yil iyul inqilobigacha hukmronlik qilgan sulola asoschisi, asli alban, yanicharlardan. M.A. tamaki sotish bilan shugʻullangan, 45 yoshida oʻqishni oʻrgangan. 1799—1801-yillarda turk armiyasi tarkibidagi alban otryadiga boshchilik qilib, Misrdagi Turkiya— Fransiya urushida qatnashgan. Umar Makram boshchiligidagi Qohira musulmon ulamolariga tayanib hokimiyatni egallagan (1805). M.A. dastlab Umar Makramni qatl etgan, soʻngra mamluk beklarini qirib tashlab, nomigagina Turkiyaga tobe, aslida Misrning yakka hokimiga aylangan. Muntazam armiya tuzib, uning yordamida Arabiston yarim orol (1811-18), Sharqiy Sudan (1820-22)ni bosib olgan, Grek mshtliy ozodlik inqilobini bostirishda qatnashgan (1824—28), Turkiya sultoniga qarshi urushlar olib borgan (1831—33 va 1839—40). Harajatlarni qoplash maqsadida vaqf, mamluklar va ijaradorlarning yerlarini davlat ixtiyoriga tortib olgan. 1829-yildan yerlarni oʻz yaqinlariga boʻlib bera boshlagan. M.A. maʼmuriy idoralarni qaytadan tashkil etgan, qishloq xoʻjaligi, sanoatni rivojlantirish tadbirlarini koʻrgan. Bu ishlarni amalga oshirishda chet el, asosan, fransuz mutaxassislariga tayangan. Uning davrida tashqi savdo rivojlangan; bir necha dunyoviy maktablar ochgan. Misr yoshlarini chet ellarga oʻqishga yuborgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil