Lech Wałęsa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lech Wałęsa
Lech Wałęsa

Mansabda boʻlgan yillari
22-dekabr 1990 – 22-dekabr 1995
Yordamchi(lar)   Tadeusz Mazowiecki
Jan Krzysztof Bielecki
Jan Olszewski
Waldemar Pawlak
Hanna Suchocka
Waldemar Pawlak
Józef Oleksy
Avvalgi prezident Wojciech Jaruzelski

Tavalludi

29-sentyabr 1943-yil (1943-09-29) (80 yosh)
Popowo, Polsha
Turmush oʻrtogʻi Danuta Wałęsa

Lech Wałęsa (talaffuzi: Lex Valensa; 29-sentabr 1943, Popowo) polyak siyosatdoni, Polsha Respublikasining Prezidenti boʻlgan (1990-1995). Wałęsa shuningdek sobiq kasaba uyushmasi faoli va inson huquqlari himoyachisi hamdir. Sovet blokida birinchi mustaqil kasaba uyushmasi Hamjihatlik (Solidarność) tuzib, 1983-yili tinchlik uchun Nobel mukofotiga erishgan.[1]

Wałęsa oliy maʼlumot olmagan, kasbi elektrik edi. Gdańsk (sobiq „Lenin“) kemaxonasida ish boshlab, kasaba uyushmasi faoliga aylangan. Buning uchun u Polsha kommunist hukumati tomonidan jazolangan, kuzatuv ostiga qoʻyilgan, 1976-yili ishdan haydalgan, bir necha bor hibsga olingan. 1980-yil avgustida u ish tashlagan ishchilar va hukumat orasida Gdańsk kelishuvini tuzishda katta rol oʻynab, Hamjihatlik harakatini boshladi. Bundan keyin u yana hibsga olindi, Hamjihatlik taqiqlandi. Ozodlikka chiqqanidan keyin 1989-yil iyunida parlament saylovi oʻtkazishda yordam qildi va natijada hukumat tepasiga Hamjihatlik keldi.

Wałęsa 1990-yilgi prezidentlik saylovida gʻolib chiqdi. Polshaning kommunist davlatdan bozor iqtisodiga oʻtishini boshqardi. Biroq bir necha yil davomida uning shuhrati pasaydi, 1995-yilgi prezidentlik saylovida yutqazdi va siyosatdagi ahamiyatini yoʻqotdi. Hozirda u tarix va siyosatdan maʼruzalar oʻqish bilan mashgʻul.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „CNN Cold War – Profile: Lech Walesa“. CNN. 2008-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-avgust 2007-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]