Alp burmalanishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Alp burmalanishi - asosan kaynozoydagi tektogenez erasi; geosin-klinal obl.larda vujudga kelib, me-zozoy va paleogenda rivojlangan. Alp burmalanishi natijasida geosiiklinallar burmali tog‘larga aylangan. O‘sha vaqtda Alp burmali tog‘lari (Alp burmalanishi nomi shundan) va Alp geosinklinal (burmali) obl. va boshqa tuzilishlar shakllandi. Alp burmalanishi O‘rta den-giz va Tinch okean mintaqalariga ajra-tilgan. O‘rta dengiz mintaqasiga Apen-nin, Alp, Karpat, Qrim tog‘lari, Katta Kavkaz, Pomir, Himolay va boshqa kiradi; Tinch okean mintaqasiga Kordilera, And, Kamchatka, Kuril, Yaponiya, Fi-lippin o.laridagi tog‘lar va boshqa kiradi. Alp burmalanishi dagi tog‘lar yosh, ular kam yemirilgan, shuning uchun ham yer yuzasidagi eng ba-land tog‘lar hisoblanadi. Alp burmalanishi shuning-dek tokembriy, paleozoy va mezozoyda ko‘tarilgan tog‘larga ham ta’sir qilgan. Bu mintaqalarda vulkanizm va seysmik harakatlar kuchliligidan Alp burmalanishi ning ayrim tuzilishlari hali ham rivojlanishda.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil