Astragal
Jump to navigation
Jump to search
Astragal (Astragalus) – burchoqdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar turkumi. O‘t, chala buta va ba’zan butalardan iborat. 1600 turi bor. Barglari odatda murakkab, toq patsimon. Gullari kallak yoki boshoqsimon to‘pgulda joylashgan. Mevasi – dukkak. O‘rta Osiyoda 592 va O‘zbekistonda 250 turi o‘sadi. Talayginasi (no‘xatak, singren) yaxshi yem-xashak hisoblanadi. Kopetdog‘ va Turkmanistonda o‘sadigan A.dan (A. piletocladus, A. turcmenorum) tibbiyotda, qandolat sanoatida va texnikada qo‘llaniladigan, suvda erimay, faqat bo‘kadigan tragakant yelimi olinadi. Ayrim turlarining yer ustki qismi tarkibida glitserizin moddasi, flavonoidlar va mikroelementlar bor. Damlamasi gipertoniya kasalligini davolashda qo‘llaniladi.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |