“Kunafa” shirinligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

“Kunafa” shirinligi– Kunafa so'zi arabcha “kanafa” so'zidan kelib chiqqan bo'lib, u o'rab olish degan ma'noni anglatadi. Kunafa - bu xamir iplaridan tayyorlangan shirinlik, unga sariyog', shakar va maydalangan yong'oq qo'shiladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kunafa – Shom va Misrdagi mashhur shirinliklardan biri, ayniqsa, Falastindagi “Nabulsiyya Kunafasi” eng mashhur va u hamma fasl va mavsumlarda keng tarqalgan shirinliklardandir. U ayniqsa ramazon oylarida ko’p tayyorlanadi. Bu ro'za tutgan odamni iftordan keyin quvvatlantiradi va unga kerakli energiya va kaloriyalarni beradi Ular ko'p miqdorda shakar va vitaminlarga boy va bir qancha oqsil, yod, temir va fosforni o'z ichiga oladi. Kunafa to'y, ziyofat, muvaffaqiyatli tantana va oilaviy uchrashuvlar kabi barcha bayram tadbirlarida taqdim qilinadi. Kunafaning masalliqlari: Kunafa asosan xamir iplari, sariyog‘ va shakardan iborat bo‘ladi, unga maydalangan yong'oq ham qo'shiladi. Bu asosiy masalliqlar uchundir. Lekin kunafaning har xil turlari va shakllariga qaramay, sut, pishloq, qaymoq, kraxmal, vanilin va shantilly kremi shakarli kukun kabi boshqa masalliqlarni ham kiritish mumkin. Kunafa qirg’ichdan chiqarilgan pishloq, tayyor kunafa xamiri, sariyog’, akkavi pishlog’i va un yordamida tayyorlanadi. Sirop esa, shakar, atirgul sharbati, gullar sharbati va limon sharbati yordamida tayyorlanadi. Kunafa mazali va to’yimli shirinlik. Bu shirinlikni barcha insonlar sevib iste’mol qiladilar. Lekin, zarar keltirmasligi va semirib ketmaslik uchun uni me'yorida iste'mol qilish kerak bo’ladi

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kunafa tayyorlash)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

“ARAB MAMLAKATLARI MADANIYATI VA AN‘ANALARINI O’RGANAMIZ" kitob 160bet

  1. „Kunafa tayyorlang“. uzobservatoria (23-fevral 2022-yil). Qaraldi: 30-noyabr 2022-yil.