Loziqiya (arabcha: اللاذقية) — Suriyaning shim.gʻarbiy qismidagi shahar. Loziqiya muhofazasining maʼmuriy markazi. Aholisi 305 ming kishidan ziyod (1990-yillar urtalari). Oʻrta dengiz sohilidagi port. L. — Halab — Qamishli temir yoʻlning boshlan-gich punkti. Paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati korxonalari, elektr motorlari zavodi, universitet bor. Zaytun moyi, ipak matolar ishlab chiqariladi. L. yaqinidan bitum olinadi. L. qad. shahar. Shaharga finikiyaliklar asos solgan. 7-asrda L.ni arablar bosib olgan. 1516— 1918-yillarda Usmonli turklar, 1918— 43 yillarda fransuzlar qoʻl ostida bulgan. 1943-yildan Suriya tarkibida.[1]