Umra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Unbalanced scales.png Ushbu maqolaning betarafligi shubha ostidadir.
Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasini koʻring.

Umra — islom anʼanasida kichik haj. U. Qurʼon oyati va Paygʻambar (as) sunnati bilan sobit bulgan amal. U.ni yil — un ikki oy bajarish mumkin. U.ning ikkita farzi bor: ehrom, Kaʼbani tavof qilish. Bir kishi Makkaga borganda bir necha bor oʻziga, otasiga, onasiga, yaqinlariga U. qilishi mumkin. Faqat har bir U. uchun qayta miyqotga borib, yuvinib, ehromni kimga U. qilayotgan boʻlsa usha kishiga niyat qilib kiyadi. Hajga borib, Makkada yashab turganlar uchun "Tanʼim"(hazrat Oysha) mayejidi miyqot hisoblanadi.

Ushbu risola umra ibodati xakida bir shingil ko'rsatmalardan iborat bo'lib, uni o'kuvchilarga takdim etiladi
Birinchi: Umra kilmokchi bo'lgan odam miykotga etib kelganidan so'ng, gusl kilib, tozalanishi mustaxabdir. Xotin kizlar xam, garchi xayz va nifos koni ko'rayotgan bo'lsalar-da, gusl kilib, tozalanadilar. Birok, kon to'xtab, gusl kilib poklanmagunlaricha, Ka'bani tavof kilmaydilar.

Erkak kishi exrom kiyimlariga tekkizmagan xolda, badaniga xushbo'y narsalar surishi mumkin. Agar miykotda gusl kilish imkoni bo'lmasa, zarari yo'kdir. Chunki uning Makkaga etib kelgach, kulaylik bo'lsa, tavof kilishdan avval gusl kilishi, mustaxabdir.

Ikkinchi: Erkak kishi tikilgan barcha kiyimlarini echib, izor (bel osti lungisi) va rido (bel usti lungisi) boglaydi. Erkaklarning ok rangdagi izor va ridoni boshlarini o'ramasdan boglashlari mustaxabdir.

Xotin-kizlar esa, ziynat va shuxrati bo'lmagan oddiy kiyimlarni kiyishi – exrom boglashidir.

Uchunchi: So'ngra kalbi bilan ibodatga kirishishni niyat kiladi va tili bilan: «labbayka Alloxumma umratan» (Alloxim sening barcha xukmlaringga tayyorman va umraga niyat kildim) yoki «Alloxumma labbayka umratan» (Iloxim, sening barcha xukmlaringga tayyorman va umraga niyat kildim), deydi. Agar exromdagi odam kasalligi, dushmanning xatari va bundan boshka shariat izn bergan sabablardan biri sababli ibodatini ado eta olmay kolishdan ko'rksa, exromga kirish paytida «Agar meni biron to'sik to'ssa, o'sha er mening exromdan chikish erimdir», deb shart kiladi. Buning dalili Zubo'a Zubayr kizining aytgan so'zlaridir. U: «Yo rasulullox, men xaj kilmokchiman, birok, kasalman»- dedi. Rasulullox sollalloxu alayxi va sallam: «Xaj kil. Birok, (kasallik) meni kaerda to'ssa, o'sha er mening exromdan chikish erimdir», deb ayt»- dedilar» (Muttafakun alayx).

Exromni kiyganidan so'ng, rasulullox sollalloxu alayxi va sallam aytgan talbiyani aytadi: «Labbaykal-loxumma labbayk! Labbayka la sharika laka labbayk! Innal-xamda van-ne'mata laka val-mulk, la sharika lak».

U bu talbiya va Alloxning zikrini ko'p aytadi va Alloxga ko'p duo kiladi. Masjidul-Xaromga etib kelgach, xuddi boshka masjidlarda kilganidek, eshikdan o'ng oyogi bilan kirib: «Bismillax, vassolatu vassalamu ala rasulillax, a'uzu billaxil-aziym va bi vajxixil-kariym va sultonixil-kadiym minash-shaytonir rajiym. Alloxummaf-tax liy abvaba roxmatik (Alloxning nomi bilan.. Alloxning rasuliga salavot va salomlar bo'lsin. Men Buyuk Alloxdan, Uning buyuk yuzi va kadimiy sultonligi bilan (Alloxning raxmat dargoxidan) kuvilgan Shaytondan panox so'rayman. Iloxim, men uchun raxmating darvozalarini och!)- deyishi sunnatdir.

Keyin, Ka'baga etib kelguniga kadar talbiya aytish bilan mashgul bo'ladi.

To'rtinchi: Ka'baga etib kelgach talbiya aytishni to'xtatadi va Kora tosh-Xajarul-asvadni kasd kiladi-da, uning karshisiga yurib, uni o'ng ko'li bilan silaydi yoki imkoni bo'lsa, o'padi. Odamlarga ozor bermaydi. Silash paytida: «Bismillaxi valloxu akbar» (Alloxning ismi bilan va Allox buyukdir) yoki «Alloxu akbar» (Allox buyukdir), deydi. Agar o'pish imkoni bo'lmasa, ko'li yoki xassasi va shunga o'xshash biron narsa bilan silaydi va silagan narsasini o'padi. Agar silash imkoni xam bo'lmasa, ko'li bilan ishora kiladi va: «Alloxu akbar» (Allox buyukdir)- deydi. Ishora kilgan narsasini o'pmaydi. Tavof to'gri-saxix bo'lishi uchun tavof kilayotgan odamning gusli va taxorati bo'lishi kerak. Chunki tavof xam namoz singari bo'lib, fakat unda gapirishga ruxsat berilgan.

Beshinchi: Tavof kilar ekan, Ka'ba uning chap tarafida bo'lishiga dikkat kilinadi va uni etti marta tavof kilinadi. Agar o'ng taraf – «ruknul-yamoniy»ga etib kelinsa, uni o'ng ko'l bilan silanadi va: «Alloxu akbar» deyiladi. «Ruknul-yamoniy»ni o'pilmaydi. Agar silash imkoni bo'lmasa, silamay tavofda davom etiladi: unga ishora xam kilinmaydi va takbir xam aytilmaydi.

Xajarul-asvadga etib kelingach, yukorida eslatib o'tilganidek, uni silanadi, o'piladi va takbir aytiladi. Bo'lmasa, unga ishora kilinib, takbir aytiladi.

Erkaklargagina «kudum» - kelish tavofi asnosida birinchi uch tavofda «raml» - kichik kadamlar bilan tez yurish, mustaxabdir..

Bundan tashkari, erkaklarning «kudum» tavofining barcha shavt-martalarida ridolarining o'rtasini o'ng elkalarining ostiga va ikki tarafini chap elkalarining ustiga ko'yishlari mustaxabdir. Barcha shavtlarda imkoni boricha Alloxning zikri va duolarning ko'p aytilishi mustaxabdir. Tavofda o'kiladigan maxsus duo va maxsus zikr yo'kdir. Balki, bilgan zikr va duolar o'kilaveradi. Ikki rukn o'rtasida: «Robbana aatina fid-dunya xasanatan va fil-oxirati xasanatan va kinaa azaban-naar» (Robbimiz, bizlarga dunyoda xam, oxiratda xam yaxshiliklar ato et va jaxannam azobidan sakla!) duosini xar bir shavtda aytiladi. Chunki bu, rasulullox sollalloxu alayxi va sallamdan sobitdir. Ettinchi shavtni, yukorida zikr kilinganidek, imkoni bo'lsa Xajarul-asvadni o'pish yoki silash yoki ishora kilish va takbir aytish bilan tugallanadi. Bundan so'ng ridoni yopiniladi: elkaga tashlanib, uchlari ko'ksida bo'ladi.

Oltinchi: Makom(i Ibroxim) orkasida, imkoni bo'lsa, nikki rakaat namoz o'kiydi. Agar imkoni bo'lmasa, masjidning xar kaysi erida o'kilsa xam bo'laveradi. Uning birinchi rakatiga fotixadan so'ngra «Kofiruvn», ikkinchi rakaatida esa «Ixlos» suralarini o'kiladi. Bunday kilish afzaldir. Agar boshka suralarni o'kilsa, zarari yo'k. Ikki rakatni tugatilganidan so'ng, Xajarul-asvad tomon yuriladi va imkoni bo'lsa o'ng ko'l bilan silanadi.

Ettinchi: Keyin Safo (togi) tarafiga borib, uning ustiga chikiladi yoki turiladi. Chikish afzaldir. Birinchi shavtni boshlashdan avval:

 (إِنَّ الصَّفَا وَالْمَرْوَةَ مِنْ شَعَائِرِ اللَّهِ) «Innas-Sofa val-Marvata min sha'oirillax» (Safo va Marva (toglari) Alloxning ibodat kilinadigan erlaridir) oyatini oxirigacha o'kiydi. Exromdagi odamning kiblaga yuzlanib turishi, Alloxga xamdu takbir aytib: (لا إله إلا الله، والله أكبر، لا إله إلا الله وحده لا شريك له، له الملك وله الحمد وهو على كل شيء قدير. لا إله إلا الله وحده، أنجز وعده، ونصر عبده، وهزم الأحزاب وحده)

«La ilaxa illallox. Valloxu akbar, la ilaxa illalloxu vaxdaxu la sharika lax, laxul-mulku va laxul-xamd, va xuva ala kulli shay'in kodiyr. La ilaxa illalloxu vaxdax, anjaza va'dax va nasara abdax va xazamal-axzaba vaxdax» (Alloxdan o'zga ilox yo'kdir va Allox buyukdir! Sheriksiz yolgiz Alloxdan o'zga ilox yo'kdir xamda egadorlik va xamdlar Ungagina xosdir. Xolbuki, U barcha narsaga kodirdir. Yolgiz Alloxdan o'zga ilox yo'kdir. U va'dasiga vafo kildi, bandasiga yordam berdi va o'zi guruxlarni maglub kildi), deb ko'llarini ko'tarib duo kiladi va bu zikr va duolarni uch marta takrorlaydi.

Keyin, Marva togi tomon yuriladi va birinchi belgiga etib kelganda, erkaklar ikkinchi belgiga etgunga kadar yugurib chopadilar. Xotin-kizlarning yugurishlari shariatda ko'rsatilmagan. Chunki xotin-kizlar avratdir. So'ngra davom etib, Marva togiga chikiladi yoki Marvada turiladi: togning ustiga chikish afzaldir. Marva togida xam Safo togida kilingan ishlarni kilinadi. Birok, yukorida zikri o'tgan oyatni o'kilmaydi. U oyatni rasulullox sollalloxu alayxi va sallamdan namuna olib, fakatgina birinchi shavtda Safo togidagina o'kiladi, xolos. Keyin togdan tushib, Safo togiga etib borilguniga kadar sekin yuriladigan erda sekin, yuguriladigan erda yuguriladi. Etti shavt shu kabi ado etiladi: Borish bir, kaytish esa aloxida bir shavt xisoblanadi. Xususan, extiyoj bo'lsa, biron narsani minib yursa, zarari yo'k. Yurish asnosida ko'p zikr va duolar kilish mustaxabdir. Bu yurishda xam guslli va taxoratli bo'lish kerak. Taxoratsiz yursa zarari yo'k.

Sakkizinchi: Agar yurish-sa'y nixoyasiga etsa, erkaklar sochlarini kirishlari yoki kiskartishlari zarur. Kirib tashlash afzaldir. Agar Makkaga kelish payti xaj mavsumiga yakin bo'lsa, sochlarni kiskartish afzaldir. Chunki sochning kolgan kismini xaj mavsumida kirib tashlanishi mumkin. Xotin-kizlar esa, sochlarini to'plab uning uchidan bir barmok bo'gimicha yoki undan ozrok kirkishlari etarlidir.

Exrom boglagan odam yukorida zikri o'tgan amallarni kilsa, umra ibodati tugaydi valxamdu lillax va unga exrom boglashi bilan xarom bo'lgan barcha narsa xalol bo'ladi.

Allox ta'olo bizlarni va barcha musulmon birodarlarimizni dinida fakix va sobitkadam bo'lishga muvaffak kilsin xamda barchadan ibodatlarini kabul etsin. Darxakikat, U saxovatli karim zotdir.