Nusayriylar
- Bu maqola asosan Suriyada yashovchi xalq haqida. Asosan Turkiyada yashovchi, aynan shu nom bilan ataluvchi guruh uchun Anatoliya alaviylari maqolasiga qarang.
Zulfiqor, yaʼni Ali ibn Abu Tolibga Muhammad bergani aytiladigan qilich nusayriylarning muhim ramzidir | |
Umumiy aholisi | |
---|---|
2,630,000 (2002-yilgi hisob)[1] | |
Asoschisi | |
Muhammad ibn Nusayr an-Numayriy | |
Yirik guruhlari yashaydigan hududlar | |
Suriya | ≈1.5[2]-3 million[3] |
Turkiya | ≈500,000[4]-750,000[5] |
Livan | ≈100,000-120,000[6][7][8] |
Livan/Golan tepaliklari | Gʻajarda 2,100 ta |
Avstraliya | Livanda tugʻilgan avstraliyaliklarning 2 foizi[9] |
Dinlari | |
Oʻn ikki imom, Shialik | |
Muqaddas kitoblari | |
Qurʼon, shia kitoblar | |
Tillari | |
Arabcha, Turkcha |
Nusayriylar, alaviylar, Suriya alaviylari, suriyalik alaviylar yoki arab alaviylari (inglizcha: Alawites; ruscha: Алавиты) — shialikdagi firqalardan birining tarafdorlari.[10] 10-asrda shimoliy Suriyada eng keskin shialar davrasida paydo boʻlgan. Firqaning nomini Muhammad ibn Nusayr an-Numayriy (taxminan 883-yil Basrada vafot etgan) bilan bogʻlaydilar. Oʻzbek tilida „nusayriylar“ atamasi „alaviylar“ atamasidan koʻproq qoʻllanilsa-da, ayrim tillarda, jumladan, ingliz tilida „nusayriylar“ soʻzi baʼzan salbiy maʼnoda ishlatiladi.
2002-yilgi maʼlumotga koʻra, nusayriylarning umumiy soni 2 630 000 kishini tashkil qiladi.[1] Ularning asosiy qismini dehqonlar tashkil etadi. Nusayriylarning yarmidan koʻpi hozirgi vaqtda Suriyada, taxminan uchdan bir qismi Turkiyada, qolganlari shimoliy Livanda yashaydi. Suriya prezidenti Bashshor Asad va umuman al-Assadlar oilasi nusayriylar firqasi vakillaridir.
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Nusayri“ soʻzi Muhammad ibn Nusayr an-Numayriy nomidan kelib chiqqan. Nusayriylarning asosiy aqidasi — Ali ibn Abu Tolibni ilohiylashtirish boʻlgani uchun ular „alaviylar“ deb ham ataladilar. Oʻzbek tilida „nusayriylar“ atamasi „alaviylar“ atamasidan koʻproq qoʻllanilsa-da, ayrim tillarda, jumladan, ingliz tilida „nusayriylar“ soʻzi baʼzan salbiy maʼnoda ishlatiladi. Xususan, Suriya prezidenti Bashshor Asadga qarshi kurashuvchi sunniy guruhlar nusayriylarning diniy qarashlari ilohiy emas, balki „inson tomonidan oʻylab topilgani“ga ishora qilish maqsadida „nusayriy“ atamasidan salbiy maʼnoda foydalanadilar.[11]
Diniy qarashlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Teologiya va udumlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nusayriylarning asosiy aqidasi — Ali ibn Abu Tolibni ilohiylashtirish, unda xudoning oʻzi mujassamlangan deb ishonishdan iborat. Nusayriylar oʻzlarini musulmon hisoblaydilar, ammo ayrim sunniylar ularni musulmon deb bilmaydilar. Ularning diniy taʼlimoti, qarashlari va marosimlariga gnostitsizm, neo-platonizm, islom va xristian dinlari hamda ayrim qadimiy eʼtiqodlar taʼsir etgan.[12]
Zamonaviy nusayriy yetakchilar alaviylar qarashlarini hech qachon rasman tan olmagan. Hukmron diniy oqimlar tomonidan asrlar davomida taʼqib qilingani sababli nusayriylar oʻz eʼtiqodlarini sir tutadi, marosimlarini kechalari, maxfiy ado etadi. Nusayriylikning ayrim qarashlari sir saqlanadi va juda oz odam ularni biladi.[13] Shu sabab nusayriylikni baʼzan mistik firqa oʻlaroq baholaydilar.[14]
Ilohiylik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xristianlikdagi muqaddas uchlik kabi, nusayriylar ham ilohiy uchlikka eʼtiqod qiladilar.[15] Uchlik bir xudoning uch emanatsiyasini oʻz ichiga oladi: „maʼno“ deb ataluvchi oliy jihat yoki borliq va kichikroq emanatsiya hisoblangan „ism“ (yoki „hijob“) hamda „darvoza“.[16] Nusayriylar bu emanatsiyalar insoniyat tarixida bir necha siklda inson shaklida namoyon boʻlganiga, ularning oxirgisi Ali („maʼno“), Muhammad („ism“) va Salmon al-Forisiy („darvoza“) uchligi boʻlganiga ishonadilar.[17] Nusayriylarning diniy qarashlarini quyidagi formula bilan ifodalash mumnkin: „Men darvozaga qarayman; Ism oldida taʼzim qilaman; Maʼnoni suyaman“.[18]
Reinkarnatsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nusayriylar boshida sarkashliklari sabab jannatdan quvib chiqarilgan yulduz yoki ilohiy yorugʻlik boʻlishganiga va jannatga qaytishdan oldin reinkarnatsiyadan oʻtishlari kerakligiga ishonadilar. Gunohkorlar xristian yoki boshqa guruh vakili sifatida sifatida, dinidan voz kechganlar esa hayvon oʻlaroq reinkarnatsiya qilishi mumkinligiga ishonadilar.
Boshqa qarashlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nusayriylarning boshqa qarash va udumlari orasida faqat erkaklar ishtirok etadigan marosimda vino tatish; koʻpincha xristian ism qoʻyish; oʻliklarni yer ustidagi sarkofaglarga koʻmish; navroʻz, rojdestvo bayramlarini nishonlash;[19] diniy inshootlarning faqat qabrlardan iborat ekanligi;[20] aqidalarining asosiy manbasi „Kitab al Majmu“ kitobi ekanligi aytilishi; hamda ayollarda ruh yoʻqligiga ishonish kiradi.[21] Bundan tashqari, ayrim manbalarga koʻra, nusayriylar quyosh, oy va yoritqichlarga sigʻinadi. Ular yana hajni eʼtirof qilmaydi, zakotni boshqa musulmonlar tushungandek belgilamaydi. Bundan tashqari, nusayriylar namoz, roʻza va boshqa islom marosimlarini ado etmaydilar, ularning masjidlari yoʻq.
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nusayriylar soni haqida aniq maʼlumot yoʻq. 2002-yilgi hisoblarga koʻra, ularning umumiy soni 2 630 000 kishini tashkil qiladi. Hozirgi kunda nusayriylar Suriya aholisining taxminan 12 foizini tashkil qilishi aytiladi. Turli hisoblarga koʻra, Suriyadagi nusayrilarning soni taqriban 1,5[2]-3 million[3] kishini tashkil qiladi. Bundan tashqari, Turkiyada (taxminan 500 000[4]-750 000[5]) va shimoliy Livanda (taxminan 100 000-120 000[7][8]) ham yirik nusayriylar guruhlari mavjud. Golan tepaliklarida joylashgan Gʻajar qishlogʻining taxminan 2 100 aholisi ham nusayriylardir.
Al-Assadlar oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Suriya va Livandagi fransuz mandati nusayriylar tarixida muhim ahamiyatga ega. Mandat fransuzlarga suriyalik oddiy aholini cheksiz muddatga oʻz armiyasiga jalb qilish imkoniyatini bergan va ozchiliklar uchun alohida yerlar, jumladan, Alaviylar davlatini yaratgan. Alaviylar davlatiga keyinroq barham berilgan, ammo nusayriylar Suriya armiyasining asosiy qismini tashkil etishda davom etgan.
Hofiz al-Assad 1970-yilda hukumat tepasiga kelganidan beri Suriyaga al-Assadlar oilasi yetakchilik qilib keladi. Surriyada 1970- hamda 1980-yillarda sodir boʻlgan islomiy koʻtarilish davomida al-Assadlar oilasiga bosim kuchaydi. Suriya fuqarolik urushi sabab esa bu bosim yanada keskinlashdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Encyclopedia of the Stateless Nations: Ethnic and National Groups Around the World A-Z. ABC-CLIO, 30-may 2002-yil — 79-bet. ISBN 9780313076961.
- ↑ 2,0 2,1 ; William C. RitchieThe Handbook of Bilingualism, illustrated, reprint, John Wiley & Sons, 23-Jan 2006-yil — 859-bet. ISBN 9780631227359.
- ↑ 3,0 3,1 „The 'secretive sect' in charge of Syria“. BBC (17-may 2012-yil). Qaraldi: 14-yanvar 2015-yil.
- ↑ 4,0 4,1 Soner Cagaptay.. „Why Turkey Won't Attack Syria“. The Atlantic (9-apr 2013-yil). Qaraldi: 15-iyul 2015-yil.
- ↑ 5,0 5,1 „On Turkey's Syrian frontier, fears of a sectarian spillover“. 2015-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2013-yil. (Wayback Machine saytida 2015-10-19 sanasida arxivlangan) Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name "uk.reuters.com" defined multiple times with different content - ↑ arxiv nusxasi, 2012-08-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-11-19
- ↑ 7,0 7,1 „Lebanese Allawites welcome Syria's withdrawal as 'necessary'“. The Daily Star (30-aprel 2005-yil). — „The Alawis have been present in modern-day Lebanon since the 16th century and are estimated to number 100,000 today, mostly in Akkar and Tripoli. The sect is managed through the Islamic Alawi Union, a council of 600 members that are elected every four years.“. 2019-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-noyabr.
- ↑ 8,0 8,1 „Lebanon’s Alawi: A Minority Struggles in a ʻNation’ of Sects“. Al Akhbar English (8-noyabr 2011-yil). Qaraldi: 6-iyul 2012-yil.
- ↑ Ghassan Hage. Arab-Australians today: citizenship and belonging, Paperback, Melbourne University Publishing, 2002 — 40-bet. ISBN 0-522-84979-2.
- ↑ "Nusayriylar". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2006.
- ↑ Landis, Joshua „Zahran Alloush: His Ideology and Beliefs“. Syria Comment (15-dekabr 2013-yil). 2016-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-dekabr 2013-yil.
- ↑ Prochazka-Eisl, Gisela; Prochazka, Stephan. The Plain of Saints and Prophets: The Nusayri-Alawi Community of Cilicia, 2010 — 81-bet. ISBN 3447061782.
- ↑ Friedman, Yaron. The Nuṣayrī-ʻAlawīs: An Introduction to the Religion, History, and Identity of the Leading Minority in Syria, 2010. ISBN 9004178929.
- ↑ Lebanon: current issues and background, John C. Rolland (2003). Nova, 1-avgust 2003-yil. ISBN 9781590338711. Qaraldi: 25-dekabr 2012-yil.
- ↑ Böwering, Gerhard et al. (eds.). The Princeton Encyclopedia of Islamic Political Thought, 2012 — 29-bet. ISBN 0691134847.
- ↑ Peters, F.E.. The Monotheists: Jews, Christians, and Muslims in Conflict and Competition, Volume II, 2009 — 321-bet. ISBN 1400825717.
- ↑ Friedman, Yaron. The Nuṣayrī-ʻAlawīs: An Introduction to the Religion, History, and Identity of the Leading Minority in Syria, 2010 — 80, 93–94-bet. ISBN 9004178929.
- ↑ „The 'secretive sect' in charge of Syria“. BBC (17-may 2012-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2012-yil.
- ↑ An Introduction to the Modern Middle East: History, Religion, Political Economy, Politics. Westview Press, 3-Dec 2013-yil — 64-bet. ISBN 9780813349220.
- ↑ Greater Syria. Oxford University Press, 1992 — 161-bet. ISBN 9780195363043.
- ↑ Minorities in the Middle East: A History of Struggle and Self-Expression, 2d ed.. McFarland, 1-Jan 2002-yil — 116-bet. ISBN 9780786451333.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Nusayriylar haqida turkum mavjud |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |