Oyxonim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oyxonim — qad. shahar harobasi (miloddan avvalgi 4-asr oxiri — 2-asrning 2-yarmi) — Afgʻonistonning shim.-sharqida, Amudaryoning soʻl qirgʻogʻida, Koʻkcha daryosi quyilish yerida joylashgan. YunonBaqtriya podsholigi davrida obod boʻlgan; Aleksandriya Oksiana (P. Bernar) yoki Yevkratidiya deb atalgan. O.dagi arxeologik tadqiqotlar Afgʻonistondagi fransuz arxeologik missiyasi (D. Shlyumberje, soʻnfa P. Bernar rahbarligida) tomonidan (1964—78) olib borilgan.

Baqtriya shaharlaridan biri boʻlgan O., ellinizm davrida, yunon kolonistlari tomonidan yunon shaharsozligi tamoyillariga asoslanib qurilgan. O. yuqori (qalʼa) va quyi (shahar), shuningdek, uning shim.-sharqiy tomonida joylashgan shahar atrofidan iborat. O.ning dastlabki 2 qismi qalin mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Quyi shahar qismida saroy, ibodatxona, yoshlar taʼlimtarbiya oladigan gimnaziy yoki palestra harobalari ochilgan; undan Germey va Gerakl shaʼniga bitilgan yunoncha maʼrifiy yozuvlar topilgan. Shahar markazida geroyon — shaharga asos solgan kishi yoki uning faxriy fuqarosining maqbarasi joylashgan. Qalʼa yaqinidan teatr, shaharning aso-siy koʻchasi, uy harobasi topilgan. Shahar atrofidan esa maqbara, ibodatxona va turar joy qoldikdari chiqqan.

O.dan moddiy va badiiy madaniyatning turli xildagi koʻplab obidalari, tangalar, yunon epigrafikasi yodgorliklari, Geraklning bronza haykali, oʻsmir haykali, ibodatxonaga oʻrnatilgan ulkan marmar haykalning 5 pan-jali oyoq qismi, ibodatxonadan salavkiylar, yunon-baqtriya, hind-yunon va hind mis va oltin tangalari, temir buyumlar, qimmatbaho toshlar xazina-si topilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Velikiy shelkoviy put, T., 1999.

Edvard Rtveladze.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil