Shiva
Shiva — Hinduiy dinida Mehribon, Muruvvatli Zot nomi bo'lib, halokat farishtasi vazifasida.
Shiva sanskrit tilida शिव, śiva - o'zbek tilida mehribon, muruvvatli Braxma va Vishnu bilan birgalikda ilohiy uchlik,ya'ni trimurtini tashkil etuvchi Xudo sifatlaridan biri. Ikki xil borliqqa ega: bir tomondan, tozalovchi vayronkorlik, ikkinchi tomonlama, urush homiysi. Bir kuni u 10 000 donishmand-rishining yoniga borsa, ular unga qarshi yoʻlbarsni joʻnatadilar, Shiva uni yengib, terisidan yopinchiq qilib oladi. Rishilar ilonni joʻnatishsa, uni boʻyniga marjon qilib taqib oladi. Rishilar pakana odamchani yuborishsa, uning ustiga chiqib raqs tusha boshlaydi va shundan soʻng rishilar unga iymon keltirishadi. Xudo va farishtalar amrita tayyorlash uchun Vasuki(Shesha) ilonidan foydalanishayotganda, charchagan ilon dunyoni yoʻq qilib yuborishi mumkin boʻlgan zahar chiqarib yuboradi. Dunyoni saqlab qolish uchun Shiva zaharni yutadi va badani koʻk tusga kiradi.
Shivaning vahanasi(minib yuradigan jonivori) – Nandin nomli buqa, qurshovi – pramatxa ( ayol dev ) lar. Ismlari: Blotanatx – oddiylar homiysi. Maxeshvara – yaratuvchi. Nataradja – raqs homiysi. Nilagriva – eng koʻk. Maxadeva – buyuk tangri. Shiva dunyo qarama-qarshiliklarini aks ettiruvchi tangri boʻlib, shunga muvofiq ikki qiyofaga ega: Shiva Rudra – mehribon, yaxshi qiyofa va Shiva Bxayrava – jangovar, yovuz qiyofa.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |