Zabur
Zabur grekcha: ψαλτήριον - diniy manbalarga koʻra, Dovud(as)ga. nozil boʻlgan ilohiy kitob. Bibliya "Qadimgi ahd" qismining boʻlimi. Yunon tilida "psalom", "psalterion" ("psaltir"), qadimgi yahudiy tilida "tahalim" deb atalgan "Hazrati Dovudning sanolar kitobi" nomi bilan mashhur boʻlgan diniy-musiqiy oyatlar majmui. Miloddan avvalgi 1500-500-yillarga tegishli. Zabur sanolari, asosan, Xudoga bagʻishlangan madhiyalar, duolar, shukrona, iltijo, nola-figʻon, dushmanlardan shikoyat va hokazodan iborat. Ularga koʻra, Xudo hamma narsalarni koʻrib-bilib, inson qalbini doim sinab-imtihon etib turuvchi zotdir, u Isroil mamlakati tarixida ham gʻaroyib moʻjizalarni namoyon qilgan. Ayrim sanolarda Yaso(as)ning dunyoga kelishi, azob chekib, jon taslim etishi, soʻng tirilib, yer yuzida abadiy hukmronligini oʻrnatishi bashorat etilgan (masalan, 2, 21, 44, 71, 109-sanolar). Zaburning baʻzi oyatlari Injilga aynan koʻchirilgan, Iso(as) shu oyatlar mavzuida pandu nasihatlar qilgan ekan. Qurʻoni karimning Sod surasi (18-20-oyatlar)da Dovud(as) sanolari tilga olinadi. Zaburning asl nusxasi ajoyib sheʻriyat namunasi sifatida Yevropa xalqlari madaniyati va sanʻatiga, ogʻzaki ijodiga barakali taʻsir koʻrsatgan. Zaburning oʻzbek tilidaga toʻliq matni Bibliyani tarjima qilish instituti (Stokgolm) tomonidan 1992 yilda "Injil", "Tavrot" ("Ibtido"), "Zabur" kitobi tarkibida chop qilingan.
![]() |
Vikiomborda Zabur haqida turkum mavjud |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |