Urszula Radwańska

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Urszula Radwańska
Mamlakat Polsha bayrogʻi Polsha
Istiqomat joyi Krakov, Polsha
Tugʻilishi 7-dekabr 1990-yil (1990-12-07) (33 yosh)
Ahaus, Germaniya
Boʻyi 1.77 m sm
Professionallik 2005
Ishlatadigan qoʻli Oʻng qoʻl
Murabbiy Maciej Domka
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori $US$ 2,080,289
Rasmiy sayti teamula.com
Yakkalik bahslar
Rekordi 449–362
Jami titullari 0 WTA, 7 ITF
Eng yuqori pozitsiyasi No. 29 (2012)
Joriy pozitsiyasi No. 305 (2022)
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open 2R (2012)
French Open 2R (2012, 2013)
Wimbledon 2R (2008, 2009, 2013, 2015)
US Open 2R (2010, 2013)
Juftlik bahslari
Rekordi 105–71
Jami titullari 1 WTA, 10 ITF
Eng yuqori pozitsiyasi No. 74 (2009)
Joriy pozitsiyasi No. 785 (2022)
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
Australian Open 2R (2009, 2012)
French Open QF (2009)
Wimbledon 3R (2012)
US Open 1R (2008, 2009, 2010)
Jamoa musobaqalari
Soʻnggi marta yangilandi: 2022-yil 3-aprel.

Urszula Radwańska (1990-yil 7-dekabrda tugʻilgan) — polshalik professional tennischi.

Radwańska WTA turnirida bitta juftlik, shuningdek, ITFda yettita yakkalik va oʻnta juftlik chempionligini qoʻlga kiritgan. 2012-yil 8-oktabrda u oʻzining faoliyatidagidagi eng yuqori yakkalik reytingida 29-oʻrinni egalladi. 2009-yil 21-sentyabrda u juftliklar reytingida 74-oʻrinni egalladi. Yosh oʻyinchi sifatida Radwańska 2007-yilgi Uimbldonning qizlar oʻrtasidagi yakkalik bahslarida gʻolib chiqdi va oʻsmirlar oʻrtasida yil yakunlari boʻyicha 1-oʻrin sohibi boʻldi.

Tennisdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi WTA yarim finali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uimbldonda, 2013-yil

Radwańska 2010-yilda Avstraliya ochiq chempionatining birinchi bosqichida boʻlajak chempion Serena Williamsga yutqazib qoʻydi. Keyin u Florida shtatining Mayami shahrida bel umurtqa pogʻonasi boʻyicha jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun tanaffus qilishga majbur boʻldi.[1] Olti oylik tanaffusdan keyin u avgust oyida qaytdi. Amerika ochiq chempionati turnirida u Anna Chakvetadzeni magʻlub etib, yilning birinchi asosiy gʻalabasini qoʻlga kiritdi, ammo keyingi bosqichda Lourdes Domínges Linoga yutqazib qoʻydi.

Top 30 talikka kirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Radwańska oʻz mavsumini Sidney Internationalda boshladi. U asosiy toʻrda joker Selliy Pirs, sakkizinchi raqamda saralangan Iveta Benesova va 13-raqam ostidagi Vaniya Kingni magʻlub etib, asosiy toʻrga yoʻllanma oldi. Birinchi davrada u singlisi va yettinchi raqam ostida tasniflangan Agneshkaga 1:6, 1:6 hisobida yutqazdi.[2] Australian Open turnirida 99-oʻrinni egallagan Radwańska saralash bahsida qatnashgan Alison Riskeni birinchi raundda magʻlub etib, Sorana Cirsteaga 6:1, 2:6, 3:6 hisobida yutqazdi.[3] U Fransiya Ochiq chempionatining ikkinchi bosqichiga chiqdi va toʻrtinchi raqamda saralangan Petra Kvitovaga yutqazdi. Radwańska Nottingemdagi 75 ming dollarlik turnirni oʻynab, maysali kort mavsumini boshladi. U Misaki Doiga qarshi dastlabki raundda uchta oʻyin ochkosini saqlab qoldi va chempionlikni qoʻlga kiritdi. Ob-havo sharoiti yarim final va final oʻyinlarini bir kunda oʻtkazishga majbur qildi. Radwańska uchta setda ikkala oʻyinda ham gʻalaba qozondi va Irina Falkonini hamda CoCo Vandewegheni magʻlub etdi.[4] Bu natija unga London Olimpiadasining asosiy toʻr bosqichiga yoʻllanmani taqdim etdi. U birinchi marta Rosmalen Open musobaqasida finalga chiqdi va u yerda Nadiya Petrovaga yutqazdi.

2014-yil Italiya xalqaro turnirida

Biznes faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Urszula tennis faoliyati bilan bir qatorda tadbirkor ayol boʻlib, hashamatli sumkalar ishlab chiqaruvchi UR brendini yaratgan va hozirda unga egalik qiladi.[5]

Juftlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir 2008 2009 2010 2011 2012 . . . 2022 W-L
Avstraliya ochiq chempionati A 2R 1R A 2R A 2-3
Fransiya ochiq chempionati 1R QF A A 1R 3-3
Wimbledon chempionati A 1R A 2R 3R 3-3
Amerika ochiq chempionati 1R 1R 1R A A 0-3
Gʻalaba — magʻlubiyat 0-2 4-4 0-2 1-1 3-3 0-0 8-12

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Robert Radwański: Kręgosłup ciągle boli Urszulę – WP SportoweFakty“. sportowefakty.wp.pl. 2016-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Stosur exits early from Australian Open tuneup“ (10-yanvar 2012-yil). 3-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2017-yil.
  3. Fleşeru, Roxana. „Full map! »Sorana Cîrstea goes on to the Australian Open“ (20-yanvar 2012-yil). Qaraldi: 3-avgust 2017-yil.
  4. „Urszula Radwanska“. 11-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-iyun 2012-yil.
  5. „Urszula Radwańska - UR Bags - Official Shop“.