Kontent qismiga oʻtish

Manti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Manti
Tayyor manti
Koreyscha „mandu“

Manti (xit. an’anaviy 饅頭, soddalashtrilgan 馒头, pinyin: mántóu, qozoqcha: мәнті, mänti, مأنتى, turkcha: mantı, oʻzbekcha: manti, monti, armancha: մանթի), shuningdek, manty (qirgʻizcha: манты; ruscha: манты; tatarcha: манты), mantu (forscha, arabcha: منتو; tojikcha: манту) yoki manta (uygʻurcha: مانتا, manta, monta, манта, монта) — manti qasqonda bugʻ yordamida tayyorlanadigan yupqa yoyilgan xamir ichida mayda kesilgan goʻshtdan tarkib topgan taom. Ushbu taom Markaziy Osiyo, Turkiya, Mongoliya, Koreya, Tatariston, Qirim xalqlarining anʼanaviy goʻshtli taomi. Manti soʻzi taxminlarga koʻra, xitoycha „mantou“ soʻzidan kelib chiqqan.[1]

Tayyorlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manti tayyorlash uchun maxsus xamirni suva va un yordamida qattiqroq qilib qorasiz, zuvala qilib sochiqqa oʻrab 15 minutcha tindirganingizdan keyin yana bir bor mushtlab pishitib undan keyin oʻqlog'i yordamida yupqa qilib yoyasiz. Yoymadan 10x10 sm hajmli jildlar kesasiz. Yoki xamirdan yongʻok, kattaligida zuvalachalar uzib olib, har birini alohida-alohida o'qlog'i bilan tugarak qilib yoyasiz: qalinligi 2 mm boʻlishi tavsiya etiladi. Har bir jildga ketganicha qiyma solib manti tugasiz. Qiymasini tayyorlash: Yogʻli qoʻy yoki mol goʻshtidan olib, oʻtkir pichoq bilan somoncha shaklda toʻgʻraysiz, yogʻini sal yirikroq, dumba yogʻi boʻlsa 1x1x1 sm kubik qilib, charvi yogʻini esa bodom kattaligida toʻgʻraysiz. Halqa — halqa qilib toʻgʻralgan piyozni taxta ustiga qoʻyib chopib yuborasiz. Shunday qilganda piyoz bir joyda toʻplanib qolmay qiyma ichida bir tekis tarqaladi. Bunga tuz, murch va zira qoʻshib, yaxshilab mijiysiz. Qiymangiz suvli chiqsin desangiz ozgina suv bilan aralashtiring. (Muljallangan tuzni sovuq choyda namakob qilib sevalasangiz yana ham yaxshi). Tuilgan mantilarni qasqonning yogʻlangan lappaklariga bir — biriga tegmaydigan qilib terasiz. Bug'da pishish muddati 40 - 45 minut. Dasturxonga tortishda barmoqlaringizni sovuq suvga botirib issiq mantilarni — olasiz va laganlarga terasiz. Alohida idishda porsiyalab berishingiz ham mumkin, yuziga qatiq sevalaysiz, alohida idishda uzum sirkasi keltirib qoʻyasiz. Masalliq: hamiri uchun 500 gr oq un, 1 dona tuxum, 0,5 stakan iliq suv, 1 choy qoshigʻida tuz; qiymasi uchun 1 kg suy goʻshtining lahimi, 100 gr dumba yogʻi yoki 150 gr charvi, 500 gr piyoz, 1 choy qoshigʻida murch va shuncha zira olinadi. Tuz 0,5 stakan sovuq choyda namakob qilib sevalanadi. Eslatma : a) yaqin terilgan mantilar pishganda semirib bir — biriga yopishib qoladi; b) qasqon yogʻlanmasa manti ostining koʻchishi qiyin boʻladi, shakli buzilib, titilib ketadi; c) suvi qaynamasdan oldin taom gazga qo'yilganda xamiri qasqonga yopishib qoladi. Yoqimli ishtaha .

  1. Graves, Helen. „Chinese food and drink: Pork belly mantou – recipe“. TheGuardian.com. Guardian News & Media LLC (2-oktabr 2013-yil). Qaraldi: 28-yanvar 2015-yil.