Kontent qismiga oʻtish

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti
Xalqaro nomi
University of World Economy and Diplomacy
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 1992-yil
Rektori Sodiq Safoyev
Fakultetlar 3
Talabalari 1300
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Akademiklari 2
Fan doktorlari 20
Oʻqituvchilari 80
Manzili
Mustaqillik shoh koʻchasi 54, Toshkent shahri 100077, Oʻzbekiston
Veb-sayti www.uwed.uz

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurti va yirik ilmiy markaz. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga qaraydi. Toshkent shahrida joylashgan. 1992-yil 23-sentabrda tashkil etilgan. Tarkibida xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar fakultetlari, 25 kafedra, til markazi (jahon tillari, fransuz tili, nemis tili, oʻzbek tili kafedralari bilan), kompyuter; testlar; „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazlari; boshqaruv instituti; tahrir va nashriyot boʻlimi; „Biznes olami“ va „Ziyokor“ oʻquv markazlari, „Internet“ klubi va yuridik klinika faoliyat yuritadi. Jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro huquq sohalari, siyosiy va ijtimoiy muammolar, diplomatiya va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitet ilmiy kutubxonaga ega (300 ming asar). Universitetda oʻquv ishlariga xorijiy mamlakatlardan professorlar, amaliyotchi mutaxassislar taklif qilinadi, zamonaviy kompyuter texnologiyasidan keng foydalaniladi. Universitetda BMT, UNESCO, TASISning Toshkentdagi vakolatxonasi xodimlari, xorijiy davlat arboblari, diplomatlari, Oʻzbekistondagi chet mamlakatlar elchixonalari vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi. Oʻquv qoʻllanmalari, dasturlar, ilmiy va uslubiy qoʻllanmalar chop etadi, „Xalqaro munosabatlar“ jurnali nashr etiladi.[1]

Bakalavriat yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Shifr Talab qilinadigan fanlar Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60411100 Matematika (3.1) / Chet tili (2.1) Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
2 60310100 Tarix (3.1) / Chet tili (2.1) Siyosatshunoslik[3]
3 60420100 Huquqshunoslik fanlari (3.1) / Chet tili (2.1) Yurisprudensiya
4 60310200 Tarix (3.1) / Chet tili (2.1) Xalqaro munosabatlar

Magistratura yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 5A121102 Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati
2 5A210301 Amaliy siyosatshunoslik
3 5A231102 Tashqi iqtisodiy faoliyat (tarmoqlar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)
4 5A233501 Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)
5 5A240105 Xalqaro huquq (sohalar boʻyicha)
6 5A240111 Xalqaro biznes huquqi
7 5A611501 Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha)[4]

Mashhur bitiruvchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Rahbariyat haqida
  3. „Oliy ta’lim muassasalari boʻyicha oʻtish ballari“. Davlat test markazi. 21-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktabr 2020-yil. „arxiv nusxasi“. 21-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-oktabr 2020-yil.
  4. http://magistr.edu.uz/stat/quota[sayt ishlamaydi]