Antokiya
Antokiya | |
|---|---|
|
| |
| 36°12′9″N 36°9′38″E / 36.20250°N 36.16056°E | |
| Mamlakat | Turkiya |
|
| |
Antokiya[1][2] (turkcha: Antakya) — Turkiyaning janubidagi shahar. Oʻrta dengiz yaqinida. Xatay elining maʼmuriy markazi. Aholisi 124 ming kishi (1990). Toʻqimachilik, pax-ta tozalash, yogʻ-moy va oziq-ovqat sano-ati korxonalari bor. Baliq ovlanadi. Shaharga miloddan avvalgi 300 yilda Osiy daryosi boʻyida Salavk I asos solgan va Antioxiya (qadimgi yunoncha: Ἀντιόχεια) deb atagan. Salavkiylar davlatining poytaxti boʻlgan. 64 yildan keyin Rim tasarrufidagi Suriya provinsiyasi no-ibining qarorgohi. VI—VII asrlarda Vizantiya tarkibida boʻldi. Qadimda va Oʻrta 540asrlarda savdo-hunarmandchilik rivoj-langan shaharlardan edi. VI asrda shaharni Eron qoʻshinlari vayron qilgan. 1516-yildan Turkiya tarkibida va oʻsha davrdan A. deb atalgan. III—XIII asr larga oid meʼ-morlik yodgorliklari saqlangan. Arxeologiya muzeyi bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ http://navoi.natlib.uz:8101/uz/nasoyim_ul_muhabbat_un_ettinchi_tom/nasoyim_ul_muhabbat/101_200/[sayt ishlamaydi]
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-sentyabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |