Shirinboy Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shirinboy Abdullayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Shirinboy Abdullayev
Tavallud sanasi 4-avgust 1992-yil (1992-08-04) (31 yosh)
Tavallud joyi Jizzax Oʻzbekiston
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Buxoro
Raqami 1
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2016 Soʻgʻdiyona 11 (0)
2017   Obod 12 (0)
2017—2023 Soʻgʻdiyona 31 (0)
2024— Buxoro 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 29-mart uchun)

Shirinboy Abdullayev (inglizcha: Shirinboy Abdullaev; 4-avgust 1992-yil, Jizzax[1]) – Oʻzbekistonlik futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi. 2024-yildan Buxoroning „Buxoro“ klubi futbolchisi[2].

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shirinboy Jizzax futboli tarbiyalanuvchisidir. Professional faoliyatini 2011-yil Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida tarkibida boshlagan. Jizzax jamoasida asosan ikkinchi darvozabon sifatida foaliyat olib borgan. 2012-yilgi mavsumda Oʻzbekiston birinchi ligasida klubning asosiy darvozabonlaridan biriga aylangan. 2017-yilgi mavsumda Toshkentning „Obod“ klubiga ijarag berilgan. Obod jamoasi tarkibida asosiy darvozabonga aylangan va 12 oʻyinda darvozani qoʻriqlagan. ikkinchi davra oldidan „Soʻgʻdiyona“ jamoasi Shirinboyni jamoa tarkibiga qaytargan. 2022-yilgi mavsumda Jizzax klubi tarkibida AFC Kubogida oʻynagan[3][4][5].

2023-yil 8-dekabrda „Soʻgʻdiyona“ jamoasi bilan shartnomasi uzaytirilmasligini eʼlon qildi va jamoani tark etdi[6][7]. 2024-yil yanvar oyida sobiq ustozi Ulugʻbek Baqoyev taklifiga koʻra „Buxoro“ jamoasi mashgʻulotlarida qatnashdi[8] va fevral oyida Buxoro klubi bilan shartnoma imzoladi[9][10].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shirinboy taniqli futbolchi Izzatilla Abdullayevni akasidir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]