Harbiy baza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Harbiy baza — maxsus jihozlangan, strategik jihatdan qulay hudud; undagi jangovar va kundalik faoliyat uchun zarur qurol, oʻq-dori, oziqovqat zaxiralari va boshqa moddiy vositalar bilan joylashgan qoʻshinlar.

Harbiy bazalar raketa, aviatsiya, harbiy dengiz va umumiy maqsaddagi bazalarga boʻlinadi. Bugungi kunda koʻpgina yirik davlatlar turli mamlakatlarda oʻz Harbiy bazalariga ega.