Kontent qismiga oʻtish

Sinan Şamil Sam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sinan Şamil Sam
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Taxallusi/Laqabi Bosfor buqasi
turkcha: Boğazın Boğası
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Olmoniya bayrogʻi Germaniya
Tavallud sanasi 23-iyun 1974-yil
Frankfurt, Germaniya
Vafot sanasi 30-oktyabr 2015-yil(2015-10-30)
(41 yoshda)
Istanbul, Turkiya
Boʻyi 191 sm
Sport
Qaysi sport Boks
Murabbiy(lar)i Ahmet Öner
Bülent Başer

Sinan Şamil Sam (1974-yil 24-iyun; Frankfurt, Germaniya — 2015-yil 30-oktyabr; Istanbul, Turkiya) — turkiyalik professional bokschi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1974-yil 24-iyunda Germaniyaning Frankfurt shahrida tugʻilgan. Havaskor boksda koʻplab gʻalabalarni qoʻlga kiritgan. Toʻqqiz marta Turkiya chempioni boʻlgan. 1992-yilda oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionligiga aylangan. 1993-yilda Yevropa chempionligini qoʻlga kiritgan. 1995-yilda jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan. 1999-yilda havaskor boks boʻyicha jahon chempioni boʻlishga muvaffaq boʻlgan. 2000-yil 15-aprelda professional boksdagi faoliyatini boshlagan. 2002-yil 12-oktabrda Yevropa chempionati finalida polshalik raqibi Pjemyslav Saletaga qarshi ringga chiqib, yettinchi raundda nokaut bilan magʻlub etgan.

Oʻtkazgan 35 uchrashuvining 31 tasida gʻalaba qozongan. Bu gʻalabalarning 16 tasini nokaut evaziga qoʻlga kiritilgan. Ikki marta oltin kamarini himoya qilishga muvaffaq boʻlgan: birinchisi Danny Williamsga qarshi. Oltinchi raundda texnik nokaut bilan gʻalaba qozongan. Ikkinchi himoya jangida Julius Francisga qarshi ringga chiqqan. Yettinchi rauntda raqibini nokautga uchratgan. 2004-yilning 14-fevralida Shtutgartda ringga chiqqan Sinan Şamil Sam oltin kamarni kelib chiqishi Albaniyalik boʻlgan Germaniya fuqarosi Luan Krasnikiga ochkolar hisobiga boy bergan. 2004-yil 20-noyabrda Germaniyaning Kempten shahrida rossiyalik bokschi Denis Bakthovga qarshi ringga chiqqan va oʻningchi raundda nokautga uchratib, gʻalaba qozongan holda ogʻir vaznda WBC yoʻnalishida qitʼalararo jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. 2005-yil 22-fevralda Berlinda boʻlib oʻtgan jangda amerikalik Lawrence Clay-Bey ustidan gʻalaba qozonib, WBC qitʼalararo jahon chempionligini himoya qilishga erishgan. 2005-yil 11-iyun kuni ugandalik Piter Oxelloni ochkolar hisobida magʻlub etgan. Biroq oʻsha yilning 12-noyabr kuni Gamburgda oʻtkazilgan WBC jahon qitaʼlararo chempionligi va WBC jahon chempionligiga daʼvogarlar bahsida rossiyalik Oleg Maskayevga magʻlub boʻlgan.

2010-yil dekabr oyida jigar yetishmovchiligi tufayli reanimatsiyaga yotqizilgan va 2011-yil 14-yanvarda shifoxonadan chiqqan[1]. Anqaraning Sincan tumanidagi Osmonli mahallasida parkka Sinan Şamil Sam nomi berilgan.

2015-yil oktabr oyida jigar yetishmovchiligi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Sinan Şamil Sam 2015-yilning 24-oktabrida buyrak yetishmovchiligi tufayli reanimatsiya boʻlimiga koʻchirilgan. 2015-yil 30-oktyabrga oʻtar kechasi vafot etgan[2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sinan Şamil Sam taburcu oldu“ (HTM). Milliyet Gazetesi. 27 ocak 2011da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 haziran 2011.
  2. „Sinan Şamil Sam yoğun bakımda“ (HTM). Hürriyet Gazetesi. 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25 ekim 2015.
  3. „Sinan Şamil Sam hayatını kaybetti Milliyet Gazetesi“. 31 ekim 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30 ekim 2015.