Toshkent shahridagi Inha universiteti
![]() | |
Xalqaro nomi |
INHA University In Tashkent |
---|---|
Turi | universitet |
Asos solingan sanasi | 2014-yil |
Rektori | Muzaffar Jalolov[1] |
Talabalari | 350+ |
Professorlari | 20+ |
Manzili | |
Veb-sayti | Rasmiy sayti |
Toshkent shahridagi INHA universiteti (inglizcha: INHA university in Tashkent) Toshkent shahrida joylashgan oʻquv dargohi hisoblanadi. Bu Universitetda darslar Ingiliz tilida olib boriladi va Axborot texnologiyalari borasida yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi. Universitet Oʻzbekistonda nufuzi jihatidan yuqori oʻrinda turadi[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent shahridagi INHA universiteti 2014-yil tashkil etigan boʻlib u Koreaning INHA universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Inha universiteti Koreaning Axborot texnologiya sohasida koʻzga koʻringan oʻqishlardan biri hisoblanadi. 2014-yili Oʻzbekiston va Korea respublikalari oʻrtasida Toshkent shahrida Inha universiteti tashkil etilishi toʻgʻrisida kelishib olindi va shuning bilan 2014-yili Universitet tashkil etildi[3] .
Maʼlumotlar markazi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼlumotlar markazi bu universitetni barcha tarmoqlar bilan aloqani taʼminlovchi vositasidir va talabalar va xodimlar undan keng miqiyosda foydalanadilar, bu maʼlumaotlar markazi yuqori texnologiyalar bilan taʼminlangan zamonaviy kompyuterlar Microsoft office dasturlari jamlanmasi Internet brauserlari va E-mail yaʼni elektron pochta ham keng yoʻlga qoʻyilgan bular hammasi tizim boʻylab tashkillashtirilgan. Juda qimmatli kitoblar, jurnallar va gazetalar ham Maʼlumotlar markazi tarkibiga kiradi. Ularning deyarli hammasi Ingiliz tilida yozilgan kitoblardir. Barcha talabalar ID kartalar bilan taʼminlangan va bu orqali ular chop etish va busha olish xizmatlaridan foydalana oladilar. Malumotlar markazi kameralar va maxsus sezuvchan sensorlar bilan jihozlangan. Bu markaz 1-qavatning 103-xonada joylashgan[4].
Kompyuter laboratoriya xonalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Inha universiteting binosida umimiy boʻlib 3 ta kompyuter laboratoriya xonalari mavjud, talabalar va xodimlar foydalanishi uchun eng zamonaviy yuqori tezlikda ishlaydigan kompyuter bilan jihozlangan, ularning soni 150 hisoblanadi. Kompyuterlarga talabalar uchun visual studio 2013 va eclipce va boshqa dasturlar oʻrnatigan boʻlib ular C++ va Java tillarida mashgʻulotlar oʻtkazish uchun moʻjallangan, Ular yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlagan. Bu laboratoriya xonalari oʻquvchilar va hodimlar uchun oʻqish va ish maqsadlari uchun xizmat qiladi va ulardan foylanish maʼlum bir tizim boʻylab amalga oshadi[5].
Fizika laboratoriya xonalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fizika laboratoriya xonalari talabalarni fizika darslarida olgan nazariy bilimlarini amalda qoʻllash uchun juda ham foydalidir, Oʻquvchilar turli fizika laboratoriya jihozlari orqali fizikada kerakli va zarur boʻlgan Nyutonning qonunlari elektr toki va boshqa mavzularda qiziqarli amalyot ishlari olib borishadi
Data markazi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu Data markazi Universitetning barcha maʼlumotlar markazidir u maʼlumotlar almashinuvini talabalar va xodimlar oʻrtasidagi tizim vasifasini bajaradi.
Yoʻnalishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent shahridagi INHA universiteti ikki yonalishga ega
- Computer science Engineering(CSE) yani kompyuter dasturi injeneringi
- Information comunication engineering(ICE) yaʼni komputer injeneringi
CSE bu yoʻnalish asosan dasturlash sohasiga asoslangandir, talabalar birinchi bosqichda C++ (objact oriented programming)bilan tanishadilar keyinchalik Java WEB programming boʻyicha ham taʼlim olishadi, yuqori malakali va jahon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash uchun moʻjallangan.
ICE Bu yoʻnalishni eng muhim taraflaridan biri bu jihozlar bilan ishlashdir yaʼni komputerning turli qattiq jixozlari masalan qattiq xotira va boshqa jihozlarni qanday ishlashi, qanday tayyorlanishi va boshqa xususiyatlarini talabalarga oʻrgatishni va shu sohada kadrlar tayyorlaydi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://inha.uz/meetings/7927/
- ↑ Yangiliklar
- ↑ index.php?title=Inha_University_in_Tashkent&action=submit
- ↑ Inha.uz/ News
- ↑ „Inha universiteti tashkil etiladi“. 2024-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-mart.