1998

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

1998

Yillar
199419951996199719981999200020012002
Oʻn yilliklar
1960-lar1970-lar1980-lar1990-lar2000-lar2010-lar2020-lar
Asrlar
XIX asrXX asrXXI asr

1998 yil1998 - "Oila yili"13 yanvar. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Alpomish" dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash toʻgʻrisida" qaror qabul qildi.

26 yanvar. Tolibjon Sodiqov nomidagi xalqaro musiqiy xayriya jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.

27 yanvar. Oila manfaatlarini taʼminlash borasida 1998 yilda amalga oshiriladigan tadbirlar davlat dasturi eʼlon qilindi.

Yanvar. Gulistonda "Lechiva farmsanoat" Oʻzbekiston — Chexiya qoʻshma korxonasi ishga tushdi.

2 fevral. Respublika "Oila" ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.

4 fevral. Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 30 dekabrdagi qaroriga muvofiq "Us toz" Respublika jamgʻarmasi tuzildi.

19 fevral. Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Xitoy hukumatlari oʻrtasida Toshkent—Andijon—Oʻsh—Qashqar avtomobil yoʻlida xalqaro avtomobil transporti qatnovi toʻgʻrisida bitim imzolanib, yoʻl qurilishi boshlandi.

24 fevral. "Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish toʻgʻrisida" qaror chiqdi.

24 fevral. Toshkent pedagogika institutiga universitet maqomi berildi.

Fevral. "Toshkent traktor zavodi" davlat aksiyadorlik jamiyatida 22 va 32 ot kuchiga ega boʻlgan ikki turdagi mini traktorlar va ularga uskunalar komplektlarini ishlab chiqaradigan Xitoy bilan qoʻshma korxona tashkil etildi.

4 mart. Toshkentda Respublika shoshilinch tibbiy yordam oʻquv markazi tashkil etildi.

26 mart. "Oʻzbekiston teatr sanʼatini rivojlantirish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq "Oʻzbekteatr" ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi va uning qoshida teatr ijodkorlari uyushmasi tashkil etildi.

Mart. Qoʻqon elektr mashinasozlik zavodida Asakadagi "OʻzDEUavto" korxonasida tayyorlanadigan avtomobillar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.

Mart. Toshkentda oʻzbek va rus tillarida "Huquq" — "Pravo" ilmiy-nazariy yuridik jurnalining 1-soni chiqdi.

Mart. Toshkent va Fargʻona shaharlarida Ahmad al-Fargʻoniyning 1200 yilligiga bagʻishlangan ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Mart. Oʻzbekiston "Olimpiya shonshuhrati" muzeyiga Xalqaro Olimpiada qoʻmitasining "Olimpiya shon-shuhrati" muzeyi filiali maqomi berildi.

3 aprel. Urganchda Xorazmiy va Beruniy nomlaridagi bogʻlarga asos solishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

9 aprel "Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqdi.

21 aprel. Oʻzbekiston Respublikasidagi umumtaʼlim maktabi va boshqa oʻquv muassasalarining "Yoshlik" koʻngilli sport jamiyati tuzildi.

23 aprel. "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qoʻllabquvvatlash haqida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqdi.

30 aprel. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 11-sessiyasida "Yer kodeksi", "Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida", "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida", "Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida", "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida" (yangi tahrirda) qonunlar qabul qilindi; Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi tasdiqlandi.

Aprel. Oʻzbekiston Respublikasi dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi tashkil etildi.

4 may. Muzeylarni qoʻllab-quvvatlash respublika "Oʻzbek muzey" jamgʻarmasi roʻyxatdan oʻtkazildi.

12 may. "Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi" faxriy unvoni taʼsis etildi.

22 may. Oʻzbek alpinistlaridan birinchi boʻlib Rustam Rajabov Jomolungma (Everest) choʻqqisini zabt etib, Oʻzbekiston bayrogʻini oʻrnatdi.

May. Navoiy viloyatida Qizilqum fosforit kombinatining birinchi navbati ishga tushdi.

May. Toshkentda Xalqaro xususiy sugʻurta kompaniyasi ochildi.

May. Toshkent rus yosh tomoshabinlar teatri Oʻzbekiston yoshlar teatriga aylantirildi.

24 iyul. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi tashkil etildi.

Iyul. Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida velosiped ishlab chiqaradigan "Sanlayt" Oʻzbekiston—Xitoy qoʻshma korxonasining ochilish marosimi boʻldi.

25 avgust. "Oʻzbekiston iftixori" faxriy unvoni taʼsis etildi.

28-29 avgust. 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 12-sessiyasida "Davlat yer kadastri toʻgʻrisida", "Madaniy boyliklarni chetga olib chiqish va olib kelish toʻgʻrisida" qonunlar qabul qilindi.

28 avgust. "El-yurt hurmati" ordeni taʼsis etildi.

29 avgust. Toshkentda "Kuch — adolatda" Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi gazetasining 1-soni chiqdi.

Avgust. Oʻzbek uchuvchi-astronavti S.Sharipov amerikalik va rossiyalik 7 kishilik ekipaj tarkibida "Endever" kosmik kemasida kosmosga parvoz qildi.

6 sentyabr. Xalqaro kurash assotsiatsiyasi tuzildi.

16 sentyabr. Toshkentda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Ulugʻbek nomidagi Astronomiya institutiga asos solinganligining 125 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilish boʻlib oʻtdi.

24 sentyabr. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Jaloliddin Manguberdining 800 yillik yubileyini nishonlash toʻgʻrisida" qaror qabul qildi.

25 sentyabr. "Turkiston-Press" nodavlat axborot agentligi tashkil etildi.

28 sentyabr. Toshkentda Osiyo Taraqqiyot bankining doimiy vakolatxonasi ochildi.

30 sentyabr. Hazoraspdagi Oʻzbekiston—Turkiya Xorazm qand zavodi qoʻshma korxonasida dastlabki qand mahsuloti ishlab chiqarildi.

23 oktyabr. Samarqandda hadis ilmining sultoni Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Unda dunyoning 40 mamlakatidan mehmonlar ishtirok etdi. Shu kuni Xartang qishlogʻida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuining ochilish marosimi boʻldi.

24 oktyabr. Fargʻona viloyatida Ahmad al-Fargʻoniy tavalludining 1200 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimlar boʻlib oʻtdi. Fargʻona shahrida Ahmad al-Fargʻoniy nomi bilan ataladigan istirohat bogʻi ochildi. Quva shahrida Ahmad al-Fargʻoniyga haykal oʻrnatildi.

6 noyabr. Toshkentda YUNESKO Ijroiya Kengashi 155-sessiyasining yakunlovchi majlisi boʻlib oʻtdi. YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayor boshchiligidagi guruh Toshkent davlat universitetida Mirzo Ulugʻbek nomidagi YUNESKO kafedrasi ochilishi marosimida ishtirok etdi.

13-14 noyabr. Termizda birinchi "Alpomish oʻyinlari" festivali oʻtkazildi.

17 noyabr. Toshkentda "Inson huquqlarini himoya qilish nohukumat tashkilotlarining roli" mavzuida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

Noyabr. Oʻzbekistonning "Farmed" xususiy firmasiga xalqaro mukofot — "Sifat oltin yulduzi" topshirildi.

Noyabr. Toshkentda sinxron suzish boʻyicha "Suv parisi" 1-xalqaro turnir boʻlib oʻtdi.

Dekabr. "Oʻzbekneftgaz" neft va gaz sanoati milliy korporatsiyasi "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasiga aylantirildi.

22 dekabr. Bangkokda oʻtkazilgan 13-Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan oʻzbekistonlik sportchilar sportning 23 turi boʻyicha 42 mamlakat sportchilari bilan bellashib, oʻnta eng kuchli jamoa safiga kirdi va 40 ta medal — 6 ta oltin, 22 ta kumush va 12 ta bronza medalni qoʻlga kiritdi.

24-25 dekabr. 1-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 13-sessiyasida "Xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida" qonun qabul qilindi.

1998 - Namangan sanoat-texnologiya instituti Namangan muhandislikpedagogika instituti deb qayta nomlandi.

1998 - "Paxtasanoatilm" ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etildi.

1998 - Surxondaryo viloyati arxeologiya muzeyi tashkil etildi.

1998 - Toshkentda "Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi" tashkil etildi.


Этот год — невисокосный год, начинающийся в четверг (смотрите здесь календарь).

Voqealar[tahrir]

См. также: Категория:События 1998

  • 1 yanvar — в России в ходе деноминации вновь введена в обращение копейка.
  • 23 mart — отставка премьер-министра России В.С. Черномырдина.
  • апрель - утверждение в должности премьер-министра России С.В. Кириенко.
  • 17 iyul — морская буря уничтожила несколько деревень Папуа-Новой Гвинеи.
  • 17 iyul — косовские албанцы захватили город Ораховцы (Юго-Запад Косово).
  • 17 iyul — в Петропавловском соборе Петербурга захоронены останки, признанные останками семьи Николая II, последнего русского императора.
  • 17 avgustПравительство Российской Федерации обьявляет дефолт.
  • 9 sentabr — Евгений Примаков назначен премьер-министром России.
  • 29 oktabr — США был запущен в космос самый старый астронавт — Джон Гленн (в возрасте 77 лет и 103 дней). Примечательно, что Гленн был и самым первым американским астронавтом, совершившим орбитальный космический полёт (ещё в 1960-х гг.), подобно Юрию Гагарину в Советском Союзе.
  • 20 noyabr — Россия запустила первый элемент МКС — функционально-грузовой блок «Заря». Начало строительства Международной космической станции
  • 29 dekabr - Qizil Kxmerlar 1 million kishi vafot etgan 1970-yillar genosidi uchun uzr soʻraydilar.

Tugʻilgan[tahrir]

Vafot etgan[tahrir]

Нобелевские премии[tahrir]


Bu maqola ruscha yozilgan.

nothumb

Iltimos, maqolani o`zbek tilga tarjima qiling.