Zamzam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zamzam Obi zamzam- Makka shahridagi „Masjidi Harom“ sahnidagi muqaddas buloq. Kaʻba yonida boʻlib, hoz. vaqtda pastda -alohida va maxsus joyga oʻtkazilgan suv joʻmraklari orqali ichiladi. Buloq suvi kengligi bir qarichdan ortikroq poʻlat quvur orqali chiqadi, oynaband xonada xizmatchilar uni Masjidning birinchi, ikkinchi va uchinchi qavati (tomi)ga tarqalishini nazorat qilib turadilar. Suv tarqatgach uskunalar kecha-kunduz betoʻxtov ishlaydi. Zamzam tarixi uzoq. Rivoyatlarga koʻra, buloqning paydo boʻlishi Ibrohim (as)ning oʻgʻli Ismoilning tavalludi bilan bogʻlanadi: choʻlda qoldirib ketilgan bibi Hojar chaqalogʻi (Ismoil) dunyoga kelgach, yuvinish va chanqovini bosish maqsadida suv axtarib shu yaqindagi Safo va Marva tepaliklari orasida yetti marta yelib-yuguradi. Suv topolmay obdon toliqqan ona chaqalogʻi yoniga qaytsa, uning oyoklari ostidan suv chiqayotganligini koʻradi. Nima qilarini bilmay shoshib qolgan bibi Hojar „zam, zam“ (yaʼni „toʻxta, toʻxta!“) deydi. Boshqa bir rivoyatda onaning mushkul ahvolidan boxabar

Zamzam, Obi zamzam — Makka sh.dagi Almasjid al-Harom sahnidagi muqaddas buloq. Kaʼba yonida boʻlib, hoz. vaqtda pastda — alohida va maxsus joyga oʻtkazilgan suv joʻmraklari orqali ichiladi. Buloqsuvi kengligi bir qarichdan ortiqroq poʻlat quvur orqali chiqadi, oynaband xonada xizmatchilar uni masjidning birinchi, ikkinchi va uchinchi qavati (tomi)ga tarqalishini nazorat qilib turadilar. Suv tarqatgich uskunalar kechakunduz betoʻxtov ishlaydi. 3. tarixi uzoq. Rivoyatlarga koʻra, buloqning paydo boʻlishi Ibrohim (as)ning oʻgʻli Ismoilning tavalludi bilan bogʻlanadi: choʻlda qoldirib ketilgan bibi Hojar chaqalogʻi (Ismoil) dunyoga kelgach, yuvinish va chanqovini bosish maqsadida suv axtarib shu yaqindagi Safo va Marva tepaliklari orasida yetti marta yelibyuguradi. Suv topolmay obdon toliqqan ona chaqalogʻi yoniga qaytsa, uning oyokutari ostidan suv chiqayotganligini koʻradi. Nima qilarini bilmay shoshib qolgan bibi Hojar „zam, zam!“ (yaʼni „toʻxta, toʻxta!“), deydi. Boshqa bir rivoyatda onaning mushkul ahvolidan boxabar boʻlgan Jabroil (as) yerdan suv chiqarib bergan, deyiladi. Lekin oradan koʻp asrlar oʻtib buloq koʻzi yopilib qoladi. Vaqti kelib Muhammad (sav)ning buvasi Abdulmutallib buloq koʻzini qayta ochadi. 3. Qurʼoni karimda tilga olingan. 3. suviga yuzqoʻllarni yuvish, undan ichish haj va umra amallarini bajarishning muhim belgisi hisoblanadi. Ziyoratchilar qaytishda undan olib ketib koʻpchilikka tarqatadilar. Hozir Makkada suvni turli hajmdagi idishlarga quyadigan moslama ishga tushirilgan. 3. suvi oʻziga xos xususiyatga ega. Tarkibi kishi organizmi uchun foydali maʼdanlarga boyligi, oshqozonichak, qon tomiri va b. baʼzi kasalliklarga davo ekanligi aniqlangan. Qudrathoji Axmerov.[1]

boʻlgan Jabroil (as) yerni siypalab suv chiqarib bergan deyiladi. Lekin oradan koʻp asrlar oʻtib buloq koʻzi yopilib qoladi. Vaqti kelib Muhammad (sav)ning buvalari Abdulmuttalib buloq koʻzini qayta ochgan. Zamzam Qurʼoni karimda tilga olingan. Zamzam suviga yuz-qoʻllarni yuvish, undan ichish haj va umra amallarini bajarishning belgisi va savobli ish hisoblanadi. Ziyoratchilar qaytishda oʻzlari bilan suvdan olib ketib, koʻpchilikka tarqatadilar. Hozirgi Makkada suvni turli hajmlardagi idishlarga kuyadigan moslama ishga tushirilgan. Zamzam suvi oʻziga xos xususiyatga ega. Tarkibi kishi tanasi uchun foydali maʼdanlarga boyligi, oshqozon-ichak, qon tomiri va b. baʼzi kasalliklarga davo ekani aniklangan. Shu bois Zamzam suvi salomat kishi uchun taom, kasalmandlar uchun shifobaxshdir" deyilgan hadisi sharifda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

zam zam qudugʻining chuqurligi 33 metr