Apatit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Apatit (yun. apatao – aldayman) – fosfatlar sinfiga mansub mineral. Tarkibida R2O5ning miqdori 42%. Aralashmalari: SO2, Mp, kamyob f ele-mentlari, U, Sr va boshqa Oq, zangori, sariq, binafsha rang va boshqa rangdagi kristall va donador agregatlar. Qattiqligi 5. S. og. 3,2. Kimyoviy tarkibiga qarab A. ftora-patit, gidroksilapatit va xlorapatitga bo‘linadi. A. magmatik, gidrotermal, pnevmatolit yo‘l bilan hosil bo‘ladi. Ba’zan A. kvars yertomirlarida va kristalli slaneslarda ham uchraydi. Cho‘kindi jin-slarda A. guruhiga kiradigan minerallar fosforitlar va qazilma suyaklar sha-klida uchraydi. A. o‘g‘it, fosfor kislota va uning tuzlarini olishda xom ashyo; qora va rangli metallurgiyada hamda keramika va xira oyna ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Kamyob yer elementlari qo‘shilgan sintetik A. optikada qo‘llaniladi. O‘zbekistondagi fosforitlarning asosiy qismi A.dir.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil