Muhammad Al-Baradei

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Al-baradei, Muhammad alBaradey (1942, Qohira) — misrlik huquqshunos. Xalqaro huquq d-ri (1974). Qohira universitetini tugatgan (1962). Qohiradagi diplomatiya xizmati xodimi (1964 y.dan), Misr tashqi ishlar vazirining maxsus yordamchisi (1974—78), BMT qoshidagi Oʻquv va ilmiy tadqiqot institutida xalqaro huquq dasturi boʻyicha katta aspirant (1980 y.dan), Nyu-York universitetida xalqaro huquq adyutant-prof. (1981—87). Atom energiyasi boʻyicha Xalqaro agentligi (MAGATE)ning Bosh direktori (1997 y.dan).

Atom energiyasidan harbiy maqsadlarda foydalanishning oldini olish va undan eng xavfsiz usullar bilan foydalanish uchun kurashgan. Nobel mukofoti laureati (2005, hamkorlikda).