Mutlaq balandlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mutlaq balandlik (altituda) -Yer yuzasida muayyan nuqtaning dengiz yoki okean suvlarining oʻrtacha satxidan boshlab ulchangan tik balandligi (m larda ulchanadi). Bu balandlikni ifodalovchi songa belgi deyiladi. Okean satxdsan balanddagi nuqtalar belgisi musbat ishora (+), pastdagi manfiy ishora (—) bilan belgilanadi. Mas, Jomolungma chuqqisining Mutlaq balandliki 8848 m, Qoragiyo — 132 m (Mangʻishloq platosida; Qozogʻiston), Mingbuloq botigʻi — 12 m (Qizilqumda; Oʻzbekiston). Mutlaq balandlik nivelirlash yordamida aniqlanadi.

Dengiz va okean suvlarining koʻp yillik urtacha sathi gidrometrik postlarda quzgʻalmas qilib oʻrnatilgan va gorizontal chiziqlar bilan boʻlaklarga boʻlingan mis taxtachafutshtoksy belgilangan boʻladi. Oʻzbekiston hududida nuqtalarning Mutlaq balandlikini Boltiq dengizidagi Kronshtadt koʻprigi ustuniga oʻrnatilgan futshtokning noliga nisbatan hisoblash qabul qilingan. Geografik haritalarda beriladigan barcha balandliklar Mutlaq balandlikini bildiradi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil