Oʻrta dengizboʻyi oʻlkasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻrta dengizboʻyi oʻlkasi — Yevrosiyo va Afrika materiklarining Oʻrta dengizga tutash hududlari hamda undagi orol va yarim orollarni oʻz ichiga olgan tabiiy oʻlka. Oʻrta dengiz boʻylab joylashgan tarixiy viloyatni ham anglatadi. Maydoni 4 mln. km2(Gʻarbiy Osiyo togʻliklari bilan 5 mln. km2 dan ziyod). Relyefi, asosan, togʻlik; karst va erozion relyef shakllari koʻp uchraydi. Oʻrta dengizboʻyi oʻlkasioʻ. vulkanizm (Etna, Stromboli, Vezuviy vulkanlari) va tektonik harakatlar faol zona. Iklimi subtropik oʻrta dengiz iqlimi, yanvarning oʻrtacha temperaturasi shim.da 0—2°, jan.da 10—12°, iyulda 19—20° dan 28— 30° gacha. Yillik yogʻin tekisliklarda 300–400 mm dan togʻlarda 3000 mm gacha. Daryolari, asosan, yomgʻir suvlaridan toʻyinadi, qishda toʻlib oqadi. Choʻl va chala choʻl landshafti ustun. Toshloq yalangliklar bor. Tabiiy oʻsimlik qoplami deyarli qolmagan. Subtropik dehqonchilik rivojlangan (tokzorlar, sitrus mevalar va zaytun daraxtlari plantatsiyalari bor). Tamaki, paxta, shuningdek, bugʻdoy, makkajoʻxori ekiladi. Chorvachilik bilan shugʻullaniladi, dengizdan baliq ovlanadi. Turizm rivojlangan: Oʻrta dengizboʻyi oʻlkasioʻ.dagi qadimiy obidalar va xushmanzara joylar millionlab turistlarni oʻziga jalb etadi. Inson Oʻrta dengizboʻyi oʻlkasioʻ.da quyi paleolit davridan yashay boshlagan. Oʻlka inson sivilizatsiyasi (tamadduni)ning ilk makonlaridan, q. Misr, Qadimgi Misr, Falastin, Finikiya, Egey madaniyati, Ellada madaniyati.