Adolat va Taraqqiyot partiyasi
Adolat va Taraqqiyot Partiyasi (turkchasi: Adalet ve Kalkınma Partisi, AKP) Turkiyaning markaz-oʻng[1] siyosat yurituvchi partiyasidir. Turkiya parlamentida eng koʻp oʻrinni egallab turgan bu partiyadan mamlakat bosh vaziri Recep Tayyip Erdoğan va prezident Abdullah Gül chiqqan.
Partiya 2001-yili 14-avgustda tuzilgan. Kelasi yiliyoq parlament saylovlarida koʻpchilik mandatga ega boʻlgan. Shundan beri har parlament saylovlarida koʻp ovoz yigʻadi. Jumladan, 2011-yilgi saylovda ham AKP 49,91% bilan koʻpchilik oʻringa sohib chiqdi.
AKP oʻzini konservator, deb taʼriflaydi,[2] liberal iqtisodiyot yuritish va Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi tarafdoridir.[3]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Turkey goes to polls amid violence and fears of Islamism, 2011-05-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-06-14
- ↑ AKP programı, 2011-08-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-06-14
- ↑ „"New to Turkish politics? Here's a rough primer"“. 8-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-iyun 2011-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Vikiomborda Adolat va Taraqqiyot Partiyasi haqida turkum mavjud |
- Rasmiy saytiWayback Machine saytida arxivlandi (2011-06-14). Wayback Machine saytida arxivlandi (2011-06-14).
- AK Yoshlar Wayback Machine saytida arxivlandi (2013-07-06).
- AK Parti Siyosiy Akademiyasi
- AK Kanal Wayback Machine saytida arxivlandi (2020-09-21).
![]() |