Michaëlla Krajicek
Michaëlla Krajicek | |
---|---|
![]() | |
Mamlakat |
![]() |
Istiqomat joyi | |
Tugʻilishi |
9-yanvar 1989-yil Delft, Niderlandiya |
Boʻyi | 1.77 m (5 ft 9 1⁄2 in) sm |
Professionallik | 2003 |
Faoliyati tugashi | 2020 |
Ishlatadigan qoʻli | Oʻng qoʻl |
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori | $US$ 2,080,313 |
Yakkalik bahslar | |
Rekordi | 317–200 |
Jami titullari | 3 |
Eng yuqori pozitsiyasi | No. 30 (2008) |
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari | |
Australian Open | 3R (2006) |
French Open | 3R (2007) |
Wimbledon | QF (2007) |
US Open | 2R (2007, 2011) |
Juftlik bahslari | |
Rekordi | 277–160 |
Jami titullari | 5 |
Eng yuqori pozitsiyasi | No. 23 (2015) |
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari | |
Australian Open | SF (2015) |
French Open | SF (2014) |
Wimbledon | 3R (2007) |
US Open | 3R (2014, 2015) |
„Katta dubulgʻa“ turniri aralash juftlik bahslari natijalari | |
Australian Open | QF (2017) |
French Open | 2R (2015) |
Wimbledon | 2R (2006, 2014, 2015) |
US Open | 2R (2006, 2016) |
Jamoa musobaqalari | |
Fed Cup | 17-15 |
Hopman Cup | F (2006) |
Mixaella Krajicek (1989-yil 9-yanvarda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq tennischi. U WTA turnirida uchta yakkalik, beshta juftlik, shuningdek, ITFda 14 ta yakkalik va 22 juftlik chempionligini qoʻlga kiritgan. 2008-yil 11-fevralda u dunyodagi yakkalik reytingida 30-oʻrinni egalladi. 2015-yil 23-mart kuni u juftliklar reytingida 23-oʻrinni egallagan.
Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Michaëlla Krajicek sobiq Wimbledon chempionati chempioni Richard Krajicekning kenja singlisi. Shuning uchun unga Kleine Kraai laqabi qoʻyilgan edi. Bu golland tilida „kichkina qargʻa“ degan maʼnoni anglatadi[2].
Gollandiya gazetasida Fed Kubogi sardori Manon Bollegrafning bayonotlari bilan chiqqan bir maqola Krajicekning Gollandiya terma jamoasidagi ishtirokini toʻxtatishiga sabab boʻldi. Bollegraf Krajichekning murabbiyi Allistair McCaw bilan munosabatlariga salbiy fikr bildirgan edi. 2010-yil aprel oyida Krajicek 2007-yilda fitnes boʻyicha murabbiy sifatida ish boshlagan Makkau bilan munosabatda ekanligini tasdiqladi[3][4]. 2011-yilda u Bollegraf bilan kelishmovchiliklarni bartaraf etib, Fed Cup jamoasiga qaytdi[5].
U ota-onasining vatani boʻlgan Chexiyaning Praga shahrida yashaydi[6].
Tennisdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2002-yilda 13 yoshli Krajicek Cesky Telecom World Junior Tennis finalida Gollandiya terma jamoasi tarkibiga kiritildi. Oʻsha paytda u Yevropada birinchi raqamli oʻyinchi edi. Krajicek finalda Polsha ustidan gʻalaba qozondi va Gollandiyaga 3:0 hisobida gʻalaba olib keldi.
Krajicek 2003-yilgi birinchi A daraja turnirida (Meksikadagi Yukatan kubogi) gʻolib chiqdi va bu oʻzi ishtirok etgan yetti turnirdagi toʻrtinchi gʻalabasiga aylandi. Uning natijasi 33-3 ni tashkil etdi[7]. Krajicek Italiya ochiq chempionatida ikkinchi darajali A turnirida gʻolib chiqdi va bu uni dunyoda 2-oʻringa olib chiqdi. Fransiya Ochiq chempionatida Krajicek yarim finalda Vera Douchevinaga yutqazib qoʻydi va Katerina Bohmova bilan juftlik finaliga chiqdi. Ular Marta Fraga Peres va Adriana Gonsales Penasga ketma-ket magʻlub boʻldi. Wimbldonda oldidan Krajieck asosiy raqiblardan biri boʻlishi kutilgandi, biroq u uch setda Anna Chakvetadzega 6:8 hisobida magʻlub boʻldi. U Bohmova bilan „Katta Dubulgʻa“ turkumidagi oʻsmirlar juftlik bahslarida ketma-ket ikkinchi finalga chiqdi. Ular Alisa Kleybanova va Saniya Mirza juftligini uchta setda magʻlub etishdi. Amerika ochiq chempionatida Krajicek hamda Wimbldon gʻolibi Kirsten Flipkens eng yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Qura yakunlandi va ular finalda uchrashishdi, Flipkens 6-3, 7-5 hisobida gʻalaba qozondi[8]. Sentyabr oyida Krajicek Gollandiya oʻsmirlar Fed kubogi jamoasiga kiritildi. Bu musobaqada Gollandiya 1990-yildan beri gʻolib chiqmagan edi. Krajicek turnir davomida magʻlubiyatga uchramadi. Birinchi oʻrindagi Gollandiya jamoasi finalda Kanadani 2:1 hisobida magʻlub etdi. U yilni Flipkensdan keyin 2-oʻrinda yakunladi.

Yakkalik bahslar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Turnir | 2005 | 2006 | 2007 | 2008 | 2009 | 2010 | 2011 | 2012 | 2013 | 2014 | 2015 | 2016 | 2017 | W-L |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Avstraliya ochiq chempionati | 2R | 3R | 1R | 1R | A | Q3 | 1 | 2R | A | A | A | A | 2 | 4-5 |
Fransiya ochiq chempionati | 1R | 1R | 3R | 1R | 1 | Q3 | 2 | 1R | A | A | A | 1 | A | 2-5 |
Wimbledon chempionati | A | 1R | QF | 1R | A | Q3 | 1 | A | 1R | A | A | 1 | A | 4-4 |
Amerika ochiq chempionati | A | 1R | 2R | A | A | 1 | 2R | 1R | A | 2 | A | 1 | A | 2-4 |
Gʻalaba — magʻlubiyat | 1-2 | 2-4 | 7-4 | 0-3 | 0-0 | 0-0 | 1-1 | 1-3 | 0-1 | 0-0 | 0-0 | 0-0 | 0-0 | 12-18 |
Juftlik bahslar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Turnir | 2006 | 2007 | 2008 | 2009 | 2010 | 2011 | 2012 | 2013 | 2014 | 2015 | 2016 | 2017 | 2018 | W-L |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Avstraliya ochiq chempionati | 3R | 2R | 1R | A | 1R | 2R | 1R | A | 3R | SF | A | 2R | 2R | 12-10 |
Fransiya ochiq chempionati | 1R | 3R | 1R | A | 2R | 3R | A | A | SF | QF | 2R | A | A | 13-8 |
Wimbledon chempionati | 2R | 3R | 1R | A | 1R | 1R | A | A | 2R | 3R | 3R | A | A | 8-8 |
Amerika ochiq chempionati | 2R | 2R | A | A | 1R | 1R | 1R | A | 3R | 3R | 2R | A | 1R | 7-9 |
Gʻalaba — magʻlubiyat | 4-4 | 6-4 | 0-3 | 0-0 | 1-4 | 3-4 | 0-2 | 0-0 | 9-4 | 11-4 | 4-3 | 1-1 | 1-2 | 40-35 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Michaella Krajicek“. WTAtennis.com. Women's Tennis Association.
- ↑ „NCAA champs storm E'ville Futures event“ (11-avgust 2011-yil). [sayt ishlamaydi]
- ↑ „Michaëlla Krajicek: Het is helemaal mis met me – Tennis – AD“ (nl). Ad.nl. Qaraldi: 3-iyul 2011-yil.
- ↑ „In de ban van een man – Tennis | Het laatste tennisnieuws leest u op Telesport.nl van De Telegraaf [Tennis]“. Telegraaf.nl (24-yanvar 2009-yil). Qaraldi: 3-iyul 2011-yil.
- ↑ „Tennisnieuws: Krajicek weer opgenomen in Fed Cup-selectie“. TennisUpdate.nl (21-dekabr 2010-yil). 4-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-iyul 2011-yil.
- ↑ „Een nieuwe Praagse lente – Artikel Michaella Krajicek / Michaela Krajicek / Misa Krajicek“. Misakrajicek.nl (28-aprel 2011-yil). 24-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 3-iyul 2011-yil.
- ↑ „ITF Tennis — Juniors — News Article“. 5-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-sentyabr 2022-yil.
- ↑ „ITF Tennis — Juniors — News Article“. 5-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-sentyabr 2022-yil.