Iskandarun (shahar)
Iskandarun (yunoncha nomi — Aleksandretta) — Turkiyaning janubidagi shahar, Xatay elida. Urta dengizning Iskandarun qoʻltigʻi sohilidagi port. Aholisi 156,8 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Temir yoʻl tarmogʻi orqali Adana — Halab (Suriya) temir yoʻlga tugashgan. Toʻqimachilik, metallurgiya, kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Mineral oʻgʻit ishlab chiqariladi. I. Iskandar Zulqarnayn vorislari tomonidan mil. av. 4-asr oxirida bunyod etilgan. 1516-yilda shaharni turklar egallagan. Birinchi jahon urushidan keyin Suriya tarkibida boʻlgan. 1939-yildan yana Tur-kiyaga qaytarib berildi. Harbiy dengiz bazasi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |