Lyuksemburg (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lyuksemburg — Lyuksemburg davlati poytaxti. Alzet va Petryus daryolari qoʻshilgan joyda, 334 m balandlikda joylashgan. Iklimi moʻʼtadil, dengiz iqlimidan kontinental iqlimga oʻtib boradi. Oʻrtacha t-rasi yanvarda 0,9°, iyulda 16,6°, Yiliga 830 mm gacha yogʻin yogʻadi. Aholisi 79,5 ming kishi (1998).

L. qoʻlyozmalarda savdogarlar qishlogʻi sifatida 963 y.dan maʼlum. 1244 y.da shahar huquqini olgan. Shahar oʻz tarixida 20 marta qoʻldan qoʻlga oʻtib, koʻp marotaba vayron qilingan hamda qayta qurilgan.

L. — mamlakatning muhim iqtisodiy markazi, transevropa t.y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qora metallurgiya va mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, tikuvchilik sanoati korxonalari mavjud. L. — xalqaro moliya markazlaridan: yirik banklar va moliyaviy birlashmalarning idoralari joylashgan. Milliy kutubxona, muzey, sanʼat va hunarmandchilik maktabi, teatr va b. bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan Gersog saroyi (1572), Sen-Mishel gotika cherkovi (16-a.), Adliya saroyi (16-a.), Notr-Dam sobori (17a.) va h. k. saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil