Ummon togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ummon togʻlari, Xojar togʻlari — Arabiston ya.o.ning sharkiy qismidagi togʻlar. Aksari qismi Ummon hududida. Arabiston dengizining Ummon qoʻltigʻi sohili boʻylab 600 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 3353 m (Shom choʻqqisi). Asosan, ohaktosh, bazalt va serpentinlardan tuzilgan. Jan.gʻarbiy va gʻarbiy etaklari choʻl, yon bagri savanna va tropik oʻrmonlar, togʻ tepalari esa oʻtloqdan iborat. Vohalarda bugʻdoy va makkajoʻxori ekiladi, banan va xurmozorlar barpo etilgan.